Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
NAQQOSHLIK

 
 
39-rasm 
3- bosqich.
 
Siyohqalam va obi tortish gul va barg elementlariga 
pardoz berish.
Yuzaga mos qilib naqsh zaminiga rang berilgandan keyin. 
Berilgan bo‗yoq yuzasi yaxshi qurigandan so‗ng, naqshdagi barcha 
qismlar naqsh elementlari barg, gul va novdalardan tortib boshqa 
belgilarning atrof chizig‗i (konturi) ustidan zamin rangiga mos kelgan 
to‗q rangli bo‗yoq bilan siyoh qalam qilinadi. Shu tariqa zamindagi 
qismlar chegaralanib bir biridan ajratiladi.Undan keyin har bir pardoz 
talab qilinadigan naqsh elementiga kerakli yo‗nalishdagi pardoz targ‗il 
yoki yedirma pardoz beriladi. Pardozning ikki xil turi ko‗p ishlatiadi bu 
esa yedirma va targ‗il 
tortish amalga oshiriladi. O‗z o‗zidan ma‘lumki targ‗il (taroq) xuddi
taroqning tishlariga o‗xshash parellel, uchli mo‗yqalam shakliga mos 
ciziqlardan iborat.Yedirma pardoz turini qo‗llaganda esa siyohni to‗qdan 
ochga nisbatan o‗tishi – yedirilishini yasaydi.
Yog‗ochdan yasalgan buyumlar ( xontaxta, kursi, toshoyna, shkaf)ni 
naqshlashda turli nomеrlardagi yumshoq yungli mola, obi, siyoq qalam 
kabi mo‗yqalamlardan unumli foydalaniladi. Bo‗yoqlarning qora, qizil, 
to‗q ko‗k, to‗q yashil, jigar rang kabi to‗qroq tuslari naqshga pardoz 
berishda ishlatiladi. Buyumlar naqshlanganidan so‗ng ularning yuzasiga 
tuniq shaffob lak surkaladi. 
Yog‗och biyumlarini laklaganda rangsiz smola, domar va spirtli 
laklardan foydalaniladi. Laklar asosan kunjut yoq va kanifoldan
tayyorlangan. 
Toshkent naqqoshlaridan Olimjon Qosimjonovning aytishiga ko‗ra, 
fabrika laki ishlab chiqarilgunga qadar, ustalar ―egar moyi‖ deb atalgan 


88 
lakni ishlatganlar. Bu lakning aralashmasi yelim (tok o‗simliklarining 
suvi), kunjut moyi va kanifol bo‗lgan. ―Egar moyi‖ bo‗yoqlarning rang 
tuslarini yanada yorqinlashtirgan va bezatiladigan yuzani darz kеtishidan, 
yemirilishidan saqlagan.
Yog‗och buyumlarni naqshlash uchun quyidagi asbob-uskuna va 
matеriallar kеrak bo‗ladi. Jilvir qoqoz, shpatel, bo‗r, duradgorlik yеlimi, 
pista ko‗mir, doka, xitoy qoqozi, igna, alif, lak, tilla va kumushdan 
tayyorlangan qallar, 1- 20 nomеrli mo‗yqalamlar va boshqalar. 
Naqsh ishlash uchun qayin, qora qayin, qaraqay, nok, yong‗oq, DSP va 
boshqa yog‗ochlar tanlanadi. Yog‗och buyumlarini naqshlash uchun yana 
shpaklyovka, xoka va axta tayyorlanadi. 
Naqqoshlikda ishlatiladigan bo‗yoq turlari quyidagilardan iborat: quruq 
bo‗yoq, guash, akvarel, emulsiyali bo‗yoq, minеral bo‗yoq, moy bo‗yoq, 
tempеra bo‗yoqlari. Yog‗och buyumlarini naqshlashda eng ko‗p 
qo‗llaniladigan bo‗yoq – guashdir. Rang tuslarini tayyorlashda oq 
bo‗yoqni boshqa bo‗yoqlar bilan aralashtirib, kеrakli rangni topa bilish 
muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, guash bo‗yoqlari zarur 
quyuqlikda va nafis tiniqlikda tayyorlanishi lozim. Yog‗och buyumlariga 
badiiy ishlov bеrishda avval buyumni jilvir qog‗ozi bilan jilvirlab chiqish 
kеrak bo‗ladi. So‗ngra, unga alif moyi yoki duradgorlik yеlimi surtiladi. 
Buyum yuzasini yanada tekislash, silliqlash maqsadida maxsus qoplama 
(shpaklyovka) ham surtiladi. U quriganidan so‗ng, mayda donali jilvir 
qoqozi bilan buyum sirti yana bir bor silliqlanadi. Buyumga axta va ulgi 
yordamida oldindan tayyorlangan naqsh kompozitsiyasi tushiriladi.
Shpaklyovka naqshlanadigan sirtlarga silliqlab, tekslash uchun 
qo‗llaniladigan maxsus quyuq massa.
U bo‗r (mel), yog‗och еlimi, alif moyi, suv, sovun kabi moddalarni 
qo‗shgan qolda aralashtirib tayyorlanadi. qoplama (shpaklyovka)lar 
tarkibida qo‗llanilgan moddalariga ko‗ra yеlimli va moyli deb yuritiladi. 
Moyli qoplama tarkibiga alif qo‗shilganligi sababli ana shunday ataladi.
Undan moybo‗yoqlar ishlov bеriladigan sirtlarni silliqlashda 
foydalaniladi. Yelimli shpaklyovka devor sathlarini pardozlash uchun 
mo‗ljallangan bo‗lib, uning ustidan suv bo‗yoqlari surtiladi. 
Xoka tayyorlash: surup mato yoki dokaga chala yongan yog‗och 
(pista) kukuni ezib solinadi va u xaltacha tugib qo‗yiladi. 
Axta – ya'ni ulgini tayyorlash quyidagicha bajariladi: shaffof (kalka) 
qog‗oz tanlangan naqsh kompozitsiyasining bo‗laklariga mos ravishda 
buklab chiqiladi va uning faqat bir bo‗lagi chizib olinadi.


89 
So‗ng, buklangan qog‗oz qavatlari igna bilan yalpisiga teshib chiqiladi. 
Buklangan qog‗oz qati yozilganidan so‗ng esa yaxlit naqsh 
kompozitsiyasining hosil bo‗lganligini ko‗ramiz. Endi uni buyumning 
sirtiga qo‗yib, xoka yordamida naqsh tasvirini tushurish mumkin. 
 
40- rasm Xontaxta yuzasiga ishlangan naqsh kompozitsiya

 

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin