17 – b. rasm
Tayanch iboralar.
Kompozitsiya,
simmetrik, assimetrik,
bo‗yoqlar, rang
gammalari,
bezaklar,
dekorativ,turg‗unlik, planlilik, parallellik
Mustahkamlash uchun savollar.
1
.
Naqsh turlari va ularning o‗ziga xos xususiyatlari haqida ma‘lumot
bering?
2 Turli shakl yuzalariga naqsh kompozitsiya chizish, ranglash va
pardozlash ishlari haqida tushuncha bering?
3. Kompozitsiya tuzish va kompozitsiya qonun qoidalarini ayting?
4. O‗simliksimon naqsh kompozitsiyalarni tuzish bosqichlari haqida
tushuncha bering?
5.
Turg‗unlik, planlilik, parallellik tushunchalarini ta‘riflang?
6.
Simmetriya va assimetriyaning naqqoshlikdagi ahamiyati?
7.
Naqsh kompozitsiyalardan nusxa ko‗chirish qanday amalga
oshiriladi?
8
.
Kompozitsiyadagi bezaklarini pardozlash qanday amalga oshiriladi ?
46
1.9. Girih turlari
Girih-
forscha, chigal, tugun degan ma‘noni anglatadi. Handasiy deb
nomlangan murakkab naqsh turi muayyan taqsimlarga ega bo‗lib, har bir
taqsim tuzilishiga ko‗ra o‗ziga xos ko‗rinishiga egadir.
Girih O‗rta Osiyoda va Yaqin Sharqda keng tarqalgan naqsh turi
bo‗lib, XII-XVI asrlarda ayniqsa O‗rta Osiyoda juda taraqqiy etgan.
Pokiston, Turkiya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda keng
tarqalgan.O‗rta Osiyoda esa girih kompozitsiyalardan bezatish ishlarida
boshqa mamlakatlarga qaraganda eng ko‗p foydalanilgan.
O‗rta Osiyoda girihlarning juda ko‗p turi mavjud. Bu girihlarni
arxitektura minoralaridan tortib kitob varag‗igacha bezatilganligining
guvohi bo‗lamiz. Albatta, biz tarixga nazar tashlar ekanmiz o‗sha zamon
uchun girihni chizmachilik asboblari matematik formulalar asosida
ishlanishi bu katta ilmiy kashfiyot edi. Bu girihni ishlagan ustalar
matematika fanini egallagan kishilar bo‗lganlar.
Arxitektura yodgorliklarida naqshlar shunday aniqlikda ishlanganki,
kishini lol qoldiradi. Olimlarimiz ana shu girih ishlash sirlarini topish
maqsadida ko‗p izlanishlar qildilar, lekin bu jumboqlardan to‗la
ma‘lumotlar olish qiyin bo‗lgan. Chunki o‗sha vaqtdagi bu geometrik
naqshni sir deb bilib qog‗ozda yoki tushuntirib qoldirmaganlar. Vaqt
o‗tishi bilan ularni chizish uslublari unutib yuborilgan.
Shu sababli hozirgi kunda ko‗pgina ustalarimiz girihni yechimini
topishga qiynaladilar. Sharqning mashhur olimlaridan Abdulvafo al
Buzjoniy 940-998 o‗zining kitoblarida 20 ga yaqin geometrik naqshlar
yechimi to‗g‗risida yozib qoldirgan. Bularda girihni ba‘zi oson yo‗llarini
tushuntirib o‗tgan. Masalan, uning kitoblaridan birida qurilish va
geometrik naqsh yechimi tog‗risida yozilgan. Bu kitob hozir Parijdagi
muzeylardan birida saqlanmoqda. Abdulvafo al Buzjoniy o‗zining
asarlarida girihni tayyorlash usullarini ko‗rsatib o‗tsa-da, bizga girih
yechimi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar berilmagan.
U o‗zining kitobida kvadratni uchga, beshga bo‗lishning eng sodda
oson yo‗llarni keltiradiki, bu o‗sha davr uchun katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga molik edi.
Murakkabligidanmi yoki yasash qonun-qoidalarining asta-sekin
unutib ketganligidanmi, xullas, biz uchun noma‘lum. XVII asrga kelib,
girih san‘ati juda kam ishlatiladigan bo‗ldi. Girih chizish murakkab
bo‗lgani uchun hamma ustalar ham chiza olmaganlar. O‗sha davrlarda
girih naqshini yaxshi bilgan ustalar yetuk ustalar bo‗lib hisoblanganlar.
Shunday ustalardan biri Usta Shirin Murodov bo‗lgan.
47
U yangi girihlarni osonlik bilan chiza olgan hamda o‗z o‗rnida
ustalik bilan qo‗llay olgan. U o‗z davrida girihni piri hisoblangan, uni
girihkor usta deb hisoblanganlar shuning uchun ham girih chiza olmagan
ustalarni yetuk usta deyishmagan.
Hozirgi vaqtda girihkor ustalarimizdan
biri Z. Bositxonovdir. U
300
ga yaqin ishlagan yangi girih naqshlari bilan
mamlakatimizda mashhurdir. Hozirda har bir binoni bezashda geometrik
naqshlar qo‗llab kelinmoqdalar.
Qadimda ustalar har xil qabariq sirtlarga girihlarni qanday moslab
ishlagani eng muhimi qanday metodlarda tuzilganligi bizgacha
noma‘lum. Buning sababi girih chizish metodikasi bo‗yicha maxsus
al‘bomlar va kitoblarni yo‗qligidir.
Shuning uchun ham maktabdagi xalq amaliy sa‘nati to‗garaklarida,
maxsus bilim yurtlarida va oliy o‗quv yurtlarida bu naqsh turini
chizishning qonun-qoidalarini yaxshi o‗rgatishimiz lozim bo‗ladi. Shu
singari me‘morlar xalq amaliy sa‘nati ustalari va o‗qtuvchilar, to‗garak
rahbarlari ham girih chizish geometriyasini chuqur o‗rganishda ma‘lum
qiyinchiliklarga uchramoqdalar. Shuning uchun biz sizlar bilan yangi
girihlarni hosil qilishning ba‘zi yo‗llari haqida qisqacha to‗xtalib o‗tamiz:
Girih kompozitsiyalar tuzilishi va bajarilishi qarab o‗simliksimon
naqshlardan tubdan farq qiladi. O‗simliksimon naqshlar barg, gul, novda
va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklidir.
Geometrik naqsh esa tabiyatdagi barg, gul va boshqa narsalarni umumiy
shakli olinib geometrik shakliga keltirilganligidir.
Girih nashqlari ham o‗z elementlariga ega. Geometrik naqsh elementlari
to‗rt qismdan uchburchaklar, to‗rtburchaklar, ko‗pburchaklar va egri
chiziqlardan tashkil topadi. Shu girih elementlari yordamida minglab
naqshlar yasash mumkin. Girih ham naqsh turlari singari taqsim deb
ataladigan juda oddiy yoki murakkab bo‗lgan elementlardan tashkil
topadi. Shu taqsimlarning takrorlanishidan tugal naqsh kompozisiyasi
hosil qilinadi.
Geometrik naqsh kompozisiyalarini tuzishning o‗ziga xos turli
uslublari mavjud bo‗lib, girih naqshini chizishning ba‘zi bir tomonlarini
ko‗rib chiqamiz. Yangi girih kompozisiyalarnii tuzishning quyidagi
usullari bor.
1.Girih elementlarini kombinatsiyasi asosida naqsh kompozitsiyasi
hosil qilish:
a) to‗rtburchaklar kombinatsiyasi asosida,
b) uchburchaklarning kombinatsiyasi asosida,
v) muntazam ko‗pburchaklarning kombinatsiyasi asosida,
48
g) egri chiziqlar kombinatsiyasi asosida.
2. Girih elementlarini ba‘zi tomonlarini davom ettirish bilan:
3. Kompozitsiyaga ba‘zi elementlarni qo‗shish bilan.
4. Kompozitsiyadagi naqsh elementlarining ba‘zi tomonlarini qo‗shish
bilan.
5. Ikki xil girih elementlarini biriktirib.
6. Ba‘zi girih kompozitsiyasidagi ayrim bo‗laklarni olib tashlash
natijasida.
7. Girih kompozitsiyalarini bir necha mustaqil kompozisiyalarga
ajratish.
8. Turli to‗r chiziqlar yordamida har xil kompozitsiyalar tuzish va
hokozalar.
Girihlar to‗rsimon va yulduzsimon bo‗lib yulduz qirralarining soni
bilan xarakterlanadi. Gulli girih murakkab naqsh turi bo‗lib, islimi va
girih tarkibiy qismlarining qo‗shib ishlashdan hosil bo‗lgan naqshdir.
Girih tuzilish kompozitsiyasi bilan o‗ziga xos mazmunga ega bo‗lib,
qaysi elementlardan tuzilishiga qarab nomlar bilan ataladi. Agar girih 5
qirrali yulduzdan iborat bo‗lsa, besh raxli girih deb yuritiladi. Xuddi
shunday shu shaklning qirralari sonining o‗zgarishi bilan girih 5 va 6
qirrali yulduzsimon elamentlardan iborat bo‗lsa, uni besh-olti raxli girih
deb ataladi. Agar 6 va 10 qirrali yulduzsimon elamentlardan iborat
bo‗lsa, oltiyu-o‗n raxli girih deb nomlanadi. Agar 5, 8 va 12 qirrali
yulduzsimon elementlardan iborat bo‗lsa, besh-sakkiz-o‗n ikki raxli
girihlar deb nomlanadi va hakozo.
Mamlakatimizda talantli qo‗li gul xalq amaliy san‘at ustalari
Maxmud Usmonov, Zokir Bositxonov, Anvar Ilhomov, Komiljon
Karimov, Umar Toxirov, Ziyovuddin Yusupov, Hayotilla Abdullaev va
boshqalarning zamonoviy muhtasham binolarni bezatishda qo‗llagan
girihlari o‗zining soddaligi, original va mukammalligi bilan ajralib turadi.
Hozirgi zamonaviy binolarda girihning bunday namunalarini Go‗zal
kafesi, Guliston restorani, O‗zbekiston kamolat yoshlar ijtimoiy harakati
binosida, sirk binosida, tarix muzeyida, O‗zbekiston mehmonxonasida va
boshqa joylarda ko‗rish mumkin. Bu naqshu-nigorlar binolarga ko‗rk
bag‗ishlab turibdi.
Naqsh chizish uchun sifatli rasm daftari, albom va oq vatman
qog‗ozi, yumshoq va o‗rta yumshoqlikdagi qora qalamlar, yumshoq
o‗chirg‗ichlar, uchburchakli yoki to‗g‗ri chiziqli chizg‗ich va sirtkul
kerak bo‗ladi. Chizilgan naqshni bo‗yash uchun esa birdan o‗ngacha
nomerli mo‗yqalam, quruq bo‗yoq, guash, akvarel, emulsiyali, mineral
49
tempera kabi bo‗yoq turlari, bo‗yoq tayyorlash uchun idishchalar va
aralashtirish uchun esa tayoqchalar zarur bo‗ladi.
Jahon xalqlari san‘atida ham girih naqsh namunalari qadimdan
qo‗llanilib kelingan, ayniqsa O‗rta Osiyo xalqlarining amaliy bezak
san‘ati , me‘morchilik va kitobat san‘atida kеng rivoj topgan.
Samarqand shahridagi me‘morchilik ansambillari Go‗ri Amir,
Shohizinda maqbarasi, Ulug‗bek Shеrdor va Tillakori madrasalari.
Buxorodagi Ismoil Samoniylar maqbarasi, Kalon minorasi Mir Arab,
Ulug‗bek, Devonbegi madrasalari, Xivadagi Islomxo‗ja minorasi,
Toshkentdagi Ko‗kaldosh madrasasi kabi ko‗plab tarixiy obidalarning
me'moriy bezaklari ajoyib girih naqshlari bilan bezatilgan.
Bu kabi madaniy va ma'naviy mеrosimiz namunalari bo‗lmish
muhtasham binolarning g‗isht tеrish, koshinpazlik, xattotlik, naqqoshlik,
ganch va yog‗och o‗ymakorliklari hunarlariga oid bezak namunalarida,
girih naqshlarining oddiy, murakkab, zanjira, panjara kabi behisob
turlarini uchratish mumkin.
Girih naqshlarining turlicha bandlardan iborat yo‗l ko‗rinishlari bor
bo‗lib, simmеtrik joylashgan bo‗laklarga ega bo‗ladi. Girihlar ma'lum
tartib va qoidalar bilan hisob xandasa hamda chizmachilik fanlariga
asoslanib chiziladi. Girih naqshlarni yеchimlari va ularning yangi
nusxalarini tuzish usullari qadimda yozma adabiyotlarda kam yoritilgan.
Aniqrog‗i girih naqshlarini tuzish murakkabligi sababli nusxalar olish
orqali chizib kеlingan. Girih naqshlarini tuzuvchi ustalarni girihkor, katta
ustalar deb atashgan.
Xalq ustalaridan usta Abdulla Boltaеv, Toshpo‗lat Arislonqulov va
ularning shogirdlari o‗z ijodiy izlanishlari natijasida gеomеtrik
naqshlarning ko‗plab nusxalarini yaratishga erishganlar.
Gеomеtrik naqshlarning yakka, qo‗sh va bir necha yo‗lli ko‗rinishlari
mavjud bo‗lib, shakl bo‗laklari simmеtrik joylashuvchi taqsim –
rapportlarga ega.
Girih naqshlari panjara – to‗siq dеgan ma'noni ham anglatadi. Xalq
amaliy san‘atida geomеtrik naqshlar naqqoshlikdagi singari ganch va
yog‗och o‗ymakorligi hunarlarida ham o‗ziga xos ravishda ishlanadi.
Tarixiy obidalarda asosan oyna to‗siqlari, xonalarning havosini
o‗zgartirishga mo‗ljallangan eshiklar tepasidagi tuynuklar (tobadonlar)
ganch va yog‗och o‗ymakorligi usullarida bajarilgan. Xona issiqligini
saqlash maqsadida, qish kunlari panjarali to‗siq yuzalariga shaffof
qog‗ozlari yopishtirilgan
50
Yog‗och o‗ymakorlikda panjara to‗siqlari asosan mix va yеlim
ishlatilmay pishiq va puxta bajarilgan. Panjara shaklidagi sodda girihlar
to‗r kataklaridan iborat chiziqlar yordamida oson chiziladi. Panjara
shaklidagi girihlarning behisob turlari mavjuddir. Panjara girihlari yakka
band chiziqlar yordamida chizilib, shu chiziqlar bo‗yicha qo‗sh bandli
ko‗rinishlari hosil qilinadi. Bunda, girih naqshlarining chiziq yo‗llarini
o‗ng va chap tomonlariga parallel chiziqlar chiziladi. So‗ngra, yakka
bandli o‗rtadagi yordamchi chiziqlar o‗chirib tashlanadi.
Girih shakllarini ko‗p bandli ko‗rinishlarda chizishda ularning ichki
yoki tashqi tomonlariga chizib qo‗shilgan chiziqlar naqshning bog‗lanishi
va muvozanatini buzadi. Panjara va boshqa girih naqshlarining o‗zaro
kesishgan joylari savat to‗qish qoidasi kabi tuzilib, chiziladi. Gеomеtrik
naqsh elеmеntlari oddiy aylana uchburchak, to‗rtburchak, ko‗pburchak va
egri chiziqlarning o‗zaro tutashuvlaridan hosil bo‗ladi.
Bu elеmеntlarni kompozitsion joylashtirish orqali istalgancha yangi
girihlar tuziladi Geomеtrik naqshlarni ham islimiy naqshlar singari
ma'lum bo‗lak-taqsimlar yordamida chizib ko‗paytiriladi.
Chigal tugun ma‘nosini anglatuvchi gеomеtrik naqshlarning
yеchimlarini topish va yangi usullarini yaratish ishlari tinimsiz davom
etib kelmoqda.
Girih naqshlari zamonaviy inshoatlarimizni ham ko‗rkiga ko‗rk
bag‗ishlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |