Rasm Ta’lim bahosi Maqbul holat
Muvozanat
Tashqi foyda
BOZOR
MAQBUL
Talab
(xususiy qiymat)
Ijtimoiy qiymat (xususiy qiymat va tashqi foyda)
Taklif
(xususiy xarajat)
Ta’lim va ijtimoiy maqbul holat Ijobiy tashqi ta’sir bo’lganda, tovarlar ijtimoiy qiymati xususiy qiymatdan oshib ketadi. Shuning uchun, optimal miqdor QMAQBUL, muvozanat miqdor QBOZOR dan yuqori.
Ta’lim qiymati
Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi Ijobiy tashqi ta’sirning imkoniyatli muhim bir turi – bu texnologik yoyilish, ya’ni bir firmaning tadqiqot va ishlab chiqarish harakatlarining boshqa firma texnologik yangiliklariga ega bo`lishiga ta’siri. Masalan, sanoat robotlari bozorini olaylik. Robotlar tez o`zgarib borayotgan texnologiyalarning boshida turadi. Firma robot yaratganda uning yangi va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat mavjud. Bu yangi dizayn faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga foyda olib kelishi mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga qo`shiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega bo`lishini anglatadi.
Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib bu tashqi ta’sirni o`zlashtirishi mumkin. Agar hukumat firmalarga har bir ishlab chiqarilgan robot uchun subsidiya to`lasa, taklif chizig`i ushbu subsidiya miqdorida pastga tushadi va bu o`zgarish robotlarning muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor muvozanati ijtimoiy maqbul darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun subsidiya texnologik yoyilish qiymatiga teng bo`lishi kerak.
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi davriy ravishda o`sishiga sababdir. Ammo bu qiyin savol ham hisoblanadi va buning ustida iqtisodchilar ko`pincha kelishishmaydi.
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun hukumat eng ko`p yoyilish qiluvchi sanoatlarni qo`llab-quvvatlashi kerak deb ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan ko`ra kompyuter chiplarini yaratishni ko`proq yoyilishga ega bo`lsa, unda hukumat kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan ko`ra kompyuter chiplarini ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni AQSh soliq kodeksi tadqiqot va rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali cheklangan miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat ko`p texnologik yoyilishlar taklif qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi. Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga aralashuvi ba’zida sanoat siyosati deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati to`g`risida salbiy fikrda. Garchi texnologik yoyilish umumiy bo`lsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat turli bozorlarda yoyilish hajmini o`lchashga qodir bo`lishini talab etadi. Bu o`lchov muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq o`lchovlarsiz, siyosiy tizim eng katta ijobiy tashqi ta’sirlardan ko`ra katta siyosiy ta'sirga ega bo`lgan sanoatlarni subsidiya qilishi mumkin.