«Lisonut-tayr»da
borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson,
tabiat va hayot haqidagi
fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan
o’rganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda.
«Arbain»
,
«Munojot»
kabi
asarlari
chop etildi. Jomiyning
«Nafahotul-uns min hazarotil-quds»
tazkirasini tarjima qilib va to’ldirib,
so’z yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.
Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat.
Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-
ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir.
«Mahbubul-qulub»
(1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir
adibning
hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini
topgan. Uch qismdan iborat bu asarda
«Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati»
(1),
axloqiy muammolar (2),
«mutafarriqa favoyid va amsol surati»
(3) masalalari ifodalangan.
«Xamsatul-mutahayyirin»
(
«Besh hayrat»
,1494) asarida ustozi va do’sti
Abdurahmon Jomiy,
uning hayoti lavhalari, tariqati,
yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher»
(1488-89),
«Holoti Rahlavon Muhammad»
(1493) asarlari
manoqib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti,
faoliyati
yoritilgan.
«Munshaot»
(1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik
xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa
yo’nalishlardadir.
Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
Dostları ilə paylaş: