Janubiy Qizilqum tabiiy geografik rayoni Qizilqumning 420 shimoliy kenglikdan janubda joylashgan 2 ta qum massivi-Bo’zovboy va Yomonqum massivlarini o’z ichiga oladi. Bu 2 ta qum massivi o’rtasidagi chegara yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Yomonqum massivi shimolda Etimtog’ va Oltintog’ bilan, janubda esa Tomditog’ bilan o’ralgan bo’lib, mutlaq balandligi 150-200 m. Bo’zovboy massivi esa Yomonqumning G’arbi va janubi G’arbida joylashgan bo’lib, mutlaq balandligi 125-190-200 m. Bu ikki qum massivida chakalakqum relef shakllari keng tarqalgan. Ayrim yerlarida, ayniqsa Amudaryo o’ng soxili bo’ylab barxanlar uchraydi. Rayon okrugining qishi nisbatan iliq, yozi esa issiqroq va quruqroq bo’ladigan qismi hisoblanadi. Rayon hududida yiliga o’rta hisobda 70 mm yog’in tushadi. Bu O’zbekiston hududidagi eng kam ko’rsatkichdir. Rayonda Quyidagi 5 ta landshaft ajratilgan:
Oq saksovul o’suvchi Qizilqum tipidagi eol qumlar landshafti. Bu landshaft Yomonqum va Buzovboy qumliklarini o’z ichiga olib, rayon hududining 95 % ini egallaydi;
Mezo-kaynozoy negizli, sur-qo’ng’ir tuproqlarda shuvoq o’suvchi past tog’lar landshafti;
Efemer o’simliklari tarqalgan sur-qo’ng’ir tuproqli pliotsen-qadimgi To’rtlamchi davr platolari landshafti;
Qayir-allyuvial o’tloq-botkoq tuproqli qamishzorlar va To’qaylar bilan koplangan hozirgi zamon deltasi va undagi qayirlar landshafti;
Delta tekisliklari va undagi qayirlarning sug’oriladigan o’tloqi tuproqli madaniy landshafti.
Tomdi-quljuqtog’ tabiiy geografik rayoni okrugning janubi- sharqini egallab, Tomditog’, Ovminzatog’, Quljuqtog’ Qozoqtog’ va ular orasidagi prolyuvial tekisliklarni hamda botqoqlarni o’z ichiga oladi. Bu tog’liklar ichida eng balandi Tomditog’ bo’lib, uning Oqtog’ deb atalgan shimoliy qismida Qizilqumning eng baland nuqtasi (974 m) joylashgan. Tomditog’ning janubi-G’arbida joylashgan kenglik bo’ylab cho’zilgan Ovminza tog’ning eng baland nuqtasi 694 m ni, undan sharqda joylashgan Aristontog’niki 698 m ni, rayonning janubida kenglik bo’ylab 70 km ga cho’zilgan Quljuqtog’niki 785m ni tashkil etadi. Rayonning iqlim ko’rsatkichlari Janubiy Qizilqum tabiiy geografik rayonidagiga o’xshash bo’lib, qishi o’nga nisbatan biroz iliqroq. Rayon hududi quyidagi landshaftlar ajratiladi:
Paleozoy fundamentli, shuvoq o’suvchi sur-qo’ng’ir tuproqli past tog’lar landshafti;
Shuvoqli, sur-qo’ng’ir tuproqli tog’ oldi prolyuvial tekisliklar landshafti. Rayon hududining 70 % ini egallaydi;
Mezo-kaynozoy negizli, sarsazanli sho’rxoqlardan iborat berk botiqlar landshafti (koraota botg’i uchun xos). Uzoq kelajakda Qizilqumdagi qoldiq tog’lar etaklaridagi prolyuvial tekisliklarni sug’orib ekin ekishga o’zlashtirish mumkin. Bu yerlarda tarqalgan sur-qo’ng’ir, taqirsimon, qumloq tuproqlar yuza qismi muayyan chuqurlikka kadar sho’rsiz (osti esa kuchli sho’rlangan). Bu yerlarda grunt suvlari mineralizatsiyasi 1-3 g/l dan 3-10 g/l gacha boradi, bu suvlar 2-5 m dan to 10-20 m gacha chuqurlikda joylashgan.