Tayanch va predmetga oid kompetensiyalarni shakllantirish usullari



Yüklə 9,9 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü9,9 Kb.
#182911
17-amaliy mashg‘ulot


Amaliy mashg‘ulot
TAYANCH VA PREDMETGA OID KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni ona tili o‘quv dasturida berilgan fan (predmet)ga oid kompetensiyalar bilan amaliy jihatdan tanishtirish.





  1. Bilim nima?

  2. Ko‘nikma nima?

  3. Malaka nima?

  4. Kompetensiya nima?

  5. Ona tili fanidan predmetga oid kompetensiyalar qaysi?

Topshiriqlar:
1. Ma’lumot bilan tanishing.
2. Nutqiy va lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriq tuzing.
4K nima degani?

Boshlang‘ich sinflarda qo‘llanishi boshlanayotgan yangi tamoyil haqida.


4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:


1.Kritik (tanqidiy) fikrlash.
2.Kreativ fikrlash:
3.Kommunikativlik.
4.Kollaboratsiya.

Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi.


PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti.
1. Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.
2. Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
3. Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.
4. Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Yüklə 9,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin