Tasodifiy jarayonlar va ularni asosiy statistik xarakteristikalari



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#157430
1   2   3   4   5
14-lab

 
G
(
t

F
(
t

Y
(
t

BT 


narxlarni tasodifan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biologik tizimlarda, aytaylik, 
qurg‘oqchilik yoki o‘rmonga o‘t ketishi tashqi xalaqitga misol bo‘la oladi va 
muayyan biologik turlarning ko‘payishiga tasodifan ta’sir qilishi mumkin. Keltirilgan 
misollarda amplituda
spektrlari, past chastotali diapazonda yotadi. Radiosignallarni 
qabul qiluvchi qurilmalarda yuzaga keladigan tashqi halaqitlar “shovqin” ga 
o‘xshaydi. Bular elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishi va qaytishi bilan bog‘liq fizik 
sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, amplituda spektrlari yuqori chastotali diapazonida 
yotadi. 
Ichki tasodifiy halaqitlar tizimdagi elementlarning parametrlari beqaror (o‘zgarib 
turadigan) bo‘lishi bilan bog‘liq. Ular elektron sxemalar va mexanik birikmalarning 
ishqalanuvchi 
elementlarida 
turli 
muhitlar 
orasidagi 
chegaralarda 
zaryad 
eltuvchilarning tebranishlari (fluktuatsiya) tufayli yuzaga keladi. 
Kirishdagi ta’sirlar tasodifiy xususiyatga ega bo‘lganda, boshqarish tizimlarini 
hisoblash uchun o‘sha tasodifiy hodisalar haqidagi statistik ma’lumotlarning yoki bu 
ma’lumotlarning ehtimolliklarining taqsimlanish qonunlarini e’tiborga olish lozim. 
Bunda jarayonlarning sifat ko‘rsatkichlari tasodifiy ta’sirlarning sodir bo‘lishi 
ehtimolliklari (joiz ehtimollik) ga mos kelishi kerak. 
Bunday yondashuv, kam ehtimollik bilan sodir bo‘ladigan hollarda tizim ishining 
sifati pasayishi mumkinligini oldindan taxmin qilinadi. Har qanday ta’sirlar sodir 
bo‘lganda ham ish sifati kamaymasligi talab etilganda hisoblar, ehtimolligi juda oz, 
eng noqulay holatlarga mo‘ljallab bajariladi. Bunda determinirlangan tizimlar uchun 
mo‘ljallangan hisoblash usullaridan foydalaniladi, biroq tizim ehtimolliklar asosidagi 
hisoblashga qaraganda murakkablashib va qimmatlashib ketadi. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin