Tayanch so’zlar: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni



Yüklə 28,8 Kb.
səhifə5/7
tarix11.05.2022
ölçüsü28,8 Kb.
#57506
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

Mulkchilik sub’ekti O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulkchilik huquqining sub’ektlaridir. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, binolar, inshootlar, uskunalar, xom ashyo va mahsulotlar, pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar, shuningdek intellektual mulklar mulk huquqlari ob’ektlari jumlasiga kiritiladi.

Mulkchilik ishlab chiqarishning ashyoviy omillariga va xizmatlariga egalik qilishda shakllanadi. Masalan, tovar oborotida biror shaxsda konkret ashyoga mulkchilik huquqining vujudga kelishi ayni vaqtda boshqa shaxsdagi unga bo‘lgan mulkchilik huquqining bekor qilinishini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari mulkchilik huquqini qo‘lga kiritishning bir qancha asoslarini belgilab bergan. Bunday asoslar jumlasiga quyidagilar kiritilgan: mehnat faoliyati, mol-mulkdan foydalanish bo‘yicha tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan, bitimlar bo‘yicha mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, qo‘lga kiritish, davlat mol-mulkini xususiylashtirish, meros qilib olish, qo‘lga kiritish muddati, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslar.

Shunday qilib, ishlab chiqarish omillarini mulkchilik, kishilar o‘rtasidagi ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’mol munosabatlarining xususiyatlari belgilaydi.



Mulk va mulkchilik jamiyatda butun ijtimoiy munosabatlarning asosidir, poydevoridir. Mulkchilik asosida ayrim shaxslar, guruhlar, sinf va qatlamlarning jamiyatda egallab turgan mavqei, ishlab chiqarish omillaridan foydalanish imkoniyati darajasi belgilab beriladi.


Yüklə 28,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin