Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
NAQQOSHLIK

Bo‘yoq turlari.
Naqshlarni bo‗yashda moyli tempеra va asosan suvli bo‗yoqlardan 
kеng foydalaniladi. Suvli bo‗yoqlarga guash, akvarel, emulsiya, kukun 
holidagi quruq bo‗yoqlar kiradi. Naqqoshlikda eng ko‗p ishlatiladigan oq 
rang tusi bo‗lib, u boshqa bo‗yoq turlari bilan aralashtirilib ishlatiladi.
Tempera
– ushbu atama ital‘yan tilidan olingan bo‗lib bo‗yoq 
qorishtirish ma‘nosini anglatadi, tempera suv bilan eritilib ishlatiladi. U 
ko‗proq binolarning bezagida hamda rangtasvir ishlarida keng 
qo‗llaniladi. Tarkibida maxsus moddalar bo‗lganligi sababli quyosh va 
yorug‗lik ta‘sirida o‗z rangini o‗zgartirmaydi, uzoq vaqt o‗z tusini saqlab 
qoladi. 
Tempera ko‗p asrlardan beri dastgohli rangtasvir uchun asosiy 
material bo‗lib xizmat qilib kelmoqda. Yevropa davlatlarida moybo‗yoqli 
rangtasvir o‗z mavqeyiga ega bo‗lgunga qadar tempera dastgohli 
rangtasvir uchun yagona material bo‗lib kelgan. Tempera so‗zi lotincha 
bo‗lib ―
temperare
‖- aralashtirish ma‘nosini anglatadi.
Emulsiya tashkil qiluvchi moddalarga qarab tempera quyidagi turlarga 
bo‗linadi: tuxumli, kazenli, moyli, polivinisetatli va boshqalar. 
Temperaning alohida turlari bir –biridan nafaqat o‗z tarkibidagi 
bog‗lovchisi – emulsiyasi bilan farqlanadi, balki rangtasvir material 
sifatida o‗ziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. 
Tuxumli 
tempera- 
uyg‗onish davrida keng tarqalgan edi. Temperaning bunday turi 
moybo‗yoqli rangtasvir takomillashgandan keyin ham uzoq muddat 
qo‗llanilgan.
13

rasm Tempera bo‗yog‗i

Temperaning bu turi Rossiyaga Vizantiya orqali kirib kelgan. 
Tuxumli temperaning bir necha turi mavjud: yaxlit tuxumli, oqsilli, eng 
ko‗p tarqalgani, esa tuxum moyi, litsetin, mineral moddalar va 
boshqalardan iborat. O‗ziga xos puxta chidamliligi bilan moy, lok va suv 


25 
bilan qorishmalarida sifatli emulsiya hosil qiladi. Tuxum sarig‗i 
tarkibidagi oliinli, palmetinli, steriatinli kislotalar bo‗yoq tayyorlashda 
bog‗lovchi sifatida muhim rol o‗ynaydi. 

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin