38-rasm Farg‗onacha namoyon naqshi
86
Tayanch iboralar.
Namoyon,
guldasta namoyon, anor namoyon, majnuntol namoyon,
mehrobli namoyon, to‗p-gul namoyon, gulsafsar, chorsi namoyon, hoka.
Mustahkamlash uchun savollar
1.
Namoyon naqsh kompozitsiyasi deb qanday naqshlarga aytiladi ?.
2. Namoyon va uning turlari haqida nimalarni bilasiz ?.
3.
Namoyon kompozitsiyalar yaratgan naqqosh ustalardan kimlarni
bilasiz ?
4. Namoyon naqsh
kompozitsiyani ranglash va pardozlash bosqichlari
qanday olib boriladi?
5.Namoyon so‗zi nimani anglatadi ?
6. Namoyon naqishining qanday turlari mavjud ?
7.Namoyon naqshlarining chizish bosqichlari qanday ?
8. Namoyon naqsh kompozitsiyalarining qanday nomlari mavjud ?
Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar.
Taniqli naqqosh ustalarning namoyon naqsh kompozitsiya asarlaridan
nusxalar ko‗chirishni maqshq qilish. Sodda ko‗rinishdagi namoyon
kompozitsiya eskizlarini qora qalamda chizish
2.8. Yog„och buyumlar yuzasiga naqsh kompozitsiya chizish
1-bosqich.
Buyumga mos naqsh kompozitsiya eskizini shizish.
Buyum belgilangan o‗lchamda yasab bo‗lingandan so‗ng uning
yuzalariga mos keladigan o‗lchamdagi qog‗ozlarga naqsh kompozitsiya
variantlarining eskizlari chiziladi.
Eskizdagi ma‘qul naqshga sinab ko‗rish maqsadida bir necha rang
gammalarida ma‘lum qismlari bo‗yalib ko‗riladi. Qaysiki ma‘qul bo‗lgan
variant yoki oldindan tanlangan rang gammasi bilan dastlabki bo‗yash
ishlari tashkil qilinadi. Yuqorida aytib o‗tganimiz kabi Buyum yuzasi
talabdagi aniqlikgacha silliqlanib tayyor qilinadi. Shundan so‗ng kal‘ka
(ulgi) orqali naqsh yuzaga tushiriladi va zaminni birinchi bosqichdagi
rangi beriladi .
2- bosqich
Naqsh kompozitsiya zaminini tanlangan ranglarda bo‗yash.
Olachipor bo‗lmasligi uchun rang to‗yinganligiga erishish uchun koler
suyuq yoki quyuq bo‗lmasdan balki me‘yordagidek aralashma hosil
qilishi shart. Dastlab kompozitsiya zaminining yirik qismlari mos
ravishda ranglanadi. So‗ngra esa mayda barg, gul, bofta, shkufta
elemntlarining rangi beriladi.
|