26
tekshirib, bilib turish uchun bir bo‗lak qog‗ozga tayyorlangan
aralashmani surtib aniqlab, so‗ng qo‗llansa maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Guash bo‗yog‗ida juda ko‗plab qadimgi musavvirlar ham o‗zining
nomdor asarlarini yaratishda foydalanganliklari bizga ma‘lum. Ularning
rangtasvirdagi ajoyib-ajoyib natyurmort, manzara, teatr bezaklari, portret,
plakatlari jahon tasviriy san‘ati xazinasidan o‗rin olgan.
Ammo shunisi borki bu nozik saqlanishi ancha qiyin bo‗lgan
ishlarning
ayrimlari, ayniqsa quyuq qilib ishlanganlarining bo‗yoqlari
o‗chib, to‗kilib ta‘mir talab bo‗lib qolganligi sir emas. Guash bo‗yog‗ida
tasvirlarni bajarganda iloji boricha har bir rang tusi uchun alohida-alohida
mo‗yqalam tutgan ma‘qul. Shunda ranglarni tiniq va toza, jozibali
chiqishiga erishiladi. Guash ham suvda eriydigan bo‗yoq bo‗lib, uning
asosiy tarkibiy bog‗lovchi moddasi dekstrin va gliserindir. Guashlar bilan
bo‗yalgan sirtlar qurigach rangi biroz ochlashadi va jilosiz baxmalsimon
tusga kiradi. Guash bo‗yoqlar shisha, tunuka va plastmassa idishlarda
kichkina plastmassa idishchalarda nabor holida (6,12,24,44 xil) va
pastasimon bo‗ladi. Guash bo‗yoqlari bilan barcha naqsh kompozitsiya
zaminlarini bo‗yashda va ularga pardozlar berishda keng foydalaniladi.
Akvarel
bilan ishlash usullarining murakkablashuvi, takomillashuvi
uning turlarini ko‗payishiga va xilma-xillashuviga olib keladi.
Hozir
akvarelning bir qancha turlari mavjud. Chunonchi, qattiq, yumshoq va
xamirsimon akvarellar bog‗lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni
bo‗yoq rangini o‗zgartirmaydigan, qog‗ozga surtilganda yuzaga tekis
yotadiganlaridan foydalaniladi. Bog‗lovchi moddalar asosan, gumiarabik,
olcha, olxo‗ri va boshqa daraxtlarning shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt
shirasidan masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma
tayyorlanadi. Akvarel tayyorlashda qo‗llanilgan bo‗yoq kukunlari tabiiy
yoki sun‘iy kukunlar bo‗lishi mumkin.
Ayrimlari o‗simliklar yoki hayvonda
uchraydigan pigmentlardan
(masalan, jigarrang, karmili bo‗yoqlardan) tayyorlanadi. Bo‗yoq
kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularni tiniqligiga, bir-birlari bilan
yaxshi aralashishiga e‘tibor berish lozim. Masalan, quydagi bo‗yoq
kukunlaridan foydalanish tavsiya etiladi: Sariq kukunlar: tabiiy jigarrang,
sariq mars, zarg‗aldoq mars va hokazo.
Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi.
Binafsha: binafsha tusdagi kukun.
Yashil kukunlar: zumrat rang, yashil rangli loklar.
Zangori: zangori loklar.
27
Jigarrangli kukunlar: kuydirilgan jigarrang, jigarrang mars, qora
kukunlar uzumdan olinadi. Akvarel tayyorlash uchun bo‗yoq moddasi
tayyor emulsiyaga aralashtiriladi. Agarda sinash uchun olingan bo‗yoq
suvda
yaxshi erisa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor
bo‗lgan hisoblanadi.
Naqqoshlikda badiiy bezash ishlarida eng ko‗p ishlatiladigan
materiallar har xil rangli (suvli va moyli) bo‗yoqlardir. Ulardan qog‗ozga,
taxtaga, fanerga, temir va tunukaga, devorga, matoga va hakazolarga
yozish hamda tasvirlar tushirishda foydalaniladi.
Akvarel bo‗yoqlari yelimli bo‗yoqlar turkumiga kirib, uni suv bilan
eritib ishlatiladi. Akvarel bo‗yoqlar tarkibida bog‗lovchi modda bo‗lib, u
suvda oson eriydigan gummiarabik va dekstrindir. Bu modda akvarel
bo‗yoqlarning plastikligini ta‘minlaydi.
4
Akvarel bo‗yoqlardagi ranglar tipikligi
va yorqinligi bilan ajralib
turadi. Akvarel bo‗yoqlar tush, guash va boshqa bo‗yoqlar bilan yaxshi
qorishadi. Akvarel bo‗yoqlarni asosan Rossiyada badiiy bo‗yoqlar zavodi
ishlab chiqaradi. Ular «Neva», «Malyutka» deb va boshqa nomlarda,
yarim quruq holatda plastmassa va qog‗oz qutichalarda hamda yarim
suyuq holatda tyubiklarda bo‗ladi.
a. Akvarel bo‗yog‗i
Akvarel bilan ishlash usullarining murakkablashuvi, takomillashuvi
uning turlarini ko‗payishiga va xilma – xillashuviga olib keldi. Hozir
akvarelning bir qancha turlari mavjud.
Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon holdagi akvarellar. Bu
bo‗yoqlar badiiy bilim yurtlarida, ayniqsa amaliy va dekorativ san‘at
o‗quv yurtlarida kompozisiyalar, eskizlar tuzishda qo‗llaniladi.
Akvarel bo‗yoqlari ikki qismdan: bog‗lovchi element hamda bo‗yoq
kukunidan tarkib topadi.
4
.Bulatov S. S. O‗zbеk xalq amaliy bеzak san‘ati. Toshkеnt. Mеhnat, 1991 yil 179 b.
28
Bog‗lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo‗yoq
rangini o‗zgartirmaydigan, qog‗ozga surtilganda
tekis yotadiganlaridan
foydalanadi.
Bog‗lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha, olxo‗ri va boshqa
daraxtlarning shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt shirasidan, masalan, olcha
shirasidan juda osonlik bilan eritma tayorlanadi. Shuningdek, bo‗yoqning
tez qotib qolmasligi, pishiqligini va suvda eruvchanligini oshirish uchun
unga asal, glisirin, dekstrinlar qo‗shiladi.
Bog‗lovchi modda tayyorlanayotganda har bir element ko‗rsatilgan
miqdorda olinishi lozim. Har bir akvarel uchun bog‗lovchi emulsiya turli
miqdorda tayyorlanadi. Taxtacha ko‗rinishdagi akvarel uchun emulsiya
shiraning dekstrining suvdagi eritmasi meva shakari, qoramol o‗tidan
tayyorlanadigan aralashmadan iborat bo‗ladi. Dastavval shiraning hamda
dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi. Meva shakari suv bilan
aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil eritma
birgalikda to‗xtovsiz aralashtiriladi. Hamda unga o‗tdan tayyorlangan
aralashma va fenaldan keraklicha tomiziladi.
Chinni idishlardagi
yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda esa yuqoridagi moddalar
ko‗proq miqdorda oshirilib meva shakari o‗rniga asalari mumi va glitsirin
qo‗shiladi. Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog‗lovchi
elementining ko‗pchilik qismini asal tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: