3.3.1-rasm. Import bojining milliy iqtisodiyotga ta’siri.
3.3.1-rasm yordamida import bojining kichiq iqtisodiyot (ichki narx jahon narxiga ta’sir ko’rsata olmaydigan iqtisodiyot)ga ta’sirini baholashimiz mumkin.
Savdo boshlanmasdan oldin, mamlakatda 100 ta tovar ishlab chiqarilyapti va iste’mol qilinyapti, muvozanat narxi 8 dollarga teng (talab va taklif chiziqlari E nuqtada keshishgan). Agar tovarning jahon narxi ichki narxdan past bo’lsa, mamlakatga jahon narxida (5 dollar) 120 ta tovar kirib keladi, ichki narx jahon narxi darajasigacha tushib ketadi. Buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar faqatgina
40 ta tovar taklif qiladi, iste’mol esa 160 taga yetadi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida hukumat 2 dollar miqdorida bojxona boji joriy qilsa, eksportyorlar o’z tovarini 7 dollardan sotishga majbur bo’ladi va ichki bozordagi narx ko’tariladi. Buning natijasida ichki ishlab chiqarish 80 ta tovarni tashkil qiladi, import esa 40 tagacha qisqaradi. Iste’molchilar jami 120 ta tovar sotib oladi. Bojxona boji o’rnatilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar a trapetsiyaning yuziga teng bo’lgan qo’shimcha foyda ko’radi. C to’g’ri to’rtburchakning yuziga teng bo’lgan summa bojxona boji sifatida davlat byudjetiga tushadi.
Boshqacha qilib aytganda, milliy kompaniyalarning ichki bozor uchun ishlab chiqargan mahsulotlari bojxona solig’idan ozod bo’lganligi sababli uning narxi import qilinayotgan ana shunday tovardan sezilarli darajada past bo’lishi mumkin, bunday sharoitda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yangi texnologiyalar, xomashyo va materiallarni tejash hisobiga xarjatlarini kamaytirish zaruriyatiga ehtiyoj sezishmaydi. Amalda import o’rnini qoplashga yo’naltirilgan sohalardagi milliy firmalar o’z tovarlarini import tarifiga yaqin narxlarda sotadi, natijada qo’shimcha foyda ko’radi. Milliy kompaniyalarning daromadlarini o’sishi va milliy ishlab yaiqarishning kengayishini sabablaridan biri ana shunda.
Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri Katta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qisqartirsa, bu mamlakat ana shu tovarning asosiy xaridori bo’lganligi sababli eksportyor mamlakat ushbu tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Eksport tovarlari narxi o’zgarmagan holda import tovarlar narxining pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib keladi. lekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini joriy qilishdan sof foyda ko’rmasligi mumkin.
Katta mamlakat hukumati ichki ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qilish maqsadida importga boj joriy qildi. Boj o’rnatilishi natijasida tovarning jahon narxi tushadi. Lekin ushbu tovarning ichki narxi boj miqdoriga ko’tariladi ( t) Pw dan Pw+tga. Jami taklif chizig’i yuqoriga yangi Sd+w+t darajaga suriladi. Taklifning yangi darajasida ichki talab va jami taklif G nuqtada muvozanatga keladi. natijada ichki ishlab chiqarish Q1Q2ga ortadi, ichki talab Q5Q4ga kamayadi. Import Q1Q5 dan Q2Q4 ga qisqaradi.
Import tarifi joriy qilinishi natijasida iste’molchilarning zarari a+b+c+d ga teng bo’ldi. Kichiq mamlakatda bo’lgani kabi import bojining ta’sirini ikkiga ajratishimiz mumkin: qayta taqsimlanish effekti va yo’qotish effekti..
Katta mamlakat misolida daromad effekti ikkiga ajraladi: ichki daromad effekti va savdo sharti effekti.