18
Kinematika
asoslari
Tayanch tushunchalar:
moddiy nuqta, trayektoriya, yo‘l, ko‘chish,
ilgarilanma harakat.
1. Bitta jismni kuzatilayotgan turli jarayonlarning birida
moddiy nuqta deb olish
mumkin bo‘lgan, ikkinchisida esa mumkin bo‘lmagan hollarga bir nechta misol
yozing.
2. Uyingizdan maktabgacha borish trayektoriyasi va ko‘chishni
chizmada chizib,
ular orasidagi masofalar farqini chamalab ko‘ring.
4-§. SKALYAR VA VEKTOR KATTALIKLAR HAMDA
ULAR USTIDA AMALLAR
Skalyar kattaliklar
Fizik kattaliklarni ikkita guruh – skalyar va vektor kattaliklarga bo‘lish
mumkin.
Yo‘nalishining ahamiyati bo‘lmagan, faqat son qiymati bilan
aniqlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar deb ataladi.
Hajm, vaqt, yo‘l, massa, energiya kabi fizik kattaliklar skalyar kattaliklardir.
Ular ustida amallar sonlar ustida amallar kabi bajariladi. Masalan, birinchi
jismning
massasi m
1
= 8 kg, ikkinchi jismning massasi
m
2
= 4 kg bo‘lsa,
ularning birgalikdagi massasi:
m
1
+
m
2
= 8 kg + 4 kg = 12 kg.
Bu ikki jism massalari orasidagi farq:
m
1
–
m
2
= 8 kg – 4 kg = 4 kg.
Shu tariqa birinchi jismning massasi ikkinchisinikidan
necha marta ortiq
ekanligini ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari,
jism massasini biror
songa ko‘paytirish yoki bo‘lish mumkin. Masalan,
m = 12 kg bo‘lsa, uni
3 ga ko‘paytirish va bo‘lish quyidagicha bajariladi:
m
ּ 3 = 12 kg
ּ 3 = 36 kg;
m : 3 = 12 kg : 3 = 4 kg.
To‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatda jism qayerdan harakatni boshladi,
qaysi
tomonga harakatlandi va bosib o‘tilgan yo‘lning kattaligini bilish bu jismning
harakat oxiridagi vaziyatini aniqlash uchun yetarlidir.
Vektor kattaliklar
Ba’zi fizik kattaliklar bilan ish ko‘rilganda ularning son qiymatini bilish
kifoya
qilmaydi, ularning yo‘nalishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.