Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
NAQQOSHLIK

Pardoz berishga misollar. 

 
24-rasm 
 
Tayanch iboralar. 
Rang gammasi,
obi tortish,
targ‗il,
yedirma pardoz,
kompozitsiya.
 
Mustahkamlash uchun savollar 
1. Rangshunoslik texnologiyasidan foydalanish usullarini aytib bering? 
2. Rang turlari, ularning o‗ziga xos xususiyatlari aytib bering?
3. Bo‗yoqlar tayyorlash texnologiyasi qanday usullarda olib boriladi ? 
4. Naqshlarni pardozlash turlarini sanab bering?
 
Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar.
Naqsh namunalarining zaminini bo‗yash, naqsh elementlarga tanlangan 
rangni berish tugagandan so‗ng pardoz beriladi. Pardozlarni o‗rganish 
mashqini bajarish uchun barmoqlar matorikasi rivojlangan bo‗lishi lozim.
Qanchalik barmoqlar mo‗yqalamni mo‗ljaldagidek chiziqlar ustidan 
yurg‗ishishni nafis qilib bajarishi ishni samarali bo‗lishida muhimdir.


70 
2.4. Turli shakl yuzalariga naqsh kompozitsiyasi chizish. 

Turmushda foydalaniladigan har bir buyum o‗ziga xos geometrik 
shakllardan tarkib topgan shunga ko‗ra naqsh kompozitsiyalar ham 
ma‘lum bir shakl ichida tuziladi. Shuning uchun ham biz dastlabki o‗quv 
mashg‗ulotlarida geometrik shakllar yuzasiga soddaroq ko‗rinishga ega 
bo‗lgan naqsh kompozitsiyalar chizishni mashq qilishdan boshlaymiz.
Ular yo‗l ichida, kvadrat, uchburchak, doira va ko‗pburchaklar ichida 
naqsh kompozitsiya tuzish kabi mavzularda bajariladi. Buning uchun 
chizg‗ich, sirkul va boshqa jihozlarni yaxshi ishlata olish malakasiga ega 
bo‗lish lozim. Chunki naqshlarning aksariyati yordamchi chiziqlar 
asosida tuziladi. 
Yo‗l ichidagi 
naqshlar odatda davom etuvchi hoshiya naqshi hisoblanadi. 
Bu naqshni chizish uchun avval tanlangan o‗lchamdagi yo‗l, to‗g‗ri 
to‗tburchak chizib olinadi naqshni davom etishi rejalashtrilib taqsimlarga 
ajratilib naqsh chiziladi.
Kvadrat 
o‗lcham asosida
 
chizib olinadi va naqshni joylashishiga qarab 
bo‗laklarga bo‗linadi, kvadrat ichidagi naqshlar tugallangan bo‗ladi, 
chunki naqsh ana shunday o‗lchamdagi yuzalarga moslab eskiz qilinadi.

Uchburchak 
naqshi ham boshqa naqshlar singari yuzaga mo‗ljallab
 
tuziladi, agar yo‗l naqshiga ulanishi lozim bo‗lsa burchakdagi naqsh unga 
o‗xshash elementlar va shakllardan iborat bo‗lishi kerak aks holda mos 
kelmaydi.
Doira ichidagi 
naqsh ko‗p hollarda yuzalarning o‗rtasiga moslab 
chiziladi. Aylana kerakli o‗lchamdagi diametrda chizib olinadi va uning 
yuzasiga naqsh kompozitsiya qilish uchun yuqoridagi kabi taqsimlar 
bo‗ylab naqsh chiziladi. Dastlabki mashqlarni oddiy naqsh elementlaridan 
tashkil topgan naqsh kompozitsiyani chizishdan boshlash tavsiya etiladi.
 
Har bir shakl ichida chizilayotgan naqshlarning simmetrik holati
saqlanishi qo‗llaniladigan elementlarning shaklga mosligi, ularni bir 
me‘yorda o‗sib borishi va o‗zaro bog‗lanishi hisobga olinishi muhimdir. 
Naqshlarning asosiy chegarasi uni bog‗lab turuvchi shakl chiziqlarining 
turli fugurali bo‗lishi kompozitsiyalarning rang barangligini oshiradi va 
ularni yuzalarga moslash uchun qulaylik tug‗diradi. Yuzalarga qarab 
naqsh tanlanadi va kompozitsiya eskizi bajariladi. Dastlab eskizlarga rang
gammalari tanlanib bo‗yoqlar sinab ko‗riladi.


71 

25 -rasm Turli shakllar ichiga naqsh chizish mashqlari 
 
Naqshlar bundan oldingi mashg ‗ulotlarda o‗rgangan barg, gul, novda 
kabi elementlardan shaklga mos qilib chiziladi.Yuqorida bir qismi toliq 
ishlangan bir qismi esa boshlang‗ich ko‗rinishdagi turli shakllar yuzasiga 
naqsh chizish bosqichi keltirlgan. Namuna sifatida ranglash, pardoz 
berish obi tortish kabi amallarni bajarishni o‗zlashtirish mumkin. 


72 
 
 
26-rasm 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin