Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
NAQQOSHLIK

 
 


35 
1. 6. Stilizatsiya va uning o„ziga xos xususiyatlari . 
Stilizatsiya - o‗simlik va hayvonot dunyosi butalar, novdalar, shoxlar, 
barglar, gullar, meva shakllarini qayta ishlashdir. Naqqoshlik san‘atining 
ildizi juda qadim o‗tmishimizga borib taqaladi. Insoniyat o‗zi uchun zarur 
bo‗lgan jamiki buyumlarni badiiy bezab takomillashtirilib kelgan. Oddiy 
ro‗zg‗or buyumlaridan tortib, kiyim kechak, kitob, bino bezaklari hamma 
– hammasi naqsh elementlari yordamida bezatiladi. Xalq amaliy san‘atida 
qo‗llaniladigan barcha bezak elementlari tabiatda uchraydigan o‗simliklar 
dunyosi, gul, novda, barg va hayvonlar ko‗rinishlariga mos tasvirlardir.
Naqsh kompozitsiyalarni chizishda, asosan ikki manbadan - tabiiy va 
geometrik shakllardan foydalaniladi. O‗simliklar, hayvonlar va qushlar 
naqsh san‘atining tasvir ob‘ektidir. 
Ma‘lumki, har bir naqsh namunasi o‗ziga xos naqsh elementlarining 
yig‗indisidan iborat. Stilizatsiya o‗simlik va hayvonot dunyosidan olingan 
turli shakllarni qayta ishlash badiiylashtirish demakdir. Bunda tanlangan 
shaklni naqsh kompozitsiyasi tarkibiga qo‗shish mumkin bo‗lgan bezak 
shakliga keltiriladi. Bunda o‗quvchi butun bir yaxlit predmetning tashqi 
ko‗rinishlarini bir necha badiiy chiziqlar yordamida aniq va lo‗nda qilib 
tasvirlashni o‗rganadi. 
Xalq ustalari qadimdan qo‗llab kelayotgan jami naqshlar tabiat 
hamda voqeylikning shartli tasviri bo‗lishiga qaramasdan o‗ziga xos 
qonun qoidalarga ega. Bu qonun qoidalar tabiatning o‗zidan olingan 
bo‗lib, haqiqatdan ham o‗simliklarning faqat bir tomonga qarab o‗sishi 
inobatga olingan.
Masalan, majnuntol xuddi pastga qarab teskari o‗sayotgandek 
tuyiladi. Lekin novdadan barg bo‗lib, bir tomonlama yo‗nalishda davom 
etib keladi.Tabiatning bu qonuni naqshda o‗z aksini topgan.
Usta chizadigan naqsh shunchaki qog‗oz betini to‗ldirish uchun 
emas, balki, ongli ravishda tabiat va badiiylik qonun- qoidalariga amal 
qilgan holda manzara tasvirini chizishdan iboratdir.
Badiiy naqsh ishlash jarayonida o‗quvchilar quydagilarni puxta 
o‗zlashtirib olishlari zarur: 
-atrof muhitdagi, tabiatda mavjud bo‗lgan tabiiy shakllarni qayta ishlash, 
ya‘ni stilizatsiyalash yo‗llarini bilishlari, undan samarali foydalana 
olishlari; 
-berilgan naqsh elementlari yoki namuna asosida yangi naqsh 
kompozitsiyasini tuza olishlari;
-mustaqil ravishda yangi naqsh kompozitsiyasini tuza oladigan bo‗lishlari 
kerak. 


36 
Naqsh elementlari bilan tanishtiruv mashg‗ulotlarida o‗qituvchi 
o‗quvchilarni o‗zi bilan tabiat qo‗yniga sayohatga olib chiqadilar va 
mashg‗ulotlarda o‗rgangan nazariy hamda amaliy bilim malakalari 
asosida, atrofdagi barcha o‗simliklar, hayvonot dunyosini kuzatadilar va 
―stilizatsiyalashtirish― orqali ularning badiiy tasvirini, ketma- ketlik 
asosida tuzulgan rangli yoki oq- qora foto- suratlardan va ko‗rgazmali 
qurollardan foydalanish orqali tushunchalar berish ham yaxshi natija
beradi. 
Har bir usta biror badiiy bezak ishini bajarganda bevosita u yoki bu 
naqshlar tasvirini ishlashga to‗g‗ri keladi. Ular naqsh elementlarini 
amaliy san‘at namunalaridan olishadi yoki mustaqil ravishda tabiiy yoki 
geometrik shakllarni stizilizatsiya qilib ishlatishadi.
5

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin