Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi. Davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya uslublarida barpo qilinadi. Uslublar joyning sharoitiga va iqtisodiy jihatdan afzalligiga qarab tanlanadi. Hozir asosan triangulyatsiya uslubidan foydalanilmoqda.
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishqa punktlarning bir-biriga yaqin uzoqligi (zichligi) katta ahamiyatga ega. Territoriyaning 1:25000 va 1:10000 masshtabli planini olishda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari 50-60 km2ga bir punkt to’g’ri keladigan qilib, 1:5000 masshtabli tasvirga olishda 20-30 km2 ga, 1:2000 masshtabli tasvirga olishda esa 5-15 km2 ga bir punkt to’gri keladigan qilib hosil qilinadi. Davlat planli tayanch tarmoqlari burchak va masofani o’lchash aniqligiga, uchburchak tomonlarining uzunligiga va tarmoqlarni hosil qilish tartibiga qarab 1, 2, 3 va 4 – klasslarga bo’linadi.
Davlat geodezik tayanch tarmoqlari umumiydan bo’lakka , yuqori klassdan pastki klassga o’tish prinsipida quriladi. Bunda dastlab 1-klass tarmog’i, unga asoslanib esa birin-ketin 2, 3 va 4- klass tarmoqlari o’tkaziladi. Bunday prinsipni qo’llanish mamlakatimiz territoriyasida qisqa muddatda yagona koordinata tizimini tarqatishga imkon beradi.
1-klass davlat planli tayanch tarmoqlari qator uchburchaklardan iborat bo’lib, meridian va parallel yo’nalishi bo’yicha o’tkaziladi. Uchburchaklar zvenosining uzunligi 250 km ga boradi (1- rasm). Uchburchaklar zvenosining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan to’rtburchakning perimetri tahminan 800-1000km dir. 1-klass tarmoqlarida har biruchburchak tomoni 20 km dan qisq a bo’lmasligi kerak. Uchburchakning bir-biri bilan kesishgan joylarida bazis (chiqish tomon) o’lchanadi va bazis uchlarining koordinatalari astronomik usulda aniqlanadi. Uchburchak qatori bo’yicha astronomik- gravimetrik nivelirlash o’tkaziladi. 1-klass geodezik tayanch tarmoqlariga astronomik–geodezik tarmoqlar deyiladi. Keyingi vaqtda ayniqsa o’rmon zonalarida va shaharlarda masofalarni o’lchashda juda aniq svetodalnomer va radiodalnomerlar qo’llanilganligidan, 1-klass triangulyatsiya uchburchaklari qatori o’rniga 1-klass poligonometriya yo’llari o’tkazilmoqda. Bunda poligonometriya yo’lining uzunligi 20-25 km bo’ladi. Odatda 1-klass poligonometriya yo’llari 1-klass triangulyatsiya punktlari oralig’ida o’tkaziladi.
1-klass triangulyatsiya va poligonometriyada yuqori aniqlikda o’lchash asboblari va uzullari qo’llaniladi.
Masalan,1-klass triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 0”-7” gacha, poligonometriyada 0”- 4” gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, triangulyatsiya basis tomoni 1:400000, poligonometriya tomoni esa 1:300000 aniqlikda o’lchanadi.
1-klass tayanch tarmoqining har bir poligoni klass triangulyatsiya uchburchaklari tarmoqlari bilan to’ldiriladi. Joyning tabiiy geografik sharoitiga qarab, 2-klass triangulyatsiya uchburchaklari tomonlarining uzunligini 7-20 km qilib olish mumkin. Ba’zan 2-klass davlat triangulyatsiyasi o’rniga 2-klass poligonometriya yo’llarini o’tkazsa ham bo’ladi. 2-klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazishda ham eng aniq o’lchash asboblari va usullari qo’llaniladi. Bunda triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 1”, 0 o’rtacha kvadratik xato bilan, bazis tomoni 1:300000 aniqlikda o’lchanadi.
Yuqori klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini zichlashtirish maqsadida 3 va 4-klass triangulyatsiyasi o’tkaziladi. Joyning sharoitiga qarab 3-klass triangulyatsiya uchburchagi har bir tomoni uzunligi 5-8 km, 4- klassniki 2-5 km bo’ladi.Triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 3-klass triangulyatsiyada 1”, 5, 4-klassda esa 2”,0 gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, masofa esa 1:200000 aniqlikda o’lchanadi. 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari yuqori klass tayanch tarmoqlarining punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Faqat 1 va 2- klass davlat geodezik tayanch tarmoqlari bo’lmagan rayonlardagina yirik masshtabli tasvirga olish va boshqa maqsadlarda mustaqil 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari o’tkazilishi mumkin.
Kon sanoatida marksheyderlik tasvirga olish deb tayanch va syomka tarmoqlari punktlari koordinatalarini aniqlash uchun va marksheyderlik chizmalari tuzish uchun bajariladigan burchakli va chiziqli o'lchash ishlari yig'indisi tushuniladi. Foydali qazilma konlarini qazish uslubini, ulaming kon geologik sharoitlarini aniqlab beradi.
Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazishda marksheydirlik syomkalari konga ajratilgan maydon yuzasida va yer ostida bajariladigan orentirlash bog'lash syomkalarini у ig‘indisidan iborat. Yer ostida va yer ustida bajariladigan syomka ishlari natijasini solishtirish uchun syomkalar yagona koordinatalar tizimida bajarilishi kerak. Marksheyderlik chizmalarini syomka materiallari asosida 1:5000, 1:500 masshtablarida bajariladi. Yer osti marksheyderlik syomkalari obyektlari bo'lib birinchi navbatda kon lahimlari va shaxta maydoni chegaralari hisoblanadi. Chunki ba’zi bir lahimlar uzoq muddat o'zgarmay tursa boshqalari buziladi yoki qazish ishlari olib borilib davom ettiriladi. Har qanday kon lahimlarini o'tishda ish joyi doimiy ravishda o'zgarib turadi. Shu munosabat bilan uning o'rnini marksheyderlik chizmalarida ko'rsatib borish uchun doimiy syomka qilish va hujjatlarni to'ldirib borish shart. Shuningdek syomka obyektlari bo'lib qidiruv lahimlari bilan kon lahimlari kesishgan joylari qazilma boylik qatlami ostki va shift qismilari, siljish zonalari, yoriqliklar va boshqalar hisoblanadi. Syomka natijalari kon lahimlari planiga va geologik kesmalarga tushiriladi. Ulardan kon sanoatini marksheyderlik ta’minlash uchun yirik injenerlik masalalari yechishda qo'llaniladi. Yer osti marksheyderlik syomka obyektlaridan yana biri bu boylikni kon geologik jihatdan harakterlovchi nuqtalarni va zonalar (namuna olish nuqtalari) syomka natijalari bo'yicha marksheyderlik chizmalarida qazilma boylik qatlamini o'lchash joylari, kon lahimlari bilan qidiruv skvajina ochilgan nuqtalar va boshqalar ko'rsatiladi.
Qo'llanishi va o'lchash uslubi bo'yicha yer osti marksheyderlik syomkalarini asosiy qurilmalari e’tiborga loyiq va ular quyidagilardan iborat:
- yer osti teodolit syomkalari
- oriyentirlash bog'lash syomkalari
-yer osti vertikal syomkalari
-kesma va qazilma lahimlarini syomkalari
-kon lahimlarini o'lchash ishlari
Yer osti teodolit syom kalarida kon lahimlarida maxsus belgilar bilan mustahkamlab quyilgan punktlarning X, Y koordinatalarini aniqlash uchun burchakli va chiziqli o'lchash kompleksi bajariladi. Yer osti teodolit syomka natijalarini marksheyderlik grafik hujjatlarini tuzish uchun geometrik asos bo'lib xizmat qiladi va ulardan kon ishlarini marksheyderlik ta’minlash uchun qator injenerlik masalalari yechiladi. Oriyentirlash bog‘lash syom kalari yer osti syomkalari bilan yer usti syomkalari o'rtasida geometrik aloqa o'rnatib uning yordamida yer osti kon lahimlari va undagi punktlarning o'rnini yagona koordinata sistemasida y a’ni yassi to 'g 'ri burchakli koordinatalar sistemasida aniqlashga imkon beradi. Bu esa o 'z navbatida kon lahimlari planini yer yuzasi plani bilan bog'lashga imkon berib analitik masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Yer yuzasidan kon lahimlariga uzatilgan direksion burchak va X, Y koordinatalar yer osti teodolit syomkalarini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Y a’ni kon lahimlarida syomka tarmoqlari oriyentirlash bog'lash syomka natijasi asosida barpo qilinadi. Y er osti vertikal syom kalari yer osti obyektlari va undagi punktlar o'rnini qabul qilingan balandlik sistemasida Z koordinatasini balandligini aniqlashga imkon beradi. Yer osti vertikal syomkasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kon ishlari gorizontiga yer yuzasidan koordinata Z ni uzatish (vertikal bog‘lovchi syomka), lahimlarda geometrik nivelirlash va qiyaligi 6° - 8° dan katta bo'lgan lahimlarda trigonometrik nivelirlash bajariladi.
Kesm a va qazish lahim lari syom kasi tabiiy sharoitlarda bajarilib odatda aniqligi kichik bo'lgan asboblar yordamida bajariladi (bussol, uglomer). Ulamingn atijalarida grafik hujjatlarni to'Idirishga va ba’zi masalalarni hal qilishda ishlatiladi.
Kon lahim larini o'lchash natijasida kon lahimlari konturini, zaboylami yaqin joylashgan yer osti syomka punktlarga bog'lashga imkon beradi. O ’lchash natjalari marksheyderlik chizmalarini to'Idirishga va qazib olish hajmini aniqlashga ishlatiladi. O ’lchash ishlarini bajarishda amal qilayotgan marksheyderlik o'lchash ishlari yo'riqnom asi talablariga rioya qilish kerak.Marksheyderlik ishlarini bajarishda asosiy talablardan biri o 'z vaqtida nazorat qilish va xatolikni vaqtida topib joyida bartaraf qilish hisoblanadi. Bunday nazorat dala nazorati deyiladi. Buning uchun ikki nuqta oralig'i eng kamida ikki marta o'lchanadi. Gorizontal burchak o'lchashda esa nazorat burchak o'lchanadi
Marksheyderlik syomkalarining geometrik asosi.Alohida nuqtalaming yer osti va yer ustida z koordinatalarini aniqlash uchun Kronshtadt futshtokiga nisbatan o'lchash ishlari olib boriladi.
Marksheyderlik tayanch tarmoqlari yer ustida hosil qilingan davlat geodezik punktlari asosida barpo qilinadi. Yer yuzasida tayanch tarmoqlari triangulyatsiya va poligonometriya, trilategratsiya usullarida barpo etiladi. M ark sh ey d erlik tasvirga olish ishlarini olib borish uchun yagona koordinatalar tizimida geodezik tarmoqlar hosil qilinadi va ular quyidagilarga bo'Iinadi:
- davlat geodezik tarmoqlari
- mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlar - tasvirga olish tarmoqlari.
Davlat geodezik tayanch tarm og‘i yagona koordinatalar tizimi bo'yicha punktlar joylashishini aniqlaydi, punktlar tekislikda ishonchli mahkamlanadi. Tayanch punktlari plan asosli va baland asosli bo'ladi. Davlat geodezik tarmoqlarini qurishda triangulyatsiya , trilateratsiya, poligonometriya va yuqori aniqlikdagi geometrik nivelirlash uslublaridan foydalaniladi. Triangulyatsiya uslubi: tekislikda uchburchaklar tizimi qurilib, chiqish tomoniqabul qilinib barcha burchaklar o'lchaniladi.Hisoblash yo'li bilan barcha uchburchaklarning tomon uzunliklari va nuqtalarning koordinatalari aniqlaniladi. Agar tekislikda chiqish tomonini o'lchash mumkin bo'lmasa, bazis deb ataluvchi av chiziq uzunligi o'lchaniladi. Bazis bilan 1-2 chiqish tomonini bazis tarmoqlari bog'lab, triangulyatsiya uslubi bo'yicha 1-2 chiqish tomoni uzunligini 1/250000 dan katta bo'lm agan xatolik bilan aniqlaniladi.
Aniqligi bo'yicha triangulyatsiya tarmoqlari 1,2,3,4 klasslarga bo'linadi. Triangulyatsiya klassi qancha past bo'lsa, uchburchaklarning tomon uzunliklari qisqa bo'ladi va burchak ,uzunlik o'lchash aniqligi past bo'ladi. 1- klass triangulyatsiya punktlari past klassdagi tarmoqlarni o'sishi uchun xizmat qiladi va shu bilan birgalikda Yer yuzasi o'lchamlarini va shaklini o'rganishdagi ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. 1 klass triangulyatsiya meridian va parallellam ing yon tomonida uchburchaklar qatori ko'rinishidabir-biridan200-250kmuzoqlikdamahkamlanadi.lklass triangulyatsiyasining bu qatorlari to'rtburchak poligonlarini tizimini hosil qiladi. 1 klass triangulyatsiya uchburchaklari zanjiri zvenolarning oxirida yuqori aniqlikda chiqish tomoni uzunligini bazis tarmoqlarini o'lchash bilan aniqlaniladi. Bazis tomonlarioxiridaLaplaspunktlarianiqlaniladi.(astronomikkuzatishlar)
Uchburchaklar tomon uzunliklari, direksion burchaklar va 1-klass triangulyatsiya punktlarini hisoblangan qiymatlari triangulyatsiya tarmoqlarini quyi klasslarini kelajakda rivojlantirish uchun xizmat qiladi va ularni o'zgartirish mumkin bo‘lmaydi. 1-klass poligonlari ichida triangulyatsiya punktlari zichlashuvi 2-klass uchburchaklartarm og'ini qurish ishlari uchun olib boriladi. 2 klass tarmoqlar zichlashuvi unga 3- klass punktlar tizimini qo'yish yo‘li bilan amalga oshiriladi 1,2,3 klass triangulyatsiyasi davlat tomonidan 4- klass punktlari konchilik korxonalarini marksheyderlik xizmati tomonidan aniqlaniladi. Triangulyatsiya punktlarining absolyut balandliklari geometrik nivelirlash yo'li bilan , tog'li hududlardatrigonometriknivelirlashqiymatlariyordamidaaniqlaniladi
Triangulyatsiya punktlari asosan qulay boMgan joylarda mahkamlanib, punktlar markazlari yer yuzasida ishonchli bo'lishi uchun betonlanadi, markazlar uzoqdan ko'rinishini ta'minlash uchunpiramida va signallar quriladi.Punktlarning aniqlangan koordinatalari 1942 yil koordinatalar tizimiga kiritiladi, 1 va 2 klass triangulyatsiya punktlari uchun X va Y yassi koordinatalar, geodezik koordinatalar (kenglik va uzoqlik) ,3 va 4 klasspunktlari uchunfaqat yassi koordinatalar aniqlaniladi.
Oxirgivaqtlarda tekislikda planli geodezik tarmoqlarni yaratish uchun trilateratsiya uslubidan foydalaniladi. Bu uslubda tekislikda uchburchaklar tarmog' qurilib, uchburchaklaming ichki burchagi emas, balki hamma uchburchaklarning tomon uzunliklari yuqori aniqlikdagi asboblar yordamida o'lchaniladi. Formulalar yordamida uchburchaklaming ichki burchaklari aniqlaniladi. 0 ‘lchashlar va hisoblashlar natijasida trilateratsiya tayanch punktlari koordinatalari aniqlaniladi. 13.5. Y er osti teodolit tasviri haqida Qazilma boylik konlarini yer osti usulida qazishda marksheyderlik syomkalari yer yuzasida bajariladigan syomkalari kompleksidan va bog'Iovchi syomkalaridan iborat bo'lib, ular konlarda punktlarning koordinatalarini yagona sistemada aniqlashga imkon beradi.
Yer osti marksheyderlik syomkalarida gorizontal teodolit syomkaning o'm i
katta bo'lib kon lahimlarida maxsus o'rnatilgan belgilami koordinatalarini aniqlash uchun burchakli va chiziqli o'lchash ishlari olib boriladi. Yer osti kon lahimlari cho'ziq bo'lganliklari sababli poligonometrik usuldan ko'proq foydalaniladi. Yer osti kon lahimlarida teodolit yo'Ilari o'tkazishda teodolit bilan quyidagilar o'lchanadi: yo'lning ikki tomon oraliq gorizontal burchagi, qiyalik burchagi, tomonlar uzunliklari o'lchanadi. Shu bilan birga yer osti burchak o'lchash yo'Ilari ularning tadbiq qilinishi bo'ycha poligonometrik yoki teodolit yo'Ilari deyiladi.
Har bir poligon (yo'l) a w a l bajarilgan syomka punktlariga bog'lanadi. Poligon shakli va uning syomka punktlariga bog'lash uslubi bo'yicha quyidagicha ko'rinishlarda bo'Iishi mumkin:
1. Osma ozod bo'lgan y o 'l - koordinatalari berilgan bitta punktga va direksion burchagi m a’lum tomonga tayangan bo'ladi (13.2-rasm).
Osma ozod bo‘lgan yo‘l 2. Ikkilamchi osma yo'l - yo'lni o'tish yo'qoriga o'xshash bo'lib faqat ba’zi tomonlar to 'g 'ri va tesksari yo'nalishda o'tgan bo'ladi 13.3-rasm). yer ustidagi syomka kabi umumiy b o ig a n aniq geometrik tarmoqlardan aniqligi kichik bo'lgan tarmoqlami barpo qilish prinsipiga amal qilinadi. Ushbu protses quyidagi ishlardan iborat:
1) kapital va asosiy kon lahimlardan o'tadigan poligonometrik yoMlar va yer osti syomkalariga geometrik asos bo'lib xizmat qiladigan marksheyderlik tayanch tarmoqlarini barpo qilish.
2)Teodolit va burchak o'lchash yo'llaridan iborat bo'lgan kon lahimlari syomkasi uchun zarur bo'lgan marksheyderlik syomka tarmoqlarini barpo qilish.
Teodolit yo'llarikapital va asosiytayyorlovlahimlarida to'ldiruvchi syomkalarni bajarish uchun tavsiya qilinsa, burchak o'lchash yo'llari esa qazish kovjoylarida va kesma lahimlarda syomka qilish uchun foydalaniladi. Teodolit yo'llari tayanch punkti va tomonlariga bog'lansa burchak o'lchash yo'llari poligonometrik va teodolit yo'llari punktlariga tayanadi. Burchak o'lchash yo'llari o'tkazishda aniqligi past asboblardan foydalaniladi (uglomer, bussol).
Maxsus tarmoqlar o 'ta muhim masalalarni hal qilishga ishlatiladi. Masalan: muhim lahimlarni o'tkazishda bunday holatlarga burchakli va chiziqli o'lchashi aniqliklari har bir holat uchun alohida ishlab chiqilgan dastur bo'yicha aniqianadi. O ’lchash natijalari ko'p hollarda shartli koordinatalar sistemasida hisoblanadi. Syomkani bajarish shartlariga ko'ra va kon lahimlarida geometrik asos punktlarining saqlanishiga qarab uchta asosiy guruhga bo'linadi:
-shaxta va ruda maydonidan o'tgan asosiy magistral hisoblangan kapital va asosiy lahimlar. Ularga: shtolnya, kapital kvershlag, dala va asosiy shtreklar, bremsberglar va qiya lahimlar kiradi. Bu lahimlar odatda katta uzunlikka ega bo'lib, xizmat qilish davrlari katta. Ularda yer osti tayanch tarmoqlari punktlarini mahkamlash qulay hisoblanadi.
-tayyorlov lahimlari. Bular: panelda o'tgan oraliq, ventilyatsion shtreklar va boshqa lahimlar hisoblanadi. Ular qazish uchastkalarida joylashgan bo'lib yetarli darajada uzun emas va xizmat qilish davrlari nisbatan kichik. Bunday lahimlarda joylashgan punktlardan qazish kovjoylarini doimiy syomka qilib turishda asos sifatida qoMlaniladi.
-kesma lahimlar. Bular: qazish uchastkalaridan yoki qazish bloklaridan o‘tadi. Uzunligi kichik bo'lib xizmat qilish davri ham kichik qazish kovjoylari, masalan lava doimo o‘rni o ‘zgarib turadi. Shuning uchun bu yerdagi punktlardan atigi bir marta ulami syomka qilishda foydalaniladi. Y er osti tayanch tarm oqlari. U lartizim shaklidayoki alohida poligono-metrik yo‘1 shaklida barpo qilinib stvol oldi lahimlarida mahkamlangan boshlang‘ich doimiy punktlardan boshlab rivojlantiriladi.Tayanch tarmoqlari tarmoqning uzunligidan qat’iy nazar uzoqlashgan punktlarning o'm ini talab qilingan aniqlikda aniqlashni ta’minlashi kerak. Bu yerda punktlarni mahkamlash 300 - 500 metrdan masofasi oshmasligi kerak. Yer yuzasidagi tayanch tarmoqlariga nisbatan yer osti marksheyderlik tayanch tarmoqlari uch guruhga bo'lingan va alohida ulaming farqlari bor.
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
a) tarmoqlarning rivojlanishi kon lahimlari o'tilishiga va shaxta rudniklarining xizmat qilish davriga bog'liq.
b) eski lahimlarning berkitilishi bir qancha punktlarning mustahkammasligi oqibatida tarmoq konstruksiyasi doimiy o'zgarishda bo'ladi. Tarmoqda bir qancha bog'liq bo'lm agan qo'shim cha fazoviy va vaqt bo'yicha m a’lumotlarning paydo bo'Iishi hisoblanadi. Y o'qoridagi omillar ta’siri natijasida yer osti tayanch tarmoqlari rivojlantiriladi va rekonstruksiya qilinadi. Kon Iahimlarini o'tilishi munosabati bilan tarmoq to'ldirilsa tarmoq holatiga qarab rekonstruksiya vaqti aniqlanadi. Yer osti tayanch tarmoqlarining ko'rinishi ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
a) poligon parametrlari va shakllarini tanlashni chegaralaydigan poligonometrik yo'llarning majburiy konfiguratsiyasi.
b) yer osti poligonometrik yo'llarida majburiy qisqa tomonlarning bo'Iishi (3-5 m).