Tayanch iboralar


Tarmoqli ma’lumotlar modeli



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə5/6
tarix05.03.2022
ölçüsü142,5 Kb.
#53409
1   2   3   4   5   6
ma`lumotlar bazasi

Tarmoqli ma’lumotlar modeli.Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo`lsa, bunday bog`lanishlarni ierarxik strukturalar bilan tavsiflab bo`lmaydi.

Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi. Tarmoqli strukturalarida element ixtiyoriy boshqa element bilan bog`lanishi mumkin. Ya’ni, tarmoqli bir necha kichkina ob’ektlardan topgan yirik ob’ekt deb qarash mumkin.

Ushbu chizmada bog`lanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan. Shunday qilib, tarmoqli model ma’lumotlar elementlari orasidagi xilma-xil bog`lanishlarni ixtiyoriy ko`rinishdagi grafik yordamida akslantiradi. Tarmoqli model yozuvlar to`plami va mos bog`lanishlar to`plamidan tashkil topadi. Bog`lanishlarni yaratish uchun alohida cheklanishlar qo`yilmaydi. Misol: oddiy tarmoqli MB sxemasi sifatida quyidagini keltirish mumkin.

Tarmoqli MB turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin.

1. MB yozuvlarini qidirish

2. Yangi yozuvni yaratish

3. Joriy yozuvni olib tashlash

4. Joriy yozuvni tiklash

5. Yozuvni bog`lanishga qo`shish

6. Yozuvni bog`lanishdan olib tashlash

7. Boglanishlarni o`zgartirish

Yuqoridagi sanab o`tilgan MM dan tashkari hozirgi kunda quyidagi MM lar ham amaliyotga kirib kelmokda.

1. Ko`p o`lchamli MM lar

2. Ob’ektga yo`naltirilgan MM lar


Shuningdek boshqa MM larga asoslangan har xil tizimlar ham ishlab chiqilmoqda. Bular qatorida quyidagilarni sanash mumkin.

1. Ob’ekt- relyatsion

2. Semantik

3. Yo‘naltirilgan

4. Konseptual va boshqalar
Ulardan ba’zilari MB bilimlari bazasi va dasturlash tillarini integratsiyalashga (birlashtirishga) xizmat q iladi.

Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash xilma–xil usullari mavjud. Umuman olganda, axborot tizimlarini dastuuriy ta’minotini yaratish iterativ xarakterga ega.

Hozirgi kunda PS ni tavsiflash uchun ko‘p usullar mavjud. SHulardan biri ob’ekt-aloqa usulidir. Bu usulni ba’zan Ulman – CHen usuli ham deyiladi. PS ni mohiyat aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda i sholib boriladi:

1. PS ni ob’ektlari aniqlanadi.

2. Ob’ekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit parametri ob’ektni identifikatsiyalaydi.

3. Ob’ektlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi.

4. Maxsus belgilar kiritilib, ob’ekt aloqa diagrammasi o‘rnatiladi. Bu diagramma PS ning infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi.


Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin