Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 15,58 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü15,58 Kb.
#114539
Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari MARUZA


Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari

Reja
1. Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari


2. Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari
3. Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari
4. Iqtisodiy davrlarning ta’siri
5.Davlatning davriylikka qarshi siyosati
Tayanch so’z va iboralar : iqtisodiy inqiroz, iqtisodiysikl ,turg’unlik (depressiya) , jonlanish, yuksalish, davriylik, iqtisodiy jarayon, tebranish.
1. Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari
Chidamlilik va barqaror iqtisodiy rivojlvnishning sharti bo’lib muvozanat, ijtimoiy ishlab chiqarish va iste’mol, yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik hisoblanadi. Biroq bozor iqtisodiyotida muvozanat holati vaqtivaqti bilan buzilib turadi. Milliy xo’jalik amal qilishida muayyan davriylik, takrorlanish kuzatiladi, bunda iqtisodiyotning yuksalish davri pasayish hamda turg’unlik davrlari bilan almashadi. Davriylikni milliy iqtisodiyotni bir makroiqtisodiy muvozanatdan boshqasiga harakati sifatida aniqlash mumkin.Iqtisodiy o’sish–bu o’zgarmagan holda bir xilda yuksalib borish holatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida ishlab chiqarishning umumiy hajmi juda tezo’sadigan yillar bor, boshqa yillarda esa bu jarayon sekin yuz beradi, ba’zida esa pasayish yillari ham bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida muayyan vaqt oralig’ida tez-tez takrorlanadigan holat uning rivojlanishini davriylik xususiyatini bildiradi. Bir davrning oralig’i iqtisodiyotni bir inqirozdan boshqasigacha, yoki boshqacha aytganda cho’qqining bir nuqtasidan boshqasigacha bo’lgan harakatini qamrab oladi. Iqtisodiy pasayish iqtisodiyotning yuksalishi, ishlab chiqarish o’sishi va ishsizlik qisqarishi bilan almashadi.Zamonaviy sharoitda davlat iqtisodiyotning “qizib ketishini” oldini oluvchiyoki turg’unlik bosqichida iqtisodiyotni jadallashtiruvchi iqtisodiy vositalarning butun to’plamiga ega. Shu maqsadlarda soliq tizimidan foydalaniladi: foydaga(qo’shilgan qiymatga) soliq stavkasini oshirish yoki tushirish orqali davlat muayyan faoliyat sohalarida ishchan faolllikni rag’batlantiradi (yoki aksinchato’xtatadi), imtiyozlar tizimidan foydalanib, muayyan korxonalar guruhiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sirni amalga oshiradi.Xuddi shu maqsadlarda kredit siyosatidan foydalaniladi–foizning hisob stavkasini tushirib yoki oshirib,qo’shimcha capital qo’yilmalarga qiziqishni oshirish yoki ularni butunlay yo’qqilish mumkin.Ishlab chiqarishni rivojlantirish va davriylikni yumshatishga davlatning byudjet siyosati katta hissa qo’shadi.
Iqtisodiy sikl - umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat. Vaqtga nisbatan har 20—25-yilda takrorlanib turadigan uzoq va har 5—10-yilda takrorlanadigan qisqa I.s. bor. Alohida I.s. bir-biridan davomiyligi va jadalligi boʻyicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega boʻladi. Siklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda toʻliq bandlik kuzatiladi va i.ch. toʻliq yoki deyarli toʻliq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi oʻsish tamoyiliga ega boʻladi, iqtisodiy faollikning oʻsishi toʻxtaydi. Tanglik fazasida i.ch. va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanglikning quyi nuqtasida i.ch. va bandlik oʻzining eng past darajasi bilan harakterlanadi. Jonlanish fazasida i.ch. darajasi koʻtariladi, bandlik esa toʻliq bandlik dara-jasigacha oʻsadi.Sobiq sovet ittifoqi davrida iqtisodiy sikl doimo yuksalish darajasida bo'lgan.Ittifoqning parchalanishiga esa AQSH ning g'alamisligi sababchi bo'lgan.SSSR ning oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Garbachyov AQSH ning laycha iti bo'lganva aynan u sobiq ittifoqni parchalagani uchun AQSH hukumatidan 15MLRD dollorlik mukofot olgan
Iqtisodiyot nazariyasida I.s.ning asosiy sababi yalpi talab bilan yalpi taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi va uning yana kaytadan tiklanishi tarzida izohlanadi. I.s. milliy iqtisodiyotning oʻzini oʻzi tartibga solishi usullaridan biridir.
Iqtisodiy o’sish–bu o’zgarmagan holda bir xilda yuksalib borish holatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida ishlab chiqarishning umumiy hajmi juda tez o’sadigan yillar bor, boshqa yillarda esa bu jarayon sekin yuz beradi, ba’zida esa pasayish yillari ham bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida muayyan vaqt oralig’ida tez-tez takrorlanadigan holat uning rivojlanishini davriylik xususiyatini bildiradi. Bir davrning oralig’i iqtisodiyotni bir inqirozdan boshqasigacha, yoki boshqacha aytganda cho’qqining bir nuqtasidan boshqasigacha bo’lgan harakatini qamrab oladi. Iqtisodiy pasayish iqtisodiyotning yuksalishi, ishlab chiqarish o’sishi va ishsizlik qisqarishi bilan almashadi.
Zamonaviy sharoitda davlat iqtisodiyotning “qizib ketishini” oldini oluvchi yoki turg’unlik bosqichida iqtisodiyotni jadallashtiruvchi iqtisodiy vositalarning butun to’plamiga ega. Shu maqsadlarda soliq tizimidan foydalaniladi: foydaga (qo’shilgan qiymatga) soliq stavkasini oshirish yoki tushirish orqali davlat muayyan faoliyat sohalarida ishchan faolllikni rag’batlantiradi (yoki aksincha to’xtatadi), imtiyozlar tizimidan foydalanib, muayyan korxonalar guruhiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sirni amalga oshiradi.Xuddi shu maqsadlarda kredit siyosatidan foydalaniladi–foizning hisob stavkasini tushirib yoki oshirib, qo’shimcha kapital qo’yilmalarga qiziqishni oshirish yoki ularni butunlay yo’q qilish mumkin.Ishlab chiqarishni rivojlantirish va davriylikni yumshatishga davlatning byudjet siyosati katta hissa qo’shadi. Rivojlanishning yirik dasturlarini (masalan, ishlab chiqarish infratuzilmasini) byudjet hisobiga moliyalashtirish jamiyat uchun zarur faoliyat sohalarida biznesni rivojlantirish uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratadi.
Iqtisodiy davr milliy xo’jaliklar notekis rivojlanishi va umuman iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi iqtisodiy faollikni qator bir biri bilan ketma ket almashadigan bosqichlarini o’z ichiga oladi. Oxir oqibatda davriylik orqali iqtisodiy o’sish namoyon bo’ladi, yoki harakat doiraviy emas, vaziyatning uzoq muddatli kabi, o’rta muddatli tebranishlarini aks ettirib spiral bo’yicha bo’ladi.Davriylik - tizimning davrlar yordamida o’z harakatini amalga oshirish xususiyati. Davriylik muvozanatli kabi muvozanat bo’lmagan tizimlarga ham xos, bunda faqat shakl jihatdan farq qiladi - doiraga yaqin shakldagi, to’lqin shaklidagi, spiral shaklidagi yoki zina shaklidagi ko’rinishga ega bo’ladi.Iqtisodiy davrning harakatida ketma-ket bo’ladigan to’rtta bosqich kuzatiladi:
1. Inqiroz – bu ishlab chiqarishni pasayishi va to’xtab qolishini yuzaga keltiruvchi iqtisodiyotdagi muvozanatni buzilishi. Bozor iqtisodiyoti uchun ortiqcha ishlab chiqarishning inqirozi xos bo’lib, uning oqibatida narxning qat’iy tushishi yuz beradi (1929-1933 yillar AQShda narxlar 54 foizga pasaydi. Keyin ishlab chiqarish hajmi pasayadi, bu ishsizlikni o’sishiga, demak aholi daromadlarini pasayishiga, o’z navbatida to’lov qobiliyatli talabni qisqarishiga olib keladi.Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va tanazzul davri boshlanadi.
2. Tanazzul – tovarlar ortiqchaligi muayyan vaqt davomida asta-sekin sarflanadigan davr (bir qismi past narxlarda, bir qismi buziladi). Tovarlarni sotish qayta tiklanadi, narxlarni pasayishi to’xtaydi. Ishlab chiqarish hajmi bir muncha ko’payadi, biroq savdo sust bo’ladi. Shuning uchun kapital, sanoat va savdoda o’z qo’llanilishini topmaydi, bankda saqlanadi va pul taklifini ko’paytiradi hamda ssuda foizini me’yorini pasaytiradi.
3. Jonlanish – sanoat ishlab chiqarishining inqirozdan oldingi hajminiqayta tiklash davri bo’lib, bu davr davomida narxlar, foyda, ish haqi ko’tariladi, uning oqibatida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin to’liq bandlikka va quvvatlarning to’liq yuklashga qadar, ya’ni cho’qqigacha oshib boradi
4. Cho’qqi – ishlab chiqarish quvvatlari to’liq yuklanganligi, yuqori bandlik, narxlar, ish haqi va foizning juda yuqori darajasi bilan ifodalanadi.Iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati kuzatiladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha mamlakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (1-chizma).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi.
Yüklə 15,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin