Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
NAQQOSHLIK

Tayanch iboralar

Akv
arel, guash, tempera, moybo‗yoq,
zangori ranglar,
yashil rang,
jigar 
ranglar,
to‗ti yoyi.
 
Mustahkamlash uchun savollar 
1. Rangshunoslik texnologiyasidan foydalanish usullarini aytib bering? 
2. Rang turlari, ularning o‗ziga xos xususiyatlari aytib bering?
3. Bo‗yoqlar tayyorlash texnologiyasi qanday usullarda olib boriladi ? 
4. Naqshlarni pardozlash turlarini sanab bering?
 
5. Ranglarning kishi ruhiyatiga ta‘siri haqida nimalarni bilasiz?
6. Ranglar mazmunini ayting.? 
7. Rang tuslarining qadimiy nomlarini ayting ? 
8. Issiq va sovuq ranglarga misollar kеltiring ? 
 


43 
1.8. Naqqoshlik kompozitsiyalari haqida tushuncha 

Kompozitsiya
― atamasi lotin tilidan olingan bo‗lib, tuzilish, 
birlashish, bog‗lanish ma‘nolarini anglatadi. Asarning kompozitsion 
tuzilishi ijodkor g‗oyasini tomoshabinga aniq, tez yetib borishga xizmat 
qiladi.
Bundan tashqari asardagi detallarni bir-biriga nisbatan ma‘lum 
tartibda joylashtirish, solishtirish degan tushunchalarni ham beradi.
Amaliy san‘atda kompozitsiya ishlash ritm, simmetriya, asimmetriya 
komponovka davriy takrorlanish markaz topish bezak yoki tasvirning 
dinamikligi, tabiiyligi chiroyliligi pardozlarning 
va ranglarning 
uyg‗unligi kabi xususiyatlarni o‗z ichiga oladi. 
Kompozitsiya orqali musavvir yoki naqqosh asardagi mazmunning 
muayyan tartibdagi chiziq, shakl, rang va boshqa vositalar orqali 
tomoshabinga ta‘sir kuchini oshiradi. Uning elementlarini o‗zaro bog‗lab 
joy-joyiga qo‗yadi, fazoviy kenglikni yaratadi. Har bir tasviriy san‘at 
asari ma‘lum kompozitsiyaga ega bo‗ladi. Hamma vaqt kompozitsiya 
asar yaratilishida birinchi galda hal etiladigan muhim ish hisoblanadi.
Kompozitsiya tuzishning o‗ziga xos qonun-qoidalari, vosita va 
uslublari mavjud. Tasviriy san‘atdagi kabi amaliy bezak san‘atining har 
bir turida ham kompozitsiya qoidalariga rioya qilinadi. 
Tasviriy san‘atda dekorativ kompozitsiya tushunchasi asosan rang 
tasvir va haykaltaroshlikda qo‗llaniladigan badiiy bezak ishlarini 
ifodalaydi. Ular freska, mozaika, vitraj, istirohat bog‗lari haykaltaroshligi, 
mayda plastika, me‘morchilikda esa binolaring rel‘efli bezaklarida frizlar 
shaklida keng qo‗llaniladi. 
Har bir naqsh kompozitsiya o‗ziga xos tuzilish va ko‗rinishga ega 
bo‗ladi.
Ustalarning mohirligi shundaki ular yaratgan kompozitsiyaning 
mukammalligi va tanlangan ranglarning bir-biriga mos qilib yonma –yon 
qo‗yilishi, 
ishlatilayotgan 
elementlarning 
to‗g‗ri 
tanlanganligida 
ko‗rinadi. Naqsh kompozitsiyalar turli shakllar bilan yuzasiga moslab 
tuziladi va nomlanadi. Ranglar gammasi tanlanib ularga sifatli ishlov 
beriladi.
Amaliy san‘at asarlaridagi kompozisiyani tuzish usullarini astoydil 
egallash bo‗lg‗usi naqqosh usta uchun juda muhimdir.
Naqqoshlik kompozitsiyasi deyilganda birinchi galda bir butunlikka 
ega bo‗lgan naqsh elementlarining o‗zaro bog‗lanishi, kompozisiyadagi 
qo‗llanilgan elementlarning asar go‗yasiga mosligi, simmetrikligi, naqsh 
kompozitsiyada yangliklarning bo‗lishi hamda ranglar gammasining 
o‗zaro mosligi, tomoshabinbobligi kabilar nazarda tutiladi.


44 
Kompozitsiya
 
o‗ziga xos ritm, kompozision markaz ega bo‗lishi, 
elementlarning simmetrik yoki assimetrik joylashuvi va kompozisiyada 
harakat, turg‗unlik, planlilik, parallellik kabilar nazarda tutiladi. 
Kompozitsiya bezaklarni mahobatli tarzda ifodalash, yuzaga mos 
tasvirlash, element va naqsh bo‗laklarini to‗g‗ri taqsimlash kabi 
uslublarni o‗z ichiga oladi.
Kompozitsiyani vositalari deb kompozitsiyaning jozibali va chiroyli 
chiqishida ishlatiladigan rangli bo‗yoqlar, rang gammalari hamda mavjud 
naqsh elementlarining turlaridan unumli foydalanish va boshqalar
 
tushuniladi. 
Naqshning oddiy shakldagi yuzadan tortib murakkab bo‗lgan keng 
yuzalardagi bezaklari ham kompozitsiya mazmuniga ega bo‗lmog‗i shart.
Chunki har bir naqsh kompozitsiya mukammal asar maqomiga ega, 
shuning uchun ham ustalarimiz o‗zlarining ijodiy faoliyatida yangilik 
qilishga, elementlar dastasini kashf qilish uchun ter to‗kishgan
a)
 
rasm
 
Naqsh kompozitsiyalarda ranglarning ahamiyati juda muhim. Chunki 
har qanday tugallangan naqsh kompozitsiyani jozibasini tanlangan rang 
gammasiga bog‗liq. Naqshda ham xuddi rang tasvirdagi kabi tasvirni bir 
tusga bo‗ysindirib ishlash va shunga mos kollerlar tayyorlash malakasiga 
ega bo‗lish ijodkorning mahoratini belgilaydi. 
Kompozitsiyalarning turli ko‗rinishlarda bo‗lishi ulardagi elementlarni
o‗z o‗rnida qo‗llanishi , kompozitsiyadagi naqsh elementlarining o‗zaro
o‗xshashligi hisobga olinadi.


45 

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin