1-MAVZU.
YUKLARNING XALQARO TASHUVLAR BO‘YICHA
TASNIFLANISHI
1.1. Multimodal tashishlar haqida tushuncha va uning mohiyati.
1.2. Multimodal tashishni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari.
1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan
multimodal tashuvlarning
xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
multimodal, intermodal, unimodal, aralash
tashish, kombinatsiyalashgan, , "Piggibeek" tashuvlar, piggibeking
Yuklarni multimodal (modal) tashishlar deb har xil transport turlaridan
foydalaniladigan tashishlarga aytiladi. SHunga muvofiq, multimodal transport
deganda yuklarni butun tashish yo‘nalishi davomida tashish uchun jalb etilgan
barcha transport turlari majmuasi tushuniladi. Ba’zi xorijiy manbalarda multimodal
termin intermodal atamaga mos keladi.
Xalqaro multimodal tashishlar odatda bitta tashuvchining
javobgarligi ostida
bir nechta transport turlaridan foydalanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish uchun yagona
narx bo‘yicha bitta tashish hujjati bilan amalga oshiriladigan tashish sifatida
belgilanadi. Bugungi kunda iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda bunday tashishlar
"kombinatsiyalashgan", "aralash", "intermodal" deb ham ataladi.
Ushbu atama, tashuvlarni amalga oshiruvchi tomonlar va huquqni muhofaza
qilish organlari uchun bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,
ko‘plab davlatlar qonunchiligiga va xalqaro miqyosda qabul qilingan multimodal
tashishlarni aniq belgilashga hech qanday yondashuv mavjud emas.
Aralash tashishda qo‘shimcha yuk operatsiyalari va u bilan bog‘liq
qo‘shimcha yuk ushlanib qolishlar va xarajatlar paydo bo‘ladi.
Intermodal tashish - yuk birligi yukni qayta yuklamasdan
bir xil yuk birligi
yoki transport vositasida (TV) bir nechta turdagi transportlarda ketma-ket ravishda
tashish.
Bu yukni egasining ishtirokisiz transportning bir turidan ikkinchisiga yukni
qayta yuklash punktlarida yuklarni yetkazib berish tizimi.
Intermodal tashishda yuk egasi butun yo‘nalish bo‘ylab yuklarni tashish
uchun bir vositachi (operatorga) bilan shartnoma tuzadi. Ko‘pincha yuk egasi
nomidan operator sifatida tashish davomida barcha transport operatsiyalarini
tashkil qilish va tashishni nazorat qilish majburiyatini oluvchi ekspeditorlik
kompaniyasi hisoblanadi.
Intermodal tashishda har bir tashuvchi o‘z uchastkasi uchun transport hujjatini
rasmiylashtiradi va operatorga faqat uning nomidan
amalga oshiriladigan qismi
uchun javobgar bo‘ladi.
Multimodal tashish – bu tashishni tashkil etuvchi shaxs tomonidan tashish
jarayonida tashishda ishtirok etuvchi transport turlari sonidan qat’iy, nazar yagona
tashish hujjati asosida tashish majburiyatini oluvchi tashishlar hisoblanadi.
Masalan, tashishning dastlabki elkasida, tyagach, yuk avtomobili, tirkama yoki
yarim tirkama, olib qo‘yiladigan kuzov yoki konteyner (20 fut yoki undan katta)
avtomobil transportida va oxirgi elkasida - temir yo‘l, ichki suv yo‘llari yoki
dengiz orqali (boshqa variant: temir yo‘l - ichki suv yo‘llari / dengiz tashish)
transportlari ishtirok etadi.
SHunday qilib, multimodal transportda yuk birligi belgilangan yo‘nalish
bo‘ylab kamida ikki xil transport turi bilan tashiladi.
Yuklarni multimodal tashishlar uchun bir nechta shartlar bajarilishi lozim:
- multimodal tashishlar aralash tashishlar shartnomasi asosida amalga
oshirilishi kerak;
- multimodal tashishlar bittadan ortiq transport turlari bilan amalga oshirilishi
kerak;
- multimodal tashuvlar ularni bir davlatdan boshqasiga yetkazib berish uchun
yuklarni multimodal operatori boshqaruviga topshirish
bilan birga amalga
oshirilishi kerak.
Bundan tashqari, Konventsiya, agar yuk turli transportlar tomonidan turli
shartnomalarga muvofiq tashilib, aralash tashish shartnomasiga ega bo‘lmasa,
bunday tashish multimodal hisoblanmaydi.
Multimodal tashish tamoyili yangi emas, u xalqaro savdoni aynan konteyner
inqilobi bilan bog‘liq holda mutlaq e’tirofga sazovor bo‘ldi. Aynan
konteynerlashtirish bilan bosh yuklarni multimodal
tashish standart savdo
amaliyotiga aylanadi.
Bugungi kunda yo‘nalishga qarab, multimodal tashishlar dengiz, daryo, temir
yo‘l, avtomobil, havo transportlarini o‘z ichiga oladi, ular har qanday
kombinatsiyaga birlashtirilishi mumkin. Ushbu yetkazib berish usulining asosiy
ustunligi - har xil transport turlarining afzalliklaridan maksimal darajada
foydalanish, shuningdek operator tomonidan yuk tashishning
rasmiylashtirilishi
bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, masalan: tashish davomida yuk
hujjatlarini rasmiylashtirish, port ichi rasmiylashtiruvi, qabul qilish, qayta ishlash,
qayta yuklash, omborlashtirish va saqlash.
Odatda yukni yetkazish bo‘yicha barcha multimodal yo‘nalishidagi eng katta
transport xizmatlari dengiz orqali tashuvlar hisoblanadi. Dengiz transporti, odatda,
ancha past va raqobatbardosh tashish narxiga ega. Ba’zi hollarda temir yo‘l
transportida tashish yelkasining uzunligi asosiy transport vazifasini aynan shu
transport turi o‘z zimmasiga oladi. Multimodal tashish, shuningdek to‘g‘ridan-
to‘g‘ri har bir tashuvchi bilan emas, balki, qulay va tejamkor bo‘lgan multimodal
operator bilan bevosita aloqa o‘rnatishga imkon beradi.
Multimodal tashishlar multimodal operatordan transport zanjirining har bir
bo‘g‘inida mutlaq nazorat qilishni talab qiladi. Bu transport vositasini va boshqa
tashuvchilarni boshqa imkoniyatlarini samarali qo‘llashni emas,
balki operatorni
transport jarayonini rejalashtirish va boshqarishda erkinlikni ta’minlaydigan,
transport vositalarini boshqarishni tartibga soluvchi tizimni yaratish, ushbu
jarayonga jalb etilgan tashuvchilarning hamkorligini yaratish imkonini beradi.
SHunday qilib, multimodal tashuvlar uchun asosiy mezonlar multimodal operatori
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, ularning muvaffaqiyati va
multimodal operatori tomonidan nazorat qilish imkoniyati hisoblanadi.
Multimodal tashuvlar operatori shartnoma asosida tashuvchi sifatida qatnashadi. U
amalda tashuvchi bilan bitim tuzadi va butun yo‘nalish davomida mijoz oldida
yukning saqlanishi uchun majburiyat oladi. Multimodal operatori sifatida transport
kompaniyalari yoki ekspeditorlik firmalari faoliyat yuritish mumkin.
Ekspeditor –
yetkazib berishni tashkil etuvchi. Tashuvchi – bu bajaruvchi. Ekspeditorlik
kompaniyasi bitta ofis va saytga ega bo‘lishi mumkin. SHuning o‘zi
yuklarni
yetkazib berishning hamma jihatlarini va tashishni tashkil etishni kelishish uchun
yetarlidir. Tashuvchi avtokorxonaga ega. temir yo‘l sostavlari, kemalar va
samolyotlarga ega. Ko‘p tashuvchilar – ular jismoniy shaxslar va ulgurji