alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin,
asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar
bo’ladi. Efir moyi tarkibida 1-4% gacha xamazulen (asosiy qismi,
efir moyini olish
vaqtida proxamazulendan hosil bo’ladi), tuyon, kamfora, borneol, karioffillen, 10%
gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor [4]. O’simlikning mineral
tarkibi esa quyidagi jadvalda batafsil berilgan
1-jadval
Oddiy bo’ymodaron (
Achillea Millefolium L.) o’simligining Mineral tarkibi
Makro va
mikroelementlar nomi
100 g yashil massadagi
elementlarning tarkibiy
miqdori (mg)
Rux
Zn
3,48
Qo’rg’oshin
Pb
0,01
Magniy
Mg
116,00
Natriy
Na
80,09
Temir
Fe
8,20
Mis
Cu
155,33
Kaliy
K
1618,00
Kalsiy
Ca
606,00
Kadmiy
Cd
0,01
Nikel
Ni
1,07
Yuqoridagi jadvalda ko’rib turganingizdek o’simlik
tarkibida miqdor jihatidan
kaliy, kalsiy, mis va magniy nisbatan yuqori hisoblanadi. Inson tanasida mineral
elementlarning roli juda xilma-xildir. Ular organlar va to'qimalarning tarkibiy
qismlari, hujayra va to'qima suyuqliklarining bir qismi, shuningdek fermentlar,
mushaklarning qisqarishining
molekulyar mexanizmida, asab impulslarining
uzatilishida qatnashadi [3].
Bo’ymodorondan tayyorlangan mahsulotlarning dorivor preparatlari me’da-
ichak (me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatining yallig’lanishi) kasalliklarini
davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va
gemmoroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to’xtatish
uchun ishlatiladi.
Ibn Sino bo’ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani
shamollaganda, bosh og’rig’ida,
bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa
kasalliklarda tavsiya qilgan. Xalq tabobatida o’simlikning yer ustki qismidan
tayyorlangan damlama yoki qaynatma turli qon oqishlarda (qon tupurish, qon aralash
ich ketish, bavosil kasalliklarida) qon to’xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori
sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og’rig’ini qoldiruvchi, siydik haydovchi
vosita sifatida hamda o’pka sili va meda- ichak kasalliklarini davolashda
foydalaniladi. Bo’ymodaron gulining
kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi.
Tibbiyotda bo’ymodaron o’simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
28
www.openscience.uz
suyuq ekstrakt me’da-ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, qon
oqishini to’xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Bo’ymodaron o’simligini o’stirish texnoligiyasi ham juda oddiy uni
mamlakatimizning barcha sug’oriladigan tuproqlarida (sho’r yerlardan tashqari) ekib
o’stirish mumkin. Ayniqsa sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda ekilsa yaxshi o’sadi
va rivojlanadi. Undan mo’l hosil yig’ib olish mumkin bo’ladi.
Ko’p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yovvoyi holda o’sadigan
bo’ymodaron o’simligiga nisbatan, ekib o’stiriladiganlari tarkibida biologik faol
moddalar ko’proq to’planadi va xomashyosini vaqtida yig’ib olinadi. Undan tashqari
ularning
ayrim noyob, kamayib ketayotgan turlarini ko’paytirish imkoniyati paydo
bo’ladi. Bo’ymodaron ekiladigan yerlarni kuzda organik va mineral o’g’itlar bilan
oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan haydab qo’yiladi. Bo’modaron ko’p
yillik o’simlik bo’lgani uchun uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
O’simlikni urug’idan va vegetativ yo’l bilan ham ko’paytiriladi. Ekish davrida eng
saralangan urug’lardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: