2.Raqobat shakllari va uning kelib chiqishi.G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy
usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va
narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish
mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga haraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
Narx vositasida raqobatlashuv-bu muayyan mahsulotlar narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shu turdagi mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishga asoslangan raqobat usuli.
chegirma qilish, asosiy harid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Narxsiz raqobat –bu raqobat kurashining asosiy omili bo'lib tovarning sifati, servis xizmat ko'rsatishi, ishlab chiqaruvchi firmaning obro'-e'tibori hisoblanuvchi kurash usuli.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali haridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham
mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub
bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari
mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; mahsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun
o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi.
Har qanday ijtimoiy tuzumda raqobat muayyan ijtimoiy vazifalarni
bajaradi.
Keng ma’noda raqobat deganda, bir maqsad sari intilayotgan sub’ektlarning faol musobaqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi. Shunga ko‘ra raqobat:
- musobaqa ishtirokchilari o‘rtasida maqsadga yetishning eng yaxshi
vositalariga ega bo‘lganlarni va boshqalarga qaraganda ulardan mahorat ila foydalana oladiganlarni ro‘yobga chiqaradi (tanlash vositasi);
- muayyan vazifani (oqilona) hal etish yo‘lini rag‘batlantiradi va yo‘lni
musobaqa ishtirokchilari faoliyatining natijalarini qiyoslash, tekshirish va sinash asosida topishga yordam beradi;
- bellashuv ishtirokchilari intilayotgan maqsadga erishish yoki mavjud
sharoitlarda unga imkoni bor darajada yaqinlashishni rag‘batlantiradi.
“Raqobatsiz bozor iqtisodiyotini bo‘lishi mumkin emas va bunday
iqtisodiyot mavjud bo‘la olmaydi ham”.
Raqobat ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul narsa, yakka tartibda esa
tadbirkorga imkoniyati bo‘lganda raqiblar sonini cheklash yoki birgalikda
raqobatni susaytirish uchun raqiblar bilan kelishishga intilish xos bo‘ladi.
Biron-bir yakka shaxslarni irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda raqobatni
susaytiradigan omlilar ham mavjud. Masalan, murakab ishlab chiqarishda
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash katta moliyaviy sarflar, barqaror xomashyo manbaalari, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yirik bozorlarni talab etadi.
Bularning barchasini kattaligi bozor miqyoslari bilan qiyoslanganda sezilarli
bo‘lgan ulkan korxonalarni barpo etish zarurati talab qilinadi. Shunday qilib,
murakkab va qimmatbaho zamoanyi texnologiyalarning joriy etilishi tarmoqda soni ko‘p mayda korxonalarning emas, balki bir necha yirik korxonaning bo‘lishini taqozo etadi.
Nihoyat, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar raqobatni istisno etadigan yoki
cheklaydigan tarmoqlar – temir yo‘l transporti, aloqa, energetika tarmoqlari va boshqalar mavjud.
Agar firma yoki kompaniya o‘z raqiblarining xatti harakatlarini kuzatib
bormasa u ko‘zini boglab olib raqobatlashmoqchi bo‘lgan hisoblanadi. Xuddi shaxmatdagidek raqobat kurashida ham raqibining keyingi yurishini oldindan ko‘ra bilish bebaxo ahamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini bilmasa, kompaniya Galaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1-Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya
faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari , uning bozordagi mavqei , strategik maqsadlari raqobat strategiyasi o‘rganiladi.
2-Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo‘lishi o‘ki yetakchi bo‘lgan
firmalarni aniqlash. Buning uchun har bir firmaning potensial imkoniyatlarini
o‘rganib ularning ichidan boshqalardan o‘zib ketish o‘ki o‘zib bo‘lgan firmalar belgilanadi. Kelajakda qaysi firmalar o‘z mavqeini yo‘qotadi , qaysi biri yetakchi bo‘lishi mumkinligini to‘g‘ri belgilash firmaning strategiyasini tuzishda muxim ahamiyat kasb etadi.
3-Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko‘ra bilish. Agressiv raqib
odatda qandaydir yangi strategik qadam qo‘yadi. O‘zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan firmalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz firmalarning axvoli shuqadar yomon bo‘ladi-ki, ular yaxshi o‘ylanmagan bo‘lsa ham xujumga o‘tishga majbur bo‘ladilar.
Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o‘sha
kompaniyadagi vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib xaqida axborot yig‘ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning harakatlarini oldindan bilish va samarali qarshi choralar ko‘rish imkonini beradi.
Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy
va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash -
strategiya ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ular strategiyaniishlab chiqishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o‘xshash uch-to‘rtta omil harakterli bo‘lib, ularning bir-ikkitasi eng muhimi bo‘lib, taxlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Quyida muvaffaqiyatning asosiy omillari ning turlari va ularning tarkibiy
qismlari sanab o‘tilgan:
1. Texnologiyaga bog‘liq omillar:
- ilmiy tadqiqotlarning saviyasi;
- ishlab chiqarish jarayonlarda innovatsiyalarga qodirlik;
- mahsulotda innovatsiyalarga qodirlik;
- mazkur texnologiyada ekspertlarning roli.
2. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq omillar:
- kam harajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish
ko‘lamidan tejash, to‘plangan tajriba samarasi);
- ishlab chiqarish sifati;
- yuqori fond qaytimi;
- ishlab chiqarish harajatlarning kam bo‘lishi, kafolatlanadigan xolda
joylashtirilishi;
- tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash,
- yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko‘p mehnat talab qiladigan
soxalarda);
- arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot;
- ishlab chiqarishning model va o‘lchamlarning o‘zgarishiga
moslashuvchanligi.
Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh bo‘lish va
moliyaviy barqarorlikka erishish uchun firma ta’minlashi lozim bo‘lgan raqobat imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. muvaffaqiyatning kalit omillari shunday omillarki, ularga firma aloxida e’tibor berishi kerak , chunki ular firmaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi. (bu ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirib beradi) muvaffaqiyatning kalit omillari har bir tarmoqda o‘ziga xos xususiyatga , ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ayrim tarmoqlarda muvaffaqiyatning kalit omillari 3-4ta bo‘lishi mumkin , lekin xal qiluvchi ahamiyatga 1 yoki 2 tasi ega bo‘ladi.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon
talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat
to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”6- deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini
harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Raqobat nima ishlab chiqarish kerak? degan savolga aniq javob beradi.
Chunki haridorning tovar va xizmatlarni sotib oligga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari doimo cheklangan bo‘ladi. O‘z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini sotish orqali Ushbu mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida kurashadilar.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki raqobat iqtisodiy agentlarning bitimlarini
uzluksiz oshirishga, rag‘batlantirib turadi. Busiz raqobatda g‘olib chiqish mumkin emasligini ta’kidlab, shuni aytish kerakki fan-texnika taraqqyoiti yutuqlarini vaqtida ishlab chiqarish, joriy etish yuqori saviyadagi mutaxassislarni talab etadi.
Ushbu ishlarni amalga oshirmaslik esa muqarrar ravishda raqobat kurashini boy berishga olib keladi.
Bozorda firmalar resurslarini arzon olish va tovarlarni qimmatroq sotishga
intiladilar va foydani ko‘proq olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda arzon olmoqchi bo‘lsa, sotuvchi qimmatroqqa sotishni o‘ylaydi. Raqobatda aniq maqsadlar qanday bo‘lmasin, pirovard natija daromad ko‘rish yoki imidj ortishidan iborat. Raqobatsiz bozor iqtisodiyotining bo‘lishi mumkin emas va bunda iqtisodiyot mavjud bo‘la olmaydi ham.
Bozor raqobati qanday xususiyatga ega? Birinchi navbatda, rivojlangan
bozorda raqobat iste’molchilar (haridorlar) o‘rtasida emas balki tovarlar va
xizmatlarni sotuvchilar ham iste’molchilar singari foyda olish yo‘lida harakat
qiladi. Ammo ishlab chiqaruvchining shaxsiy foydani ko‘zlashi raqobat bo‘lganda yuqori raqobatdoshlikka erishish moddiy texnika, moliya va mehnat resurslaridan samarali foydalanish esa umuman jamiyat manfaatlariga mos keladi, chunki resurslar har qanday jamiyatda cheklangan. Raqobat mahsulot birligiga mehnat sarfini kamaytirishga eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirishga rag‘zbat beradi.
Bozorning raqobatchilik tarkibiy tuzilishining turli modellari ajratib
berilgan. Uning turli modeli keng e’tirof etilib, mukammal (sof) raqobat;
monopolistik raqobat, oligopoliya, mukammal monopoliya kabilarga bo‘linadi.
Mukammal (sof) raqobat - bozorga kirib keladigan va undan chiqib ketadigan, haridor va sotuvchilarning ko‘pligi bilan tavsiflanadigan, sotuvchilar bir xil ish turidagi tovarlar va xizmatlarni taklif etadigan raqobat turidir. Bunda haridor va sotuvchilarning birontasi ham aloxida bir o‘zi bozor narxlariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lmaydi. Bu modelga ko‘ra mukammal raqobatchi mavjud bozor narxlarida sotish uchun mo‘ljallangan jami mahsulot yoki xizmatni bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki tovarlarni sotuvchi hisoblanadi.
U umumbozor narxlariga uni ko‘tarish yoki pasaytirish tomoniga qarab hech
qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bir xil yoki turdosh tovarlar va xizmatlar savdosining umumiy xajmida uning hissasi bir ishlab chiqaruvchi bozorni o‘z ichiga oladigan bo‘sag‘asidan past ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan xuddi shunday raqobatli bozor eng foydali hisoblanadi. Bunday bozorda yakka bir ishlab chiqaruvchi va sotuvchi narxga ta’sir ko‘rasat olmaydi, jamiyat esa haridor qiyofasida tekshirib, sinab, tanlab olib ayni paytda ishlab chiqarishni nazorat qiladi va boshqaradi.
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos xolda ustun keladigan raqobatning
bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan iborat. Raqobatchilardan anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining bozor narxlarini nazorat qilish imkoniyatini to‘liq bo‘lmasada, ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik raqobatga xos bo‘lgan muxim belgi sotuvchilarni tovarlarni tabaqalashtirishga intilishidir.
Tabaqalashtirish, ya’ni tovarlarga aloxida uni o‘ziga o‘xshash tovarlardan
ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga raqiblarining xudi shunday tovarlarga qaraganda uning tovarini afzal ko‘ruvchi haridorlar haridorlar doirasini yaratish imkoniyatini beradi.
Oligopoliya - tarmoqda bir necha firmaning o‘zaro bog‘lanib qolishi,
ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash ish deyarli bir xil yoki bo‘lmasa tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishdlarimumkin. Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p uchraydi. Bu peshqadam tarmoqdagi eng yirik ish eng samarali ishlayotgan firma bo‘ladi.
Tarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti narxini o‘zgartirish bilan boshqa hamma firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni bo‘lib olishni birgalikda boshqarish maqsadlarida til biriktirish ehtimoli imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Oligopoliya tarmoq sharoitlarida firmalar hamkorlikni yuridik jixatdan rasmiylashtirilmasdan va bu haqida oshkora xabar bermasdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni jiddiy cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan faoliyatiga ko‘ra kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlaridan monopoliyadanchiqish qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir.
Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi.
Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab chiqaruvchi mukammal monopolist hisoblanadi. Bu modelda bozorda tanho sotuvchi yoki ularning soni naqadar kamki ularning har biri raqiblari bilan kelishilgan xolda mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi umumiy xajmiga va ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda shu jumladan raqobat mamlakatlarda darajasi yuqori bo‘lgan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda kam mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘p xollarda kam chiqimli
unumdor ishlab chiqarishga erishish uchun uning miqyosini kengaytirishi ham mutloq ma’noda kam harajat talab etadi. Shunday tarmoqlar ham borki ularda mahsulot yoki xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa ishlab chiqarish ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
Real bozor, mukammal raqobat – mukammal monopoliya o‘qi bo‘yicha
turli modelning qaysi biriga muvoqfiqroq kelishiga qarab shu bozorda tovarlar va xizmatlar sotuvchisi bo‘lgan tadbirkorlar