1.2. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari. Mulk shakllari.
Mulkchilik munosabatlari, uning ob’ektlari va sub’ektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir.
Mulk ob’ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo‘g‘in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi.
Amaliy hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |