Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
NAQQOSHLIK

 
 
23-rasm 


68 
2.3. Oddiy naqsh namunalarini bo„yash va ularga pardoz berish. 
 
Naqshdagi gul va barg, novda elementlarini turlash. 
1- bosqich. 
Oddiy naqsh namunalarini bo‗yash va pardozlash ishlari 
naqsh kompozitsiyaning qalamda bajarilgan eskiz ko‗rinishi yuzasiga 
tanlangan rang gammasida dastlabki ishlov naqsh zaminini bo‗yashdan 
boshlanadi.

Qo‗yilgan bo‗yoq qatlamida har xil dog‗larning paydo bo‗lishini 
oldini olish uchun kolerlar me‘yoridan o‗rtacha quyuqlikda tayyorlanishi 
lozim. Bo‗yoqqa botirilgan mo‗yqalam bilan yuza bo‗ylab rangni ohista 
yengil harakatlantirib yoyiladi. Avvalo naqsh yuzasining katta qismlari va 
keyin esa barg, gul va boshqa mayda bo‗laklar bo‗yalib chiqiladi. 
Naqshning jozibali ko‗rinishi tanlangan ranglar dastasiga bog‗liq.
Naqsh elеmеntlarining ko‗zga yaqqol tashlanishi, naqsh va zamin 
yuzalarining hamohangligi va o‗ziga xos ramziylikni kashf etuvchi 
xususiyatlarini, albatta rang tuslarisiz tasavvur etish qiyin. 
Naqshda rang uyg‗unligiga erishish katta san‘atdir. Rang uyg‗unligi 
deb ma'lum bir yuzadagi turli ranglarning qaysi tomonlari bilandir o‗zaro 
mos kelishiga aytiladi. Rang uyg‗unligini ko‗ra bilish va yarata olish 
uchun qaysi rangni qanday rang bilan aralashtirish mumkin, uni qaysinisi 
bilan aralashtirib bo‗lmasligini, qaysi ranglar yonma-yon kelsa, rang 
uyg‗unligi paydo bo‗lishini bilish kеrak. Ranglar uyg‗unligi to‗g‗ri 
topilsa, mavjud barcha ranglarni qo‗llash imkoniyati keskin ortadi
san‘atkor ranglar yordamida mo‗jizalar yaratadi.
2- bosqich. 
Naqsh chiziqlari ustidan elementlar va bo‗laklarni birma- 
bir chegaralash uchun qo‗yilgan ranglarga mos to‗q bo‗yoq yordamida 
siyoh qalam amalga oshiriladi. Siyoh qalamni guashli yuzalar uchun 
guash yoki akvarel bo‗yog‗ida tortish tavsiya qilinadi. Mo‗yqalamni 
yurguzganda to‗lqinlantirmay tekis tortish uchun imkon qadar qo‗lni 
tayanchga qo‗yib barmoqlar harakati bilan bajariladi. Yuzadan ko‗tarilib 
turish uchun qo‗lni ostiga maxsustaxtacha qo‗yish maqsadga muvofiq 
bo‗ladi.
3-bosqich. 
Naqsh siyoh qalamdan chiqqanidan so‗ng unga kerakli 
pardoz beriladi. Bu esa naqshni yanada jilosini oshiradi. Pardozlar ikki xil 
usulda targ‗il (taroq) yoki yedirma qilib beriladi. 

Rang berilgan yuzaga mos rangda gul qalam vositasida targ‗il 
parallel chiziqlarning tartibli takrorlanishi bilan bajariladi.
 
Yedirma 
pardoz esa bo‗yoqni to‗qdan ochga yedirish orqali ishlanadi bu ham 


69 
o‗ziga xos ko‗rinishga ega. Yuzalarga pardozlar guash hamda akril yoki 
akvarel bo‗yoqlarida beriladi.
 
4-bosqich.
Obi tortish, suv toritish degan mazmunda naqsh chеtlariga 
oq rangda chiziq chizish bilan ifodalandi.
 
Naqshdagi shakllarning ayrim 
chiziq va bandlari ustidan oq rang yurgizish bilan ularga jilo beriladi. Bu 
amalni bajarishda suvli yoki moyli bo‗yoqning oq rangidan foydalaniladi.
 

Bu usulni qadimgi xalq ustalari ham o‗z naqsh kompozitsiyalarida 
qo‗llab kelishgan.

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin