Alisher Navoiy
Nizomiddin Mir Alisher
Taxallus:
Navoiy, Foniy
Tavallud sanasi:
9
fevral
,
1441
Vafot sanasi:
3 yanvar
,
1501
Kasb:
Vazir
Yo`nalish:
Nazm
Janr:
G’azal
Magnum opus:
«Hamsa»
(1989)
Alisher Navoiy
(
1441
,
9 fevral
-
1501
,
3 yanvar
) ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi
bo‘lgan. G‘arbda
chig‘atoy
adabiyotining
buyuk vakili deb qaraladi, sharqda
«nizomi millati va
d-din»
(din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.
Hayot yo‘li
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini
o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r
zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq
Farididdin Attorning
«Mantiqut-tayr»
asarini
yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga
yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Sayyid
Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon
Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar
sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti
va ijodida yangi bosqich
boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga
tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot
(safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta
hovuz qurdiradi. Husayn
Boyqaro Alisher Navoiyga
«muqarrabi hazrati sultoniy»
(
«sulton
hazratlarining eng yaqin kishisi»
) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha
ishlariga aralasha olardi.
Alisher Navoiy tarjimai holi o’z davrida Xondamir, Vosifiy,
Husayn Boyqaro, Bobur kabi
tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
O’zbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G’ulomov, I.Sulton. A.Zohidov,
V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G’anieva v.b. Navoiyning hayot yo’li haqida asarlar yaratishgan.