2.3. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli,
qoida,
interfaol metod, metodika, texnoiogiya,
didaktik vosita,
ta’limning texnik vositalari.
Metod, usul va texnoiogiya. Ta’lim metodi tushunchasi
anchagina murakkab dir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq
talqini xususida munozara haLigacha davom etmoqda. Biroq bu
tushunchaga beriladigan didaktlaming turli ta’riflariga qaramay,
ularning
nuqtai
nazarlarini
yaqinlashtiradigan
qandaydir
umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim
metodini о‘quvchilarning о ‘quv bilish faoliyatini
tashkil etish usuli,
deb hisoblashga moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani
yanada batafsil ко‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga
kelishga
harakat qilamiz.
Metod so'zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli
deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda -
maqsadga erishish usuli,
ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda
ham o ‘qituvchining o ‘rgatuvchi
ishi
va u tashkil etgan
o'quvchilaming faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Г
\
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan
materialni
egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalami hal etish
bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o'quvchilaming
o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi
^ tushuniladi.
^
Didaktikada, shuningdek, ta’lim
usullari atamasi ham keng
qo‘llanadi.
Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki
alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga
bog‘langan. Usul va metod butun
va qism sifatida bir-biriga
bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o ‘quv
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli
metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha,
xuddi shu
92