Tasviriy san‟at kafedrasi


Namoyon naqsh kompozitsiyalar



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
NAQQOSHLIK

 
2.7. Namoyon naqsh kompozitsiyalar. 
Namoyon naqsh kompozitsiya eskizini chizish. 
Namoyon
- forscha so‗zdan olingan bo‗lib, kurinish manzara 
ma‘nosini anglatadi. Ruscha panno. Namoyon mukammallashgan yetuk 
naqsh kompozitsiyasi. Namoyon naqsh kompozitsiyasi voqelikning 
umumlashgan tasviriy obrazini o‗zida aks ettiradi. Unda chamanzor, oqar 
suvlar, ko‗l, yo‗l va boshqa shartli tasvirlanadi. Namoyon naqsh 
kompozitsiyasi tevarak atrof zanjirlari ruta (hoshiya naqshi) bilan 
o‗raladi. 
 
Namoyon hech nimaga ulanmaydigan mustaqil kompozitsiya bo‗lib, 
murakkab naqsh turiga kiradi.
Namoyon simmetrik va asimmetrik tuzilishga ega bo‗ladi. Namoyon 
naqshi o‗zbek milliy me‘morchiligida binolarning ichki qismlarida xona 
devorlarini badiiy bezatishda qo‗llaniladigan yirik va murakkab bo‗lgan 
naqsh kompozitsiya hisoblanadi. Asosan uning o‗simliksimon turi 
mehrob ko‗rinishidagi shakllar ichiga joylashtirilib chiziladi. Uning bir 
markazdan tarqalib butun davrani to‗ldirib, yoyilib manzara hosil qilishi 
bilan xususiyatlidir. Namoyonda ham boshqa naqsh kompozitsiyalar 
qatori mavjud bo‗lgan gul va barg, novda elementlari qo‗llaniladi. Rang 
berish bosqichlari ham har doimgidek zaminni bo‗yashdan boshlanadi, 
pardoz berish va obi tortish bilan yakunlanadi.
 
U murakkab naqsh turiga kirib uning o‗simliksimon, geometrik, gulli 
girih, ramziy va boshqa turlari mavjud. Namoyon islimiy naqshdan iborat 
bulsa, naqqosh naqshning band va tanoblarini darajalarga bo‗lib chiqadi, 
birinchi darajali naqsh chiziqlariga alohida ahamiyat beradi. Girih bilan 
islimiy aralashgan namoyonlarda girih hamisha asosiy islimiy tuldiruvchi 
bo‗ladi; Islimiy hech qachon girihni bosib o‗tmaydi. Namoyon faqat 
girihdan tashkil topgan bo‗lsa, uni ham asosiy, ham tuldiruvchi girihlarga 
bulish mumkin, ya‘ni yirik girihlarni ichiga mayda girihlar chiziladi. 
Namoyonlar simmetrik va assimmetrik tuzilgan bo‗ladi. Har bir 
naqqoshlik maktabida namoyon naqsh kompozitsiyalari turlicha shaklda 
va o‗ziga xos uslubda ishlanadi.
Xiva naqqoshlari manzarani aks ettirishga unchalik ahamiyat 
bermaydilar, asosiy e‘tiborni dinamikaga qaratadilar, gul barg elementlari 
kam harakat- mavj ko‗proq ko‗zga tashlanadi. Shu bilan birga bandlar 
bir-biri bilan spiralsimon ulab tasvirlash muhim ahamiyatga ega: 
Toshkent namoyon kompozitsiyalarida o‗simlik va gullarning ko‗pligi 
bilan, Farg‗ona namoyon naqsh kompozitsiyalarida esa tabiatdagi gul, gul 


83 
barg, meva va boshqalarni to‗gridan to‗gri tasvirlash turlari bir -biridan 
farq qiladi. 
Namoyon so‗zi - ko‗rinish, tugallangan dеgan ma'noni bildiradi.
Xalq amaliy san‘atida namoyon naqsh namunalaridan xalq ustalari kеng 
foydalanib keladilar.
Namoyon naqsh kompozitsiyalarida tabiat manzaralarining go‗zal 
tasvirlari, yuqoriga intilib o‗sayotgan o‗simliklar dunyosining nafis 
ko‗rinishlari aks ettiriladi. Bu kabi kompozitsiyalar tasvirida, ko‗za yoki 
gultuvakda barq urib o‗sayotgan gullar, majnuntol, anor, uzum singari 
stillashtirilgan o‗simliklarning elеmеntlari diqqatga sazovor. 
Namoyon naqsh kompozitsiyalari asosida chorsi, palak, islimi, 
murakkab, girih, pushak islimi, chor kunj islimi kabi naqsh namunalari 
ham chizilib kelingan.(37-38 rasmlar). 
Namoyonning asosiy qismini tanob deb ataluvchi shakl yo‗nalishi 
egallaydi. Tanob naqsh kompozitsiyasining asosiy novdasi hisoblanib, 
undan gul va novda elеmеntlari o‗sib chiqmaydi. Novda gul, barg va shu 
kabi naqsh elеmеntlarini omuxta hamda alohida ko‗rinishni tashkil etadi. 
Namoyon naqshlarida murakkab tematik ramziylikka asoslangan 
naqsh elеmеntlaridan kеng foydalaniladi. Namoyon naqshlari ma'lum bir 
tarixiy sana yoki tavallud va qutlov mazmunida ishlanilishi mumkin. 
Ramziylikka asoslangan tematik pannolarda davlat gеrbi tasviri, paxta, 
bug‗doy, shеr, baliq, tovus shakli elеmеntlari ham aks etadi. Bu kabi 
naqsh elеmеntlari tabiiy ko‗rinishdan stillashtirib olingan eng sodda 
tasvirdagi chizgilardir. Namoyon naqshlarini girih, mehrob, oval, to‗g‗ri 
to‗rtburchak ko‗rinishlarida ham tasvirlanadi.
Namoyon kompozitsiyalari naqqoshlik, ganchkorlik va yog‗och 
o‗ymakorligi san‘atlarida asosiy o‗rinlardan birini egallab keladi. 
Namoyon naqsh namunalarini chizish bosqichlari: 
Naqshlanuvchi yuzaning aniq o‗lchamini olish; 
Namoyonga shakl chizish; 
Naqshning tanob shaklini chizish; 
Novda gul, barg va shu kabi naqsh elеmеntlarining shakl bo‗yicha 
joylashtirish va hokazo. Hosil bo‗lgan namoyon naqsh kompozitsiyasini 
axtasini tayyorlab, kеrakli yuza sathiga hoka yordamida tushiriladi. 
Kompozitsiya rang tuslari bilan turlanib siyoh qalam, targ‗il va yoki 
yеdirma usulida pardozlanadi. Namoyon tugal ko‗rinishidagi mustaqil 
naqsh kompozitsiyadir. Namoyon naqsh kompozitsiyasi voqeylikni 
umumlashgan tasviriy obrazini shartli aks ettiradi. 


84 
Namoyon murakkab naqsh turiga kirib uning islimiy, handasiy va 
ramziy turlari mavjud. Namoyon naqshlari ham band va tanob 
elеmеntlaridan tashkil topib, kompozitsiya tuzilishida asosiy va 
to‗ldiruvchi rolini o‗ynaydi. Namoyon faqat girihdan ham tashkil topishi 
mumkin.Namoyonlar simmеtrik va assimеtrik tuzilgan bo‗ladi. Namoyon 
naqsh kompozitsiya tuzilishlari har bir vohada o‗ziga xosligi bilan 
xaraktеrli.
Namoyonning guldasta namoyon, anor namoyon, majnuntol 
namoyon, mehrobli namoyon, to‗p-gul namoyon, gulsafsar, chorsi 
namoyon va boshqa juda ko‗p atamalari bor. Bu nomlar bilan atalishining 
boisi shundaki nomoyondagi ishtirok etayotgan naqsh elementlarining 
turlaridan kelib chiqib shunday ataladi. 
Namoyon naqsh kompozitsiyalarni taniqli naqqosh ustalar ijodida 
ko‗plab uchratamiz. Misol uchun naqqosh M. To‗rayev o‗z ijodida 
ko‗plab namoyon kompozitsiyalar tuzishga muvaffaq bo‗lgan.
 37-rasm. Tokcha namoyon (naqqosh M.To‗rayev) 

Yuqoridagi namoyon naqsh kompozitsiyalar ko‗rib turganingizdek 
turli naqsh elementlarini o‗z o‗rnida birlashtirib ma‘lum ko‗rinishdagi 
bezakli manzarani tashkil qilgan. Bir markazdan yuqorilab o‗sib


85 
boruvchi elementlar dastasi bir-biri bilan shunday bog‗lanki birortasi 
ortiqcha ishlatilmagan yoki kamlik qilmagan bu ham naqqoshning 
mahorati va o‗tkir didliligidan dalolat beradi. Bu kabi namoyon 
kompozitsiyalar xona va inshoatlar ichki qismidagi yirik yuzalarga 
moslab tuziladi chunki kuzatuvchi ma‘lum masofadan erkin kuzata 
olishligi hisobga olinadi. Namoyon kompozitsiyalar o‗zbek naqqoshlik 
san‘atida muhim o‗ringa ega bo‗lgan naqsh turi, ushbu naqshlar o‗z 
jozibasi bilan ahamiyatlidir.

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin