Birinchidan, egalik qilish qonuniy huquq bo‘lib, bunda qonunga asoslangan holda muayyan ashyoga ega bo‘lish, uni o‘z xo‘jaligida saqlab turish, balansga kiritish imkoniyatidir.
Ikkinchidan, foydalanish qonuniy huquq, ya’ni ashyodan xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda foydalanish, uni o‘z manfaati yo‘lida ishlatib, foydali xususiyatlarini chiqarib olish huquqi.
|
|
|
|
|
|
|
Egalik qilish huquqi
|
|
|
|
Mulkchilik huquqi
|
|
|
|
|
|
Foydalanish huquqi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tasarruf etish huquqi
|
|
|
|
|
|
|
|
1-rasm. Mulkchilik huquqi tarkibi
Uchinchidan, tasarruf etish huquqi, ya’ni ashyoning mansubligi holati yoki vazifasini o‘zgartirish (boshqa shaxsga berish, yo‘q qilib yuborish) yo‘li bilan uning taqdirini belgilash imkoniyati. Qonun hujjatlarida mulkning daxlsizligi qonun bilan qo‘riqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan. Shu sababli mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Shu tufayli mulkchilik ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriyadir.
Mulkchilik iqtisodiy o‘zlashtirishning tarixiy muayyan shakli bo‘lib, undan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Shunga asoslangan holda mulkchilikni mavjud tarixiy sharoitidan tashqari mustaqil tushuncha shaklida emas, balki muayyan tarixiy bosqichdagi iqtisodiy munosabat shaklida tushunmoq kerak. Davr taqozosiga asosan mulkchilik turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |