Tayanch so’zlar: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni



Yüklə 28,8 Kb.
səhifə3/7
tarix11.05.2022
ölçüsü28,8 Kb.
#57506
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу

Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi.

Mulkchilik munosabatlarining xarakteri nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.



Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning bu ikki jihati o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bunda, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.

Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy mazmuniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.

Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulk ob’ektlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan iqtisodiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.



Mulk ishlab chiqarishning ashyoviy omillariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Mulk, birinchidan, jamiyatda ishlab chiqarish xususiyatlarini, ikkinchidan, jamiyat iqtisodiy hayotining asoslarini belgilab beradi. Buning sababi mulkning birlamchi ekanligidadir. U jamiyatda hukmron bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining negizini tashkil etadi. Mulk ishlab chiqarishning natijalarini taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish xususiyatlarini belgilaydi.

«Siyosiy iqtisod. Iqtisodiy Ensiklopediya»da ta’kidlanishicha mulkchilik bu ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonidagi ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining kishilar tomonidan o‘zlashtirilishini ifodalovchi tarixiy o‘zgaruvchi ob’ektiv munosabatlar tizimidir.

Ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkchilik ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalar xususiyatini belgilabgina qolmay, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ayirboshlash va iste’mol qilish shakllarini ham belgilaydi. Bu o‘zaro aloqalar va shakllar majmui esa jamiyat ishlab chiqarish munosabatlari tizimi yo‘nalishini belgilaydi.

Jamiyatdagi hukmron bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarishning ashyoviy natijalarini o‘zlashtirishning xusu-siyatlarini ham belgilab beradi. Mulk va mulkchilik munosabatlari jamiyatning asosi va iqtisodiy negizidir. Shu sababli har qanday mamlakatning Konstitutsiyasida shunday holat e’tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasiga muvofiq, mustaqil davlat iqtisodiyotining asosini tashkil etadigan mulkning hamma shakllari teng huquqliligini va himoyalanganligini davlat kafolatlaydi. Har qanday mamlakat Konstitutsiyaga asoslanib, mulkchilik to‘g‘risida yuridik qonunlar ishlab chiqadi va shu qonunlar asosida mulkka egalik qilish munosabatlarini ifodalaydi. Shunga asosan, jamiyatdagi moddiy boyliklar turli sub’ekt-lar, ya’ni yana alohida kishilar, guruhlar, sinflar va davlat o‘rtasida qanday taqsimlanishi va o‘zlashtirishning huquqiy normalari aniqlanib va belgilanib qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi qonuni hujjatlarida mulkchilik huquqi – shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga qarab va o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda egalik qilishi, undan foydalanishi va tasarruf etishi huquqi ekanligi, shuningdek kim tomonidan bo‘lmasin, mulk huquqining har qanday buzilishi bartaraf etishni talab qilish huquqi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu huquq yuridik fan va amaliyotda umum tomonidan e’tirof qilingan uchta tarkibiy qismdan iborat (1-rasm).




Yüklə 28,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin