Ta’limning texnik vositalari. TTY - bu o‘zida o ‘quv-
axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir.
Ularga
quyidagilar
kiradi:
o‘quv
kinofilmlari;
diafilmlar;
kompyuterlar;
magnitofon
tasmalari;
radioeshittirish;
teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi
turlarga ajratish
mumkin: axborot; aralash(kombinatsion);
trenajyor;
bilimlami
nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’limning texnik vositalari quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
• ta’limnmg sifati va samaradorligini oshiradi;
• o ‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
• o‘quvchilami idrok qilishga yo‘naltiradi;
• o‘quvchilarda bilimlami egallashga nisbatan katta qiziqish
hosil qiladi;
• dunyoqarashi
ichni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini
shakllantirishga yordam beradi;
• o ‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni
oshirishni ta’minlaydi;
• bilimlami nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
NAZORAT UCHUN SAYOL VA TQPSHIRIQLAR
1. Ta’lim metodlari deb nimaga aytiladi?
2. «Ta’lim usuli»,
«pedagogik texnologiya»,
«metodika»
tushunchalariga izoh bering.
3. T aiim metodlari tasnifmi izohlang.
4. T aiim metodlarining mazmun-mohiyatini bayon eting.
5. T aiim vositalari deganda nima tushuniladi?
6. T aiim vositalari tasnifini izohlang.
7. Ta’limning texnik vositalariga nimalar kiradi?
104