31-rasm
77
32-rasm Girih kmpozitsiyalardan namunalar
33-rasm Girih kmpozitsiyalardan namunalar
78
Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar.
Girih kompozitsiyalar tuzishni mashq qilish uchun dastavval
chizmachilik asboblaridan to‗g‗ri foydalana olish malakasiga ega bo‗lish
shart. Sirkil, chizg‗ich turli markadagi qalamlar bilan ishlashni bilish
talab etiladi.
Chizma asboblari vositasida turli diametrdagi aylanalarni bo‗laklarga
bo‗lish orqali geometrik shakllar ( kvadrat, uchburchak, to‗rtburchak, olti
burchak, sakkiz burchak va hakozo.) yasaladi.
34-rasm
79
2.6
.
Sodda shaklli buyumlar yuzasiga naqsh kompozitsiya chizish.
1-bosqich.
Buyumga mos naqsh kompozitsiya eskizini chizish.
Har bir buyum kichik yoki katta hajmda bo‗lishidan qat‘i nazar o‗ziga
xos tuzilishga ega va uning bir necha tomonlari bo‗ladi. Buyumning
mana shu jihatlari hisobga olinib uning o‗lchamiga mos keladigan qilib
naqsh tanlanadi va eskiz qilinadi. Bu tayyorgarlik esa bezakning bejirim
bo‗lishini ta‘minlaydi.
Sodda yog‗och buyumlarni naqshlashni o‗quv mashg‗ulotlarida
bajarish uchun buyumlarni ma‘lum o‗lchamda tayyorlab yasab olinadi.
Quyida turli ko‗rinishdagi shkatulkalarning yasalish texnologiyasi
berilgan. Dastlab chizma loyiha bo‗yicha qutichalarning har bir tomoni
fanera yoki DVPdan qirqib olinadi va o‗zaro yelim bilan biriktiriladi.
(
28
-rasm)
Qutichalar yuzasi maxsus gurunt bilan yopiladi va silliqlanadi.
Har bir buyumning yuqori, pastki va yon tomonlari bo‗ladi. Ularning
har birining yuzasi naqshlanishi uchun alohida eskizlar qilinadi.
Bu eskizlardagi naqshlar bir-biriga mos kelishi elementlar esa
takrorlanishi va to‗ldirilishi lozim bo‗ladi.
Buning uchun esa o‗simliksimon va geometrik elementlar qatorini
bexato chizishni o‗zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Axta yordamida
tushirilgan naqshning zamini tanlangan rang gammasida ohista bo‗yalib,
pardozgacha bo‗lgan rang berish bosqichi amalga oshiriladi.
Shundan so‗ng siyoh qalam qilish amali bajariladi va pardoz beriladi.
Bezak ishi tugatilgandan keyin yuzalar tiniq lok bilan qoplanadi.
Bir marotaba lok surilgandan so‗ng quritilib qum qog‗oz yordamida
silliqlanadi va tekislangan shkatulka yuzasi yana loklanadi va quritiladi.
Bu bosqich buyum shaffof, yaltiroq holatga kelgunicha shu tariqa
qaytariladi va ishlov beriladi.
Turli shakllarga ega bo‗lgan qutichalarning yasalishini ko‗rib
chiqamiz. Qutichni yasashda kerak bo‗ladigan tamonlar mayda tishli
arra(lobzik) yordamida qirqib olinadi, yelimlab yaxshi biriktirilishi
uchun tiskka qistiriladi. Burchaklarni
a
-rasmda ko‗rsatilganidek biri
ikkinchisiga jips kiradigan qilib kovakchalar o‗yiladi.
80
a)
b)
Dostları ilə paylaş: |