7. Tashxis shakli, metodi, vosita va texnologiyalarning o‘zaro birligi. Ma’lumki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarda faoliyat muayyan shakl, metod, vosita va texnologiyalar yordamida tashkil etiladi. Kutilgan natijani qo‘lga kiritishda ularning to‘g‘ri tanlanganligi muhim bo‘lsa, ular o‘rtasida o‘zaro birlikni qaror toptirish ham shunchalik muhimdir.

8. Tashxis texnologiyasining maqsadga muvofiqligi. Texnologik yondashuv
o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyatni muayyan izchillikda, tizimli, uzluksiz amalga oshirilishini tavsiflaydi. Pedagogik tashxis jarayonining texnologiyalashtirilishi bosqichli harakatlarning og‘ishmay, bir maromda tashkil etilishiga olib keladi.
9. Tashxis natijalarining ishonchliligi va ularning xolis baholanishi.
9. Tashxis natijalarining ishonchliligi va ularning xolis baholanishi.
O‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ko‘rsatuvchi natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi uchun tashxislanuvchilarning tajriba hamda nazorat guruhlariga ajratilishi, barcha tashxislanuvchilarning anketa, test topshiriqlariga bevosita va xolis javob berishlari, amaliy, ijodiy topshiriqni bajarishda belgilangan vaqt reglamentiga rioya qilishlari maqsadga muvofiqdir.
10. Natijalarning maqsadga muvofiqligi. Tashxislash natijalari qo‘yilgan
10. Natijalarning maqsadga muvofiqligi. Tashxislash natijalari qo‘yilgan
maqsadning xarakteriga mos bo‘lishi, o‘rganilayotgan holatni ifodalay olishi zarur.Bordi-yu, olingan natijalar maqsad negizida ko‘zda tutilgan holatlarni yorita olmasa, u holda tashxislash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilgan, degan xulosaga kelinadi.