Og‘zaki muloqotning ikki tomoni Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: Jo‘natuvchi, Qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi sifatida ogʻzaki nutqni samarali qilishning turli metodlari nimalar ekanligi bobning boshqa qismida ta’riflangan edi, biroq qabul qiluvchi bahosi esa takomillashish uchun ijobiy sharh bilan birgalikda sohalarni ham oʽz ichiga olishi mumkin. Har qanday vazifaning bahosi boʻlganidek, soʽzlovchining obroʻsiga shaxsiyatiga tegadigan ijodiy tanqid taklif qilish foydali boʻladi. Ogʻzaki taqdimotlar uchun ogʻzaki yoki yozma baho berishlari uchun qabul qiluvchilarga quyidagilarni taklif qilamiz:
Tasvirlovchi /Tavsiflovchi boʻling: baho berishdan koʻra soʽzlovchi nima qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: Taqdimotingizni yakun-lashning axmoqona usuli bo‘ldi»dan koʻra «Men yakunlovchi fikrni eshitmadim» deng.
Boshqalardan farqlaning. Kelgusi taqdimotini yaxshilash uchun soʽzlovchiga yetarli ma’lumot bering, masalan «Sizning koʻrgazmali qurollaringiz behuda/samarasiz»dan koʻra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini oshirgan boʻlardim, chunki men slaydlarni o‘qishga qiynaldim», deng.
Ijobiy yondashing. «Koʻp qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini soʻraysiz va yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.
Ijodkor boʻling. Soʻzlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan koʻra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering.
Xushmuomala boʻling. Baho berishda keskin/qo‘pol taklif yoki sharhlardan ko‘ra, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita olmadim-baland gapiring!» dan ko‘ra, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng.
Realist boʻling. Soʽzlovchi haqiqatda oʽzgartira olishi mumkin boʻlgan narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini aytish foydali boʻlmaydi.
Muloqot til vositasi bilan - verbal yoki tilning ishtirokisiz - noverbal amalga oshirilishi mumkin.
So‘zlar yordamida sodir bo‘luvchi muloqot verbal muloqotga taalluqli bo‘ladi. Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.