Global tarmoq tuzilmasi. Umumiy holatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stantsiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilarga taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi. Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy ta’minot yordamida vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini ta’minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli hisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi.
Hisoblash tarmog’i tuzilmasining sinflari Abonent tizimining hududiy joylashuviga ko’ra hisoblash tarmog’ini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin:
1. Global tarmoqlar (WAN — Wide Area Network); - GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
2. Mintaqaviy tarmoqlar (MAN — Memropolitan Area Network);
3. Lokal tarmoqlar (LAN — Local — Area Network).
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
1.2 - rasm. Hisoblash tarmog’i tuzilmasining sinflari.
Kompyuter tarmog’ining tamoyillari Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyil — tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko’pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki m a’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl - server — bu serveming umumiy turi hisoblanadi. Shunisi qiziqki, fayl-serveming disk sig’imi odatdagi kompyuterlardan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina kompyuterlar foydalanadi. Chunki barcha kompyuterlardagi asosiy ma’lumotlar fayl-server diskida saqlanadi, shuning uchun bu kompyuter uzluksiz ishlaydi.