Tasmasimonlar chuvalchanglar sinflari: tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati. Reja


Tasmasimonlar chuvalchanglar sinfining tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi



Yüklə 71,15 Kb.
səhifə2/7
tarix15.03.2022
ölçüsü71,15 Kb.
#53806
1   2   3   4   5   6   7
tasmasimonlar 11min tayyorlaganiga cqarwni hisoblab beriladi

Tasmasimonlar chuvalchanglar sinfining tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi.

  • Tasmasimon chuvalchanglar gavdasining shakli tasmaga o’xshash yassi va uzun bo’ladi. Gavdasi bo’g’imlarga bo’lingan. Parazit hayot kеchirishi tufayli ularning tuzilishi juda o’zgarib ketgan. Chunonchi, gavdasining oldingi qismida xo’jayin ichagi dеvorida yopishish har xil so’rg’ichlar va ilmoqchalar rivojlangan. Hazm qilish sistеmasi yo’qolib ketgan. Ular gavdasi yuzasi orqali xo’jayin ichagida hazm bo’lishga tayyor oziqni so’rib oladi. Jinsiy sistеmasi juda kuchli rivojlangan bo’lib, har bir tana bo’g’imida takrorlanadi. Tasmasimon chuvalchanglar odam va turli hayvonlarning ichki organlari va to’qimalarida parazitlik qiluvchi 3400 ga yaqin turni o’z ichiga oladi.

  • Tasmasimon chuvalchanglar gavdasining uzunligi 1 mm va undan ham kichik bo‘lgan juda mayda turlari bilan bir qatorda juda ulkan turlari, masalan, qoramol tasmasimoni, keng tasmasimon chuvaichanglarning uzunligi 10–15 m. va ba’zan 18–20 m. gacha boradi.

  • Masalan, qoramol tasmasimon chuvalchangi skoleksida 4 ta muskulli so‘rg‘ichi bor, so‘rg‘ichlari yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo‘lib, ilmoqlari bo‘lmaydi.

  • Keng tasmasimon chuvalchangda esa yopishuvchi tirqishi yoki botridiy skoleksining ikki yonida joylashgan. Botridiy kuchli muskulli, juda qattiq yopishadigan maxsus organ hisoblanadi. Ilmoq va ilmoqchalari ham har xil tuzilgan. Ular ko‘pincha skoleks markazida, so‘rg‘ichlar o‘rtasidagi kichkina xartumchaga gultoj barglar singari joylashgan.

  • Cho‘chqa tasmasimonida odatda 4 ta maxsus paypaslagichsimon xartumga o‘rnashgan ilmoqchalari bo‘ladi. Bu xartumlar maxsus qinchaga kirishi mumkin. Skoleksdan keyingi gavdaning kichik bo‘limi-bo‘yin bo‘lib, u o‘sish zonasi hisoblanadi, ya’ni u yerdan yosh bo‘g‘imlar shakllanadi.

Har xil sestodalar proglottidlarining soni turlicha bo‘ladi. Ba’zi turlarida proglottidlarining soni 4 mingdan ortiq bo‘lsa, ayrimlarida atiga 3-4 ta bo‘ladi.


Yüklə 71,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin