Tayanch kompetensiyalar



Yüklə 24,18 Kb.
tarix30.08.2023
ölçüsü24,18 Kb.
#141052
Kompetensiya


Kompetensiya (lot. competo — erishyapman, munosibman, loyiqman) — 1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning krnun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba.[1]
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lganiga mana 25 yildan oshdi. Bu qisqa davr mobaynida Vatanimiz iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar zamirida davlatimiz tomonidan 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ham ahamiyati beqiyosdir.
Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim tizimini isloh qilish, yangi DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va yangi darsliklar yaratish davlatning asosiy ishlaridan bo‘ldi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonuniy asos bo‘lib xizmat qildi.
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Tayanch kompetensiyalar:
1. Kommunikativ kompetensiya
– jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
2.Axborot bilan ishlash

– mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv)telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;


– media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatiga rioya qilish;


– ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
– kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi

– shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;


– hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
– o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
– o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.

4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


– Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish;
– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
– mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;
– kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.

5.Umummadaniy kompetensiyalar


– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;


– badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
– orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
– umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
– o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;
– xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.

6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


– aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;


– shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
– kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
– inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi.Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi ,hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini keltirish mumkin.
Undan tashqari, butun dunyoda bo‘layotgan ta’lim sohasidagi islohotlar ham , xususan Janubiy –sharqiy Osiyo davlatlari, Yevropa va Amerika qit’asidagi 10-15 yildan buyon amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarni keltirish mumkin.Masalan, har uch yilda maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur (PISA)jahon mamlakatlari ta’lim tizimi sifatini o‘rganib chiqadi.PISA(Programme for International Student Assessment) dasturining maqsadi 15-16 yoshli o‘quvchilarning maktabda berilayotgan ta’limni qay darajada o‘zlashtirayotgani va ularni inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llay bilishini tadqiq etishdan iborat.PISA dasturi bo‘yicha birinchi tadqiqot 2000-yilda o‘tkazilgan va unda 32 davlat ishtirok etgan.2003-yilda 43, 2006-yilda 57, 2009-yilda 65, 2012-yilda 65, 2015-yilda 70 dan ortiq davlat ishtirok etgan. 2015-yilga dasturda 500 000 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan.
PISA dasturi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan 15-16 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonligi va tabiiy- ilmiy savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi.
Yüklə 24,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin