Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan she’rlari asosida
«Devoni
Foniy»
tuzilgan bo’lib, uning muqaddimasida
«Sittai zaruriya»
(
«Olti zarurat»
) va
«Fusuli
arbaa»
(
«To`rt fasl»
) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
«Sittai zaruriya»
to’plamidagi
qasidalar
«Ruhul-quds»
(
«Muqaddas ruh»
),
«Aynul-hayot»
(
«Hayot chashmasi»
),
«Tuhfatul-
afkor»
(
«Fikrlar tuhfasi»
),
«Qutul-qulub»
(
«Qalbdar g`izosi»
),
«Minhojun-najot»
(
«Qutilish
yo`li»
),
«Nasimul-xuld»
(
«Jannat nasimi»
) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy,
Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy
javob tarzida
yozilgan.
«Fusuli arbaa»da
Sulton Husayn Boyqaro madhidan so’ng
«Bahor»
,
«Saraton»
,
«Xazon»
(
«Kuz»
) va
«Day»
(
«Qish»
) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bag’ishlangan
«Mufradot»
(1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she’riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan
asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qit’a, tuyuq, ayrim hollarda g’azal
munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o’rgatish barobarida 121 ta misol
keltirdi. Navoiyning arab tilida
«Sab'atul-abhur»
(
«Yetti dengiz»
) nomli diniy-tasavvufiy ruhda
lug’at xarakteridagi asar yozgani ma’lum.
Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada
o’rganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev,
Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan o’rganilgan. Navoiy dahosi tufayli
insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat
ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda
Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi
eng yirik viloyatlardan
biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’RFA Til va adabiyot instituti, opera va
balet akademik teatri, O’zbekiston
Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa
yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi.
Dostları ilə paylaş: