Tasviriy san‟at kafedrasi


Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
NAQQOSHLIK

Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar. 
Turli shakllarga naqsh kompozitsiyalarni chizishni mustaqil mashq qilish 
uchun avvalambor geometrik shakllarni yuzaga to‗g‗ri joylashtirish va 
ularning ichki qismini naqshlar bilan bezash uchun to‗gri taqsimlarga 
bo‗lish va ajratish lozim. Har bir taqsimning o‗ziga mos naqsh 
elementlari kiritiladi.
1. Yo‗l ichida naqsh chizishni mashq qilish.
2. Kvadrat ichida naqsh chizishni mashq qilish. 
3. Uchburchak ichida naqsh chizishni mashq qilish. 
4. Doira ichida naqsh chizishni mashq qilish. 
5. Ko‗pburchaklar ichida naqsh chizishni mashq qilish. 
 
 
 
 


73 
 
 
 
 
 
27-rasm 
2.5. Girih va gulli girih kompozitsiyalarni chizish.
Oddiy girih namunalaridan nusxa ko‗chirish yoki ularni mustaqil
mashq qilish avvalambor geometrik yasashlarni mashq qilishdan 
boshlanadi. Chunki bitta girih kompozitsiyaning ichida ham bir necha 
shakl mujassam bo‗ladi. Bularni yasash uchun esa malaka talab etiladi. 
Geometrik yasashlarning birinchi mashqi aylanani sirkul yordamida teng 
bo‗laklarga bo‗lish orqali ko‗pburchakli shakllarni yasaymiz. Buning 
uchun qog‗oz yuzasiga bir xil diametrdagi aylanalarni chizib olamiz. 
Geometrik chizmachilik kursida olgan bilimlarimizga tayanib aylanalarni 
muntaazam ko‗pburchaklarga (
3, 4, 5, 6, 8, 10, 12
va b.) bo‗lishni mashq 
qilamiz. Chunki girih naqshlarida bu shakllar har doim qo‗llaniladi. ( 
24
-
rasm)


74 
 1- bosqich. 
Girih kompozitsiyalarni chizish bosqichlari asosan yuzaning 
o‗lchami hisobga olinadi va shunga ko‗ra kompozitsiya markazidagi 
shaklni atrofdagi boshqa shakllar bilan bog‗lash geometrik kesishuv va 
matematik o‗lchovlar asosida amalga oshiriladi. Bu amallar chizma 
asboblaridan foydalanib yordamchi chiziqlar cizish bilan bajariladi. 
2- bosqich. 
Qora qalamda chizilgan
 
girih naqsh kompozitsiya zamini 
tanlangan rang tusida shakllar farqlanib alohida qismlarga ajratilib 
bo‗yaladi. Boshqa naqshlar singari girih naqshlarga ham pardoz beriladi, 
siyoh qalam qilinadi. 
 
Geometrik yasashlarning birinchi mashqi aylanani sirkul yordamida 
teng bo‗laklarga bo‗lish orqali ko‗pburchakli shakllarni yasaymiz. 
 

 
28-rasm
Rasmdagi oddiy girih kompozitsiyada chizib olingan to‗g‗ri burchakli 
shakllarni biri ikkinchisi bilan tutashtirish orqali ma‘lum bir ko‗rinishga 
ega bo‗lgan girih yuzaga keladi.
Dastlab katakchalar chizib olinadi tanlangan shaklni chiqarish uchun 
kerakli chiziqlar to‗qlashtirilib chiqiladi va bo‗yash oldidan barcha 
yordamchi chiziqlar bo‗yoqqa aralashib ketmaslik uchun o‗chiriladi 


75 
29-rasm 
.
30 - rasm Sakkiz qirrali girih naqshi

 


76 
Sakkiz burchakli girih komozitsiyani tuzish uchun al‘bom qog‗ozi 
yuzasiga to‗liq joylashadigan qilib aylana chiziladi. Sirkul yordamida 
aylana yoyi teng sakkiz bo‗lakka bo‗linadi topilgan burchaklar aylana 
markazi bilan birlashtiriladi. Shaklning bir qismida biz rejalashtirgan 
naqshning barcha yordamchi chiziqlari o‗tkaziladi.Yordamchi chiziqlar 
juda ham to‗q bo‗lishi tavsiya etilmaydi chunki ranga o‗tishdan oldin 
chiziqlarning ba‘zilari o‗chiriladi.

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin