Tasmasimonlar chuvalchanglar sinflari: tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati. Reja


Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati



Yüklə 71,15 Kb.
səhifə4/7
tarix15.03.2022
ölçüsü71,15 Kb.
#53806
1   2   3   4   5   6   7
tasmasimonlar 11min tayyorlaganiga cqarwni hisoblab beriladi

Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi vakillarining rivojlanishi va patogen ahamiyati.

Sestodalar biogelmintlar bo‘lib, rivojianish siklida asosiy xo‘jayindan tashqari, bir yoki ikkita oraliq xo‘jayin ishtirok etadi. Xo‘jayin ichagidagi tasmasimon chuvalchanglarning soniga qarab, ular turlicha urug‘lanadi. Agarda xo‘jayin ichagida bitta chuvalchang bo‘lsa, uning har bir proglottidalari o‘zaro bir-birini urug‘lantiradi. Bitta proglottida bo‘lsa, unda o‘zini-o‘zi urug‘lantirishi ham mumkin. Xo‘jayin ichagida ikkita yoki bir necha chuvalchang bo‘lsa, bunda har xil individ bir-birini urug‘lantiradi.



  • Sestodalarning tuxumlari xo‘jayini organizmidan axlatlari hamda proglottidalari bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Agarda odam cho‘chqa yoki qoramol tasmasimoni bilan zararlansa, taxminan 75–91 kundan boshlab kuniga 6 tadan 11 tagacha yetilgan, ya’ni ichi tuxumlar bilan to‘lgan bo‘g‘imlar tashqi muhitga chiqadi. Sestoda tuxumining bundan keyingi rivojlanishi uchun uni albatta oraliq xo‘jayini yutishi kerak. Bunda cho‘chqa tasmasimoni uchun oraliq xo‘jayin-cho‘chqa, qoramol tasmasimoni uchun esa oraliq xo‘jayin-qoramol hisoblanadi.

  • Sestodalar tuxumlari ichida 6 ilmoqli embrion, ya’ni onkosfera deb ataluvchi lichinka rivojlanadi. Chuvalchanglarning tuxumlari turli yo‘llar bilan (suv, yem-xashak va boshqa yo‘llar bilan) oraliq xo‘jayinlarining organizmiga tushadi. Bu yerda tuxumning po‘sti yorilib, undan olti ilmoqli onkosfera lichinkasi chiqadi va bu lichinka ilmoqlari yordamida ichak devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga o‘tadi.

  • Ma’lum vaqt qon tomirlarida suzib yurib, so‘ngra biror organga (jigar, o‘pka, yurak, miya va muskulga) o‘tib joylashadi va bu yerda onkosfera ilmoqlarini yo‘qotib, o‘sadi va ikkinchi pufaksimon lichinkalik davriga, ya’ni finnaga aylanadi. Bu esa parazitning yuqumli holati hisoblanadi. Sestodalarning finnalari besh tipda bo‘lib, ular sistitserk, senur, exinokokk, sistitserkoid va plerotserkoid deb ataladi.

  • Tasmasimon chuvalchanglar sinfining 9 dan ortiq turkumlari mavjud. Ulardan eng muhimlari Tasmasimonlar va Zanjirsimonlar turkumlarining vakillari bo‘lib, odam va chorva mollarining xavfli parazitlari hisoblanadi.


  • Yüklə 71,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin