Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum
bir o‘quv fanini
0‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni
o ‘zida aks ettiradi. Masalan,
0‘qituvchi darsni har safar texnologik
modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan
texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga
to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘qitish texnologiyasi yuzaga
keladi.
Loka! daraja (mikro).Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar
o'quv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs
sifatlarini shakllantirish, maxsus о ‘quv ko‘nikma va malakalarini
tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o'quvchilaming mantiqiy
fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, о ‘quvchilarning aqliy
qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
X
Metodika - qat’iy ketma-kethkka (algoritmik xarakterga), ilgari
o‘matilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo'lib, biror bir
ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo'llari majmuasi.
“Metodika” tushunchasi turli fanlami o'qitish bitan ham
bog‘liqlikda qo'llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni,
mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari
yig'indisini o'zida ifoda etadi.
V___________________________________________________ У
«Metodika» va «texnoiogiya» tushunchalarining bahs doirasi bilan
ham bog'liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Jumladan, metodik tizim «Qanday o'qitish?», «Nima uchun o'qitish?»,
«Nimaga o'rgatish?» kabi savollarga javob izlaydi, texnoiogiya esa,
«Qanday tarzda samarali o'qitishga erishish mumkin?» degan savolni
markazga qo'yadi. Metodika o'quv jarayoninin qanday tarzda tashkil
etish lozimligini nazarda tutsa, texnoiogiya qay yo‘sinda o‘quv
jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tibomi
qaratadi.