Tayanch tushunchalar



Yüklə 75,5 Kb.
tarix07.06.2020
ölçüsü75,5 Kb.
#31851
She’riyatda syujet kompozitsiya badiiy-tasviriy vositalar

She’riyatda syujet kompozitsiya badiiy-tasviriy vositalar
Reja:


  1. Stilistik sintaktik figuralar – poetik sintaksis

  2. Intonasiya. Ritorik murojaat. Ritorik so’roq. Antiteza, Parallelizm va h. vositalar

  3. Poetik fonika


Tayanch tushunchalar: Stilistik sintaktik vositalar. Intonasiya. Ritorik murojaat. Ritorik so’roq. Antiteza. Parallelizm. Takror. Anafora. Epifora. Apostrofa. Ellipsis. Inversiya. Poetik fonika: alliteratsiya, assonans, dissonans, monorim.
Haqiqiy filolog bo’lim uchun, har bir shaxs ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik ilmlarini chuqur o’zlashtirishi lozimligini, tahlilga tortilayotgan ushbu mavzu ham (nisbatlaudi) talab qiladi.

Darvoqye, stilistika predmeti deb fonetik, morfologik, sintakik va leksik birliklarni tushunsak (jumladan, fonetik stilistika nutq tovushlarining ta’sirdorlik qonuniyatlarini o’rgansa, leksik stilistika so’zni ishlatish va undan foydalanish(ekspressiv) xislatlarini o’rgatadi; grammatik stilistika esa grammatika qoidalarining qaysi birini qanday holatda qo’llashni fikrga buyoq va ohang beruvchi vosita sifatidagi fazilatlarini tekshiradi), bu birliklar nutqli turli-tuman ko’rinishlarini yuzaga chiqaradi, bu ko’rinishlar nutq stillari deb yuritiladi. Nutq stillari tilning vazifa-funksiyasi bilan bog’liqligi sababidan ular funksional stillar deb yuritiladi. Bular: 1) so’zlashuv stili; 2) rasmiy stil; 3) ilmiy stil; 4) publisistik stil; 5) badiiy stil. Ular ichida badiiy stil inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga taaluqligi, barchaga barobarligi, eng asosiysi obrazliligi (estetik ta’sir ko’rsatish) bilan ajralib turadi.1

Bu muammlning hamma tomonlarini tekshirishni kellajakdagi sa’yi harakatlarimizga – mustaqil izlanishlarimizga havola etamizda, hozircha badiiy stilning adabiyotshunoslikda stilistik figura (ibora) deb atalgan (stilistik sintaksis) vositalarini – poetik sintaksisni o’rganishga kirishamiz.

Bu vositalarning obrazliligi, emosional-ekspressivligi (hissiy-ta’sirchanligi) – ularning estetik ta’sirini voqye qiladi. Bu ta’sirni yuzaga chiqarish uchun so’z san’atkorlari tildagi gap bo’laklari tartibi qoidalaridan chekinadi, ayrim so’z, iboralarni qayta-qayta va turli-tuman o’rinlarda takrorlaydi, jonsiz narsaga jonliday murojat qiladi, poetik mazmun talabidan kelib chiqib, so’zlardan yangi so’z ijod qiladi va h.

1. Intonatsiya(lat. Intonate-qattiq talaffuz etish) – ohang – badiiy asar bilan birga tug’iladi. Uni ilg’ash – asardagi har bir so’z va gapning asosida yotgan mazmuni to’g’ri anglash uchun, albatta, uning ohangini sezish talab qilinadi. Uni sezishda asarda ishlatilgan turli tinish belgilari (nuqta, vergul, tire, so’roq, undov, qo’shnuqta, nuqtali vergul kabi), misralarning joylashishi, turoqlanishi, qofiyalanishi (she’riy asarlarda), muallif remarkalari (dramatik asarlarda) yordamga keladi. Ular ovozning pasaytirishi, ko’tarilishi, so’nishi, tez yoki sekinlashishini, turfa xil tembrini anglatadilar. Mazmun va ohang yuzaga chiqqanidagina-asarning emosional ta’siri beqiyos bo’ladi, g’oyasi ko’zlangan nuqtani zabt etadi.

