Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari


-rasm. Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 250,24 Kb.
səhifə5/13
tarix09.08.2023
ölçüsü250,24 Kb.
#139018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3.3.2.-rasm. Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri

Ichki daromad effekti — bu daromadning ichki iste’molchilardan.
Savdo sharti effekti — bu daromadning xorijiy ishlab chiqaruvchilardan davlat byudjeti foydasiga qayta taqsimlanishi.
Tarif kvotasi
Import boji ichki qarama-qarshilikka ega. Ya’ni ishlab chiqaruvchilar bir tarafdan xalqaro raqobatdan qutilish maqsadida bundan manfaatdor bo’sa, ikkinchi tomondan ish vaqtidan tashqari paytda iste’molchi sifatida import tarifiga qarshidirlar. Bu ziddiyat qisman tarif kvotasini joriy qilish orqali hal etiladi..
Tarif kvotasi — o’zgaruvchan bojxona boji ko’rinishi bo’lib, boj stavkasi miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bog’liq bo’ladi: ma’lum chegaradagi importga pastroq miqdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda yuqoriroq boj o’rnatiladi.
3.3.3.-rasm. Tarif kvotasi

Faraz qilaylik, ichki talab (Dd), ichki taklif (Sd) va jahon taklifi (Sw) chiziqlar
bilan ifodalangan. Savdo boshlanmasdan oldin tovar narxi 540 dollarga teng. Erkin savdo sharoitida tovar narxi 400 dollarga tushadi. Bu narxda mamlakat 5 birlik tovar ishlab chiqaradi va 40 birlik tovar iste’mol qiladi. Binobarin, 35 birlik tovar import qiladi. Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida dastlabki 5 birlik tovar importga 10 foizlik, undan ortig’iga 20 foizlik import boji joriy qilinadi. Ilgari mamlakat sezilarli darajada ko’proq tovar import qilganligi bois, tovarning ichki narxini 480 dollargacha ko’taruvchi ikki qavatli tarif yuzaga keladi. Natijada ichki ishlab chiqarish 15 birlikka yetadi, iste’mol 30 taga, import 15 taga kamayadi. CHegaraviy effekt a ga teng bo’ladi, to’g’ridan to’g’ri iqtisodiy zarar tarifdagi bo’lgani kabi b+d ga teng bo’ladi.
Daromad segmenti s bir necha segmentchalarga bo’linadi. Dastlabki 5 birlik tovarga 10 foizlik, ya’ni 40 dollarga teng boj joriy qilingan, 200 doll. (s1=5x$40=$200) miqdoridagi foyda byudjetga tushadi. Keyingi 10 birlik tovarga 80 dollarlik boj o’rnatilgan, demak 800 dollar (s2+s3= 10x $80= $800) ham byudjetga tushadi. s4 (s4= 5x $80- 5x $40= $200) segment esa mahalliy kompaniyalarning ko’zda tutilmagan foydasidir. Ya’ni bu kompaniyalar tovarni 440 dollardan sotib olib 480 dollardan sotish imkoniyatiga ega bo’ladi. Agar eksportyorlar tovar narxini 480 dollarga oshirishsa, ko’zda tutilmagan daromadga xorijliklar ega bo’ladi.
Eksport tarifi
Eksport bojlari eksport tovarlari mamlakat chegarasidan chiqib ketayotganda olinadigan majburiy to’lovdir.
Faraz qilaylik, hukumat eksportni boj orqali cheklamoqchi. Kichiq mamlakat misolida tahlil qiladigan bo’lsak, eksport bojini joriy qilinishi jahon narxiga ta’sir ko’rsatmaydi. Binobarin savdo sharti o’zgarmaydi. Tovar eksportining foydaliligi pasayadi va ishlab chiqaruvchilar tovarlarning bir qismini ichki bozorga qaytarishadi, natijada bu tovarning ichki narxi boj miqdorida Pw dan Pw+t ga tushadi. Jami talab chizig’i eksport tarifi miqdorida pastga ko’chadi Sd+w+t. Talabning yangi darajasida ichki taklif va jami talab muvozanatiga G da erishiladi, bu vaziyatda eksport tarifi yordamida ichki iste’mol Q1Q2 ga ortadi, ichki taklif Q5Q4 ga kamayadi.

Yüklə 250,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin