2.Salbiy tashqi ta’sirlar
Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir ko`rsatadi?
Alyuminiy bahosi
Rasm
Alyuminiy miqdori
Muvozanat
Taklif
(xususiy xarajat)
BOZOR
Talab
(xususiy qiymat)
Alyuminiy bozori
Talab chizig’i xaridorlar uchun qiymat va taklif chizig’i sotuvchilar uchun xarajatni aks ettiradi. Muvozanat miqdor, ya’ni QBOZOR, xaridorlar uchun to’liq qiymat ayrilgan sotuvchilar to’liq xarajatini oshiradi. Tashqi ta’sirlar bo’lmaganda, shuning uchun, bozor muvozanati samaralidir.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.
Muvozanat
Maqbul holat
Tashqi xarajat
Taklif
(xususiy xarajat)
Talab
(xususiy qiymat)
Dostları ilə paylaş: |