Jumladan, eng bag’ri keng, eng samimiy shoir Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumidagi “Yengajon”ini tinglaylik:



Yengajon

hazil


  • Yengajon, – dedim.

  • Qaynim-ov, – dedi.

  • Berroq kel, – dedim.

  • Aynim-ov, - dedi.

Davra quvnoq edi, suhbat sho’x edi,

Ko’ngilda zarra ham g’ubor yo’q edi.

Yoshlik esga tushdi, avjida hazil,

hazilga ko’p qulay edi bu manzil.
Ko’z tikib, oh chekib: - Yengajon, – dedim.


  • Berroq kel, sadag’a senga jon, – dedi.

  • Qaynimsan, inimsan, qaynim-ov, – dedi.

  • Esi past boladay aynim-ov, - dedi.

(Mirtemir. Oh, mening o’zbaki yuragim, 74-bet)

Birinchi banddagi ohang – chorlashga, hazillashishga ishtiyoqni uyg’otuvchi ruhga o’rangan bo’lsa, ikkinchi banddagi ohang – zalvorli, samimiy tushuntiruvchi va yanada tasvirni zo’rayishiga imkoniyat tug’diruvchi xabar kuyini o’zida jamg’aradi. Uchinchi bandda ohang – balanlashadi, tezlashajdi va ayni paytda, yoshlikning va bosiqlikning ma’nosi-mohiyatini qayin va yenganing beg’ubor qalbini, qaroqalpoqano hazilning milliy poeziyasini ko’rsatadi.

2. Ritorik (gr.rhetor-notiq) murojat (ritorik nido, ritorik xitob, ritorik g’azab, ritorik undov va h.) – poetik figuralardan biri bo’lib, unda personajlarning quvonch, hayrat, nafrat, iltimos, buyruq kabi yuzlab hissyotlarining ko’tarinki, tantanali, kulguli, kesatiqli, g’azabli (g’oyaning talabiga mos tarzdagi) ifodasidir.



Ayt, ey, xasta bulbulim,

O’shga qachon yetamiz?

Yashil bog’lar sarg’ardi,

Mag’iz bo’ldi gujumlar.

Oh, voy, muncha yo’l og’ir

Bulbulm...

Abadiyat oralab

O’shga qachon yetamiz?


Shavkat Rahmon (1950-1996)ning o’lim to’shagida aytib turib yozdirgan ushbu so’nggi she’rida orziqish, sog’inish nidosi bo’rtib ko’zga tashlanadi, “xasta bulbul”ning abadiyat oralabgina O’shga yetishini – o’lmasligini jo’mardlik bilan ifoda eta olgan. Bu shoir dahosining, inson ruhining – Shavkat Rahmon qismatining yaratuvchan qudratidir.

3. Ritorik so’roq- “poetik fikrni so’roq shaklida tasdiqlash” (N.hotamov, B.Sarimsoqov)dir, ya’ni so’roqning o’zida javob ham mujassamlashgan bo’ladi; faqat fikr yorqinlashib, terinlashib qirralarining ham oshkor etib – estetik ta’sirdorlikni yuzaga keltiradi.

Jumladan, “Naxshon”(U.Nosir)da, uning Ashotni sevib qolgani xuddi shu dilbar vosita orqali tasdiqlanadi (tasvirlanadi); to’g’rirog’i shoir mahorati tufayli u dilbar vositaga aylanadi:
Ne bu?

Nega yurak hal-hal ezildi?

Nega nega kabi

Chil-chil sindi dil?

Ne bu?

Nenga nuri kiprikni suzdi?

Nega o’z-o’zidan

So’z yo’qotdi til?

Suqim oqib ketdi

Go’yo poyida.

Lablarim ham ajib

Qaltirab turdi.

Ko’kragimda xuddi

Bir balo yurdi...

Qanday sevgi ekan,

O’ychan aylandi?
4. Antiteza(gr.antitesis-qarama-qarshi qo’yish) – tazod bo’lib, ma’no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni, tushunchalarni predmetlarda qo’llab, ta’sirchan lavhalar yaratiladi. Bir-biriga zidlikning mubolag’ali va “ko’zga ko’rinadigan” ifodasi – asardagi fikr(g’oya)ni bo’rttiradi, mohiyatini teranlashtiradi.

Masalan, “o’zbakni yurak”ning donishmand shoir Mirtemirning “Men seni...” she’ridan bir necha bayt tinglaylik:



Men seni injitmayman

Va lekin tinchitmayman...
Sarotonda sel bo’lib

Lolazor yaratgayman.
Qahramonda yel bo’lib

Gul atrin taratgayman.
Yo’l yurib cho’llab qolsang,

Shildiragin buloqday.
Yoki dashtga yo’l solsang,

Yastangayman o’tloqday.
Istab qolsang soyabon,

Men darrov chinor bo’lgum,

Cho’mor bo’lsang nogihon,

Men darrov anhor bo’ldim.
Kezar bo’lsang bog’ingda,

Pichirlashgum misli barg.

Kuyib seni dog’ingda

Bo’lmasaydim juvonmarg...
Men seni tinchitmayman

Va lekin intijmayman.

Mana shu go’zal she’rda antiteza vositasi shunchalik zarurki, faqat uning orqaligina insoniy sof tuyg’u – “mehrigiyo”ga boy go’zallikning sevgisiga sodiqlik yonadi, charx uradi, bo’zlaydi, tutiyonalanadi, zyolanadi, tovlanadi; kitobxonni mahliyo etadi.

5. Parallelizm(gr.parallelos-yonma-yon boruvchi) – ikki yoki undan ortiq hodisa, narsa, predmet kabilarni yonma-yon tasvirlash(zidlashtirish, qiyoslashtirish, muqoyasalashtirish) orqali-asardagi poetik fikr(g’oya)ni konkretlashtirish, uning ta’sirchanligini kuchaytirish vositasidir.

Mirtemirning yosh qalamkashlarga atagan “Kipriklarim” she’ri buning misoli bo’la oladi:


Kipriklarim qo’ng’irmikan yo qora?

Kipriklarim yuztamikin yo ming?

Kipriklarim muncha aziz va sara,

Ko’zginamning kipriklari...
Quyunlarda qolganimda, changga o’ralganimda,

Ohangaron to’zonidek zanji qoralganimda,

Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralgangimda,

Yoki bir she’r armonida yuz bir ko’rolganimda,

O’zbekiston tonglarini bedor kutgan ko’zlarim,

Tengsiz tonglar falsafasin tashna yutgan ko’zarim

Ko’zlarimga chegarada shay askarday qo’riqchi,

Ko’zlarimga olis Bobur g’ussasiday yo’riqchi,

Ey, aziz kipriklarim.
Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari...

Kiprigimday azizlarim, nechog’li ham suyuksiz,

Armonimday buyuksizh
6.Takror – ayrim so’z va iboralarning, ba’zan misralar yoki bir necha misralarning muayyan bir tartib asosida qayta-qayta qo’llanilishidir. Takrorlar asardagi poetik maqsadni ro’yobga chiqarish uchun, unga mos tarzda fikrni goh bo’rttiradi, goh kuchaytiradi, goh detalllashtiradi, goh bosh diqqatni qaratadi. Takrorlarning ko’rinishlari ko’p, hozircha ulardan ikkitasini o’rganamiz.

Apafora – she’riy misralarning yoki nasriy gaplarning boshida bir xil so’z va iboralarning, tovushlarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladi.
Olamning chirog’i – Quyosh bor bo’lsin,

Oy, yulduzlar doim unga yor bo’lsin,

Olam uzra ziyo barqaror bo’lsin,

Chiroq_yoniq_tursin,__Chiroq_yoniq_tursinh_Ziyo'>Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursinh
Ziyo bo’lsin doim yuragimizda,

Ziyo bo’lsin doim qarog’imizda,

Ziyo pilik bo’lsin chirog’imizda,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursinh
Chiroq – davlat emas, shukuh muruvvat,

Chiroq – g’aflat emas, bedorlik, da’vat,

Chiroq – nafrat emas, mehr-muhabbat,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursinh
Insonning qo’lida chirog’i bo’lsin,

Insonning dilida chirog’i bo’lsin,

Insonning yo’lida chirog’i bo’lsin,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursinh
Mashrab Boboyevning to’liq keltirilgan “Chiroq yonib tursin” she’rida ta’kidlangan so’zlar – apofora bo’lsa, tagiga chizilgan har band oxirida takrorlanuvchi misralar – misralar takroridir. Ikkala vosita birlashib, she’rdagi poetik fikrni – inson ziyosi bilan ulug’ ekanligini, unga inson doimo intilishi lozimligini va doimo nur taratib turishini bo’rttirib, ta’kidlab ko’rsatmoqda.

Epifora – she’riy asarning misralari oxirida tovushlar, so’zlar, iboralarning takrorlanib kelishi hodisasidir.

Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman,

O’ynagan boshqalar, ingragan menman.

Erk ertaklarni eshitgan boshqa,

Qullik qo’shig’ini tinglagan menman.
Cho’lponning “Men va boshqalar” she’ridan keltirilgan ushbu bandda “menman” so’zi misralar oxirida kelib, o’zbek qizi – lirik qahramonning qalbidagi tug’yonlarini – erkinlik istagini ta’kid qilmoqda, ayni paytda, kitobxonni faolikka yetaklamoqda.

7. Apostrofa(gr.apostrophe-og’ish) ham stilistik vositalardandir. Unda jonsiz narsa va hodisaga xuddi jonliday, o’zi yo’q shaxsga xuddi borday murojat qilinadi:


She’rimh Yana o’zing yaxshisan,

Boqqa kirsang, gullar sharmanda,

Bir men emas, hayot shaxsisan,

Jonim kabi yashaysan manda.


Yuragimning dardi-naqshisan,

Qilolmayman seni hyech kandah

O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda?

Dardimsanki, she’rim yaxshisan.


Sen orada ko’prik bo’lding-da,

Geyne bilan o’rtoq tutindim.

Lermontovdan ko’mak o’tindim.
Butun umrim sening bo’yningda.

Saharda qon tupursam, mayli.

Men – Majnunman, she’rim, sen – Laylih
(U.Nosir “Yana she’rimga”)

Abdulla Oripov ham “Onajonim, she’riyat” asarida epostrofa vositasidan foydalanib, she’riyatning ulug’vorligini va uning tengsizligini jonlantiradi:

...Angladimki, olamda

Yurt tanho, Vatan tanho,

Band etgan xayolimni

Tengsiz shul chaman tanho,

Nokaslar emas, yo’q, yo’q,

Yolg’iz sen baland, tanho,

Eng oliy baxtim mening

Onajonim, she’riyat,

Tonggan toj-taxtim mening

Jonajonim, she’riyat.


8. Ellipsis(gr.ellepsis-tushurib qoldirish, yetishmaslik) – badiiy asarda qisqalikni, siqiqlikni ta’minlovchi stilistik vositadir. U – matndan osongina bilinib olinadigan so’zlar bo’lib, poetik fikrni ifodalashda ishtirok etmaydilar. Ellipsis ko’proq dilogik nutqda ravshan ko’rinadi:

“ - To’yga keldingmi?



  • To’yga keldim...

  • Yusufbeknikigami?

  • Yusufbeknikiga.

  • Belbog’ing yo’qmi?

  • Yo’q...”

(A.Qodiriy)

9. Inversiya (lat. Inversid – o’rin almashtirish)da ijodkor xohishi(g’oyasi)ga ko’ra ta’kidlamoqchi bo’lgan fikrni ta’sirdor qilmoq maqsadida grammatik qoidalardan chekinadi va kitobxonni aynan shu fikr (so’z)ga diqqatini tortadi:



Aytarlar bu tunda yorug’ sham yonmas,

Chaqmasa gugurtni asl o’g’illar...

Cho’lponning bu satrlari grammatika qonuniga binoan shunday tarzda bo’lishi lozim: “Asl o’g’illar” gugurtni chaqmasalar, bu tunda yorug’ sham yonmasligini aytardilar: Bunday holda she’riy nutq o’ladi, ta’sirdorlik, chaqiriq, ifodalilik yuzaga kelmaydi, oddiy xabar bayon tug’ildi...

Xullas, allomalar so’zni hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga o’xshatadilar. Tozalanmagan, pardozlanmagan, tanlanmagan, qisqaroq aytsak, poetik “yuk”ni o’zida tashimaydigan so’z – dabiyotga daxldor bo’la olmaydi. Badiiylik (obrazlilik)ni yuzaga chiqarishga qurbi yetmaydigan, holat va kayfiyatni ifoa qila olmaydigan so’zning o’zi yo’q, faqat uni topa bilish, o’z o’rnida qo’llay bilish san’tini egallash talab etiladi. Bunday mahoratga ega yozuvchi “butun bahorni atigi chigitdek keldigan g’o’ra ichiga qamab bera biladi” (A.Qahhor). Shu asosga ko’ra, takror aytamiz, “A – so’z san’atidir, so’z-la tirikdir, so’z-la butundir, so’z-la yangi-yangi olpmlarni kashf etuvchi, yaratuvchidir”.

Poetik fonika. Yuqorida tahlil etganimiz-qofiya va poetik sintaksis qonuniyatlari-poetik fonika hodisasini yuzaga chiqaradi. Poetik fonika hodisasini yuzaga chiqaradi. Poetik fonika (fonetika fanining bir bo’limi) misra va satrlarda bir xil nutq tovushlarining takrorini va ularning estetik-emosional vazifasini tekshirish bilan shug’ullanadi.

Nutq tovushlarining evfoniyasi (ing. euphony – yaxshi ovoz), ya’ni ohangdosh va ohangdorligi asarda shunchalik zarurki, uning tufayli ritm izchillashadi, poetik fikr latiflik (yoqimlilik) kasb etadi, hissiy ta’sirni kuchaytiradi. Nutq tovushlarining takrori orqali so’zlar ohangdoshligi, so’zlar ohangdoshligi orqali misralar ohangdoshligi voqye bo’ladi; ohangdoshlik, pirovardida, zaruriy musiyqiylikni yuzaga keltiradi.

Poetik fonikaning unsurlari ko’p va ancha murakkabdir, hozircha ba’zilarining umumiy xususiyatlarini o’rganimiz.

Alliterasiya (lat. ad-ga, da; littera-harf) nutqda tovushlarning bir-biriga ohangdosh bo’lish hodisasisidir. Alliterasiya ikki xil ko’rinishga ega:

1. Misra tarkibidagi unli tovushlarning ohang jihatidan o’zaro mosligi – vokal alliterasiyani yuzaga chiqaradi:


O’tar dunyoni o’tarini o’yladi

Tanqa tashlab Olatog’ni yoyladi

(“Alpomish”)
2. Misra tarkibidagi undosh tovushlarning ohang jihatidan o’zaro mosligi – konsonant alliterasiyani bunyod etadi:
Sochilgan sochingdek sochilsa siring

Anor yuzlaringni kimga tutasan.

(Cho’lpon)

Estetik nuqtai-nazardan ohangdorlikni yuzaga chiqarib, kitobxon diqqatini tasvirlanayotgan voqea-hodisa yoki holatga qaratmoq maqsadida so’zlar “buzub” ishlatilishi ham mumkin. Jumladan:

“Uchqur eding, qanotingdan qayrilding,

Yugruk bo’lsang, tuyog’ingdan toyrilding.


E’tibor bersangiz, baxshi birinchi misrada leksik-grammatik qoidani ataylab buzadi, “Uchqur eding, qanotingdan ayrilding ” deb kuylamaydi. Maqsad – konsonant alliterasiya yo’li bilan qalmoqlar eliga majburan jo’nab ketayotgan Barchinning holini hayajonli va ta’sircha ta’riflash. Ana shunday badiiiy san’atni hosil qilish yo’lida ikkinchi misrada ham leksik-grammatik normativ buzilad. “Toyrilmoq” dialiktizmi “toymoq”, “sirpanmoq” so’zlariga sinonim. Barchinning Alpomishdan ayro tushushi yugruk otning tuyog’i sirg’anib muvozanatini yo’qotilishiga o’xshatilayapti. Demak, misralardagi “Qanotingdan qayrilding, tuyog’ingdan toyrilding” kabi ohangdosh birikmalarda fonik takrorning doston estetikasini yuzaga chiqarishdagi ahamiyati yana bir karra ayon bo’lar ekan”1.

Alliterasiyaga asoslangan yaxlit she’rlar ham yaratilgan; “q” tovushining takroriga misol:


Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz.

Qilur qatlima qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo’ymaysan,

Qarab qo’ygin qiyo, qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

(Erkin Vohidov)

“Yo” tovushining takroriga misol:
Yomon – yomon,

Yolvortirgan yor yomon,

Yog’ib yotgan yozdagi yomg’ir yomon.

Yog’iy – yomon,

Yonboshida yoyi yomon,

Yosuman yolg’on yomon,

Yovuz yomon.

Yorni yodlab yonog’idan yoshi – yo

Yoqasiga, yostig’iga yog’sa yomon.

Yozug’ikim,

Yondirib yoronlarin,

Yoriga yolchimagan yolg’iz yomon...

(“Yomon” - Malik Egamov)



Assonans (lat. Assonare - homohang) – satr, misra va banda bir xil unli tovushlarning takrorlanishidir:
Botirlari kanal qozadi

Shoirlari g’azal yozadi

(h.Olimjon)



Dissonans (fr. Dissanange – nouyg’un tovush) – och qofiyadagi faqat undosh tovushlarga asoslangan moslikdir:
Shaharlarga ishga chiqib el,

Odam bilan to’lar Tekstil.

(h.Olimjon)

Monorim (fr. Monorime – yagona qofiya) – g’azal, qasida, qit’a, ruboiy, fard va boshqa lirik janrlardagi qofiyaga tegishli bo’lib unda raviy (tovush) butun asar davomida aynan takrorlanadi:

Azim ayla sabo ul gulu xandonimg’a,

Ne gulki, quyoshdek mohi tobonimg’a.

(Alisher Navoiy)

“Xandonimg’a - tobonimg’a” qofiyasidagi “n” tovushi raviy sanaladi...

Xullas, badiiy asar tilining o’rganilishi zarur bo’lgan xislat va fazilatlari, qonun va qoidalari ko’p. Mikro (jajji) obraz sanalmish so’zning qudrati beqiyos. Faqat so’zni, gapni asar matnidan yulib olib tahlil qilmaslik shart, u asar (jonli organizm) ichida, boshqa unsurlar (hujayralar) bilan hamkorlikda, o’zaro mustahkam aloqada yashar ekan, demak, u tirik holi (aloqa)da o’rganilishi lozim. Ana shundagina u o’zligini namoyon etadi, yaratish va ijod etish qudratini ko’rsatadi, qudratidan yangi olamlar – komil insonlar dunyoga kelishini yaqqol isbot qiladi.


Adabiyotlar

  1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 140-144 betlar.

  2. E.Xudayberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1995, 132-140 betlar.

  3. A.hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. T., “Sharq”, 1998.

  4. N.hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha – o’zbekcha izohli lug’ati. T., “O’qituvchi”, 1979.

  5. O’zbek stilistikasi, T., “O’qituvchi”, 1993.

  6. I.Yormatov. O’zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O’quv qo’llanma), T., 1994, 129-150- betlar.



1 Ўзбек тили стилистикаси, Т., “Ўқитувчи”, 1993, 6-36-бетлар.

1 Исомиддин Ёрматов. Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси бадиияти (Ўқув қўлланма), -Т.: 1994, 132-бет.

Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin