Tasmasimonlar chuvalchanglar sinflari: tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati. Reja



Yüklə 71,15 Kb.
səhifə7/7
tarix15.03.2022
ölçüsü71,15 Kb.
#53806
1   2   3   4   5   6   7
tasmasimonlar 11min tayyorlaganiga cqarwni hisoblab beriladi

Tasmasimonlar turkumi vakillari birmuncha tuban darajada tuzilgan: ayrimlarida gavdasi bo‘g‘imlashmagan yoki chala bo‘g‘imlashgan, bachadoni ochiq, tuxumda rivojlangan lichinkasi kiprikli. Oraliq xo‘jayinlarda rivojlanuvchi lichinkalari chuvalchangsimon, voyaga yetganlarining boshchasi so‘rg‘ichlar va ilmoqchalarga ega emas, unda faqat ikkita botriyalar, ya’ni chuqurchalar bo‘ladi, uch xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi. Ushbu turkumga odamlar, it, mushuk, tulkilarning ingichka ichagida parazitlik qiluvchi serbar tasmasimon chuvalchangni misol keltirish mumkin.

  • Serbar tasmasimon chuvalchang tasmasimon chuvalchanglar sinfining eng uzun va yirik vakili hisoblanib, odam hamda turli yirtqich sutemizuvchilarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo‘ri) ichagida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-15 m, ba’zan esa 20 m gacha boradi, eni esa 3-4,5 sm gacha yetadi.

  • Bo‘g‘imlar, ya’ni proglottidalar soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo‘g‘imlarning eni bo‘yiga nisbatan uzun bo‘ladi.

  • Skoleksi, ya’ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Ularning boshchasida so‘rg‘ich o‘rrnida 2 ta chuqur egatchalar-botriyalari mavjud, shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi. Xitinli ilmoqchalari yo‘q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistemasi qoramol tasmasimonnikiga o‘xshash, lekin keng tasmasimon chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin va urug‘ yo‘llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar boshqalarnikiga o‘xshab proglottidalarning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo‘g‘imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo‘lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi. Yetilgan bo‘g‘imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi.

  • Urug‘donlar har bir bo‘g‘imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo‘lib, ikki bo‘lakdan iboratdir. Yetilgan bo‘g‘imlardagi bacha-donlar ham o‘zining shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuval-changlardan farq qiladi.

  • Bachadon shoxlari uzun, har bir bo‘g‘imning markazida, ya’ni o‘rtasida joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o‘xshaydi. Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo‘jayin ishtirok etadi.

  • Asosiy xo‘jayini-odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar. Birinchi oraliq xo‘jayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar (siklop va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq xo‘jayini (qo‘shimcha xo‘jayini ham deb ataladi) baliqlar (cho‘rtan, okun, losos) hisoblanadi.

  • Bunda asosiy xo‘jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. Oradan 3–5 hafta o‘tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan koratsidiy chiqadi. Koratsidiy sharsimon bo‘lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi. Koratsidiylarning kiprikli epiteliyasi ostida 6 ilmoqli onkosfera bo‘ladi. Koratsidiylarni suvdagi qisqichbaqasimonlardan – sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi.

  • Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo‘qotadi va onkosferalar ichak devorini teshib tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik davri proserkoidga aylanadi.

  • Proserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o‘simta bo‘ladi. Proserkoidning rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinkalar bilan zararlangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yutib yuboradi. Proserkoidlar baliq oshqozonidan muskullar, jigar va boshqa organlariga o‘tadi hamda keyingi lichinkalik davri – pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning uzunligi 10–15 mm bo‘lib, bosh qismida so‘rg‘ichlar-botriylari aniq shakllangan. Bu lichinkali davri yuqumli hisoblanadi.

  • Odamlar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go‘shtini yoki ikrasini iste’mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni o‘zlariga yuqtiradilar. Odam organizmida 21–36 kundan keyin pleroserkoiddan 8–15, ba’zan 20 m uzunlikdagi jinsiy voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo‘jayin va ikkita oraliq xo‘jayindan tashqari, ayrim hollarda, yana rezervuar xo‘jayin ham ishtirok etishi mumkin. Shunday rezervuar xo‘jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo‘lib, ular pleroserkoid bilan zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi pleroserkoid yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o‘rnashadi va o‘zining tiriklik holatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho‘rtan baliqda 250 tagacha pleroserkoid uchraganligi aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki hayvon ichagidagi parazit tashqi muhitga 2,1 mln. gacha tuxurn chiqaradi.

  • Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko‘proq yashashi mumkin. Ular yirik bo‘lganligi uchun juda ko‘p ovqatni iste’mol qiladi. Bir odam ichagida 143 tagacha parazit uchraganligi ma’lum. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh og‘rishi, ish qobiliyatining pasayishi, ko‘ngli behuzur bo‘lishi, ich yurishining o‘zgarishi kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib ketadi, bu esa kamqonlik kasalligini tug‘diradi.

  • Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko‘llar bo‘yidagi aholisi ko‘pincha baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliyada, Sankt-Peterburg viloyatida, Boltiq bo‘yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Yenisey, Amur, Pechora, Neva, Volga havzalarida, Baykal ko‘li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar ko‘p zararlangan). Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko‘riladi. Jumladan, kasallangan odamlarani davolash, suv havzalarining ifloslanishini oldini olish, zararlangan baliqlarni, ya’ni yaxshi tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni, ularning ikralarini iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug‘i bilan davolanadi.

    Yüklə 71,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin