Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
NAQQOSHLIK

-
 rasm 
 
1
Bulatov S. S. O‗zbеk xalq amaliy bеzak san‘ati. Toshkеnt. ―Mеhnat‖ 1991 y. 150 b.


16 
Tayanch iboralar: 
madrasa, maqbara, masjid, interyer,
 
ansambl,
gumbaz, koshin, namoyon,
girih va o‗simliksimon, gulli girih naqshi,
 
 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Toshkent shahridagi tarixiy obidalar haqida ma‘lumot bering? 
2. 
Toshkent naqqoshlik maktabiustalarining ish uslubi jihatlari qanday?
 
3.
Farg‗ona shahridagi tarixiy obidalar haqida ma‘lumot bering? 
4.
Farg‗ona naqqoshlik maktabiga xos naqsh kompozitsiyalar ko‗rinishi 
qanday ?
 
5.
Samarqand shahridagi tarixiy obidalar haqida ma‘lumot bering? 
6. Samarqand memorchiligi bezaklari haqida tushuncha bering? 
7.
Buxoro shahridagi tarixiy obidalar haqida ma‘lumot bering? 
8.
Buxoro naqqoshlari ishlaridan namunalar keltiring? 
9.
Xiva shahridagi tarixiy obidalar haqida ma‘lumot bering? 
10.
Xiva naqshlarining belgilari qanday?
 
1.3. Hunarmandchilik odobi tarixi, “ ustoz-shogird” an‟analari.
―Ustoz - shogird‖ an‘anasining ma‘naviy asoslari
O‗zbek xalqining an‘analari va ularning o‗ziga xos tomonlari ― Uztoz 
– shogird‖ an‘anasidir.
Allomalarimizning ustoz – shogird an‘analariga falsafiy qarashlari, ― 
Uztoz – shogird‖ odobi va tarkibiy asoslari, ustozning shaxsiy fazilatlari, 
shogirdning odobi burchi va vazifalari, shogirdning eng yaxshi fazilatlari, 
shogirdlarning bir-biriga munosabatlari odobi, ta‘lim-tarbiyada ― Ustoz-
shogird odobi ― an‘analarini kadrlar tayyorlashda, ta‘lim tizimida va 
jamoat orasida foydalanish modeli. 
 
― Ustozning shaxsiy fazilatlari‖ 
Ustozning shaxsiy fazilatlari: saxiylik odoblilik, mehr- muruvatlilik, 
marhamatlilik , ochiq yuzlilik, shirin muomalalik, sabr – toqatlilik, 
talabchanlik, iffatlilik, itoatlilik, qanoatlilik, to‗g‗ri so‗zlilik, poklik, 
muloyimlilik, rostgo‗ylik o‗rtoqlik, do‗stlik, hamkorlik, hamjihatlilik, 
sadoqatlilik 
vatanparvarlik, 
insonparvarlk, 
samimiylik, 
ozodalik, 
pokizalik, ziyraklik, tashabbuskorlik, insoflilik, or-nomuslilik, andishalik, 
kattalarni hurmat qilish, ota- onani hurmat qilish, mehr shafqatli bo‗lish 
boshqalar.
 


17 
― Ustozning kasbiy fazilatlari ― 
Ustozning ksbiy fazilatlari: oson yo‗l bilan murakkab bilimlarni 
shogirdlarga o‗rgata olishi ( o‗quvchanlik), barcha hunar va fan turlari 
yuzasidan muayyan bilimga ega bo‗lish, qisqa daqiqalarda shogirdlarni 
uyushtira olish va boshqarish iste‘dodi, ixcham va ma‘noli ohangdor, 
muayyan ritm, surat, chastotaga ega bo‗lgan nutq, o‗zining shaxsiy 
xususiyati, bilimdonligi, aql- farosatliligi, mustahkam irodasi bilan o‗bro‗ 
orttirishi, muomila va muloqat o‗rnata olishi, insoniy qiyofasi, harakatlari 
va qilgan ishlari asosida kelajagini oqilona tassavur qilishi, imon 
e‘tiqodga, faol hayotiy jarayonlarga yo‗naltirish qobiliyati, tashabbusga, 
ijodga ilhomlantira olishi, tadqiqotga, layoqatlilik, ya‘ni o‗z hunariga 
qiziqishi va uni yoshlarga sidqi dilidan o‗rgata olishi, sohasi bo‗yicha 
o‗zidan keyin sodiq shogirdlar qoldirishi va boshqalar kiradi.
― Shogirdning odobi‖ 
O‗zining ishiga yaxshi munosabatda bo‗lish, ya‘ni o‗z kasbini sevish; 
O‗z ishiga e‘tiqod qo‗yish va unga ishonish; 
Me‘yorni saqlay bilish; 
Ustozlar ehtiromini ado etib yurish; 
Ko‗rish lozim bo‗lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; 
Barcha noloyiq ishlardan qo‗l tortish;
Ustozga zid bo‗lgan kishilar bilan muomila qilmaslik; 
―Shogirdning ustoz oldidagi burchi va vazifalari‖ 
Ustozga itoatli bo‗lish; 
Ustoz an‘analarini davom ettirish; 
Ustozga taqlid qilish; 
Sabr – toqatli bo‗lish; 
Ustozga sadoqatli bo‗lish
Irodali bo‗lish;
Ustozning yuzini yerga qaratmaslik, aksincha uning obro‗sini ko‗tarish; 
Ustozning sha‘niga iliq so‗zlar aytish ; 
Ustozning dushmanlari bilan do‗st bo‗lmaslik; 
Ustozning oila a‘zolarini hurmat qilish; 
Ustozning ruxsatisiz hech narsaga qo‗l tegizmaslik; 
Birovning narsasiga ko‗z olaytirmaslik; 
Ustozga cheksiz hurmat bilan munosabatda bo‗lish. 
―Shogirdning eng yaxshi fazilatlari‖
Ustozning oldida o‗ylab, kam gapirish; 
Agar maslahat so‗ramoqchi bo‗lsa, oldin ustozdan ijozat olish; 


18 
Ustoz javob aytganda e‘tiroz etmaslik;
Ustoz qabuliga kirganda yoki ustozni ko‗rganda birinchi bo‗lib salom 
berish; 
Boshqalarni g‗iybat etmaslik; 
Ustoz oldida boshqalarni g‗iybat qilmaslik; 
O‗tirib - turish odobini to‗liq saqlash; 
― Shogirdlarning bir – biriga munosabatlari odobi‖ 
O‗zaro samimiy munosabatlarda bo‗lish; 
Intizomli bo‗lish; 
Bir – birini aybini uning o‗ziga aytish boshqalarga oshkora qilmaslik; 
Erinchoq va yalqov bo‗lmaslik; 
Omonatga xiyonat qilmaslik, ziyon – zahmat etkazmaslik; 
Munofiq va riyokor bo‗lmaslik, adovat, hasad, g‗iybat, ig‗vo qilmaslik, 
yolg‗on so‗zlamaslik; 
Bir - biriga yordam berish; 
Befarq, loqayd bo‗lmaslik; 
Do‗stning muvaffaqiyatidan quvonish.
2

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin