Tayanch iboralar.
Girih, taqsim – rapport, chigal,
panjara,
koshinpazlik, xattotlik
,
gеomеtrik, naqqoshlik
aylana, uchburchak, to‗rtburchak, ko‗pburchak.
Mustahkamlash uchun savollar
1.
Girih kompozitsiyalar deganda nimani tushunasiz ?
2. Geometrik naqsh. Girih turlarini sanab bering?
3.
Me‘morchilikda va amaliy san‘at asarlarida girihning ahamiyati
qanday?
4. Girih va gulli girih kompozitsiyalarini pardozlash qanday amalga
oshiriladi ?
5. Kompozisiyaga ba‘zi elementlarni qo‗shish bilan girihlar qanday
tuziladi?
6. Ikki xil girih elementlari qanday biriktiriladi?.
7.Ba‘zi girih kompozisiyada ayrim bo‗laklar qanday olib tashlanadi?
51
18- rasm Gulli girih naqsh kompozitsiya namunasi
19 - rasm Gulli girih naqsh kompozitsiya namunasi
52
1.10. Naqqosh ustalar ishlaridan nusxa ko„chirish usullari
Naqqosh ustalar ishlaridan nusxa ko‗chirish.
Amaliy san‘at muzeylari va naqqoshlik ustaxonalariga sayohatlar
uyushtirishda ko‗zlangan maqsad talabalarni ilg‗or ijod namunalari bilan
tanishtirish hamda usta hunarmandlarning ish uslublarini o‗rganishdan
iborat. Talabalar naqqoshlik ustaxonalarining jihozlanishi hamda
dastgohlar bilan tanishadi. Bundan tashqari tabiatga ham sayohatlar
uyushtiriladi.
Ularning tabiat go‗zalliklarini seza bilish qobiliyatini o‗stirish, estetik
didini tarbiyalash, tabiatga va hayotga bo‗lgan muhabbatini oshirish,
dunyoqarashini shakllantirish, mashg‗ulot vaqtida olgan bilimlarini
to‗ldirib borish lozim. Tabiatning o‗ziga xos go‗zalligi har bir insonda
ijobiy taassurot qoldiradi. Usta naqqosh bu tabiatdagi gul, novda, barg va
shoxlarni umuman o‗simliklar dunyosini o‗z jonli chiziqlari yorqin
ranglar bilan naqsh kompozitsiyalarida tasvirlaydi. Tabiatdagi har bir gul,
barg novda, mevalar o‗ziga xos tuzilishga ega va bularni naqshga kiritish
uchun ularning shaklini erkin tasvirlash malakasini egallash lozim.
Ustalar yaratgan asarlardan nusxa ko‗chirish naqqoshlik san‘atini
chuqurroq o‗rganishda katta ahamiyatga egadir. Chunki nusxa ko‗chirish
orqali o‗quvchilar ustalarning ish uslubi, bo‗yoqlardan to‗g‗ri foydalanish
texnikasi va kompozitsiya tuzish yo‗llarini o‗rganadilar. Naqqoshlik
mashg‗ulotlarining asosiy maqsadi o‗quvchilarni bu borada olgan nazariy
hamda amaliy bilimlarini amaliyotga qo‗llash, sodda tuzilishga ega
naqshlardan boshlab murakkab bo‗lgan kompozitsiyalargacha tuzishni
o‗rgatishdan iborat.
Ustalar ishlaridan nusxa ko‗chirishda xitoy qog‗ozi (kalka)dan
foydalanish qulayroq.
Tayyor holdagi naqsh kompozitsiyani kuzatar ekanmiz avvalom bor
uni taqsim va qismlarga ajratib olishimiz zarur bo‗ladi. Yaxlitlikdan
mayda elementlar tomon ko‗chirish ishlarini amalga oshiriladi. Xuddi
yangidan naqsh chizish kabi dastlabki amallar oddiy qora qalamda
bajariladi. Naqshlar to‗liq ko‗chirib bo‗lingach, kompozitsiyadagi
ranglar o‗rganiladi va ularga o‗xshash kolerlar tayyorlash mashq
qilinadi. Odatdagidek dastlab naqsh kompozitsiyaning zamini bo‗yaladi.
Naqshda ishlatilgan pardoz turlari ko‗zdan kechiriladi va aynan shunga
mos pardoz berish amalga oshiriladi. Talabalar nusxa ko‗chirish fanida
rangtasvir asarlari qatorida amaliy san‘atning naqqoshlik turiga xos
kompozitsiyalar ham o‗rganiladi. Aynan bu mashg‗ulotlarda turli
53
naqqoshlik maktablari ustalarining ish uslublarini o‗rganish maqsadida
nusxalar o‗chiriladi.
Bunday mashqlar yosh naqqoshlarning o‗z uslublarini topib olishga
ko‗maklashadi.
Dostları ilə paylaş: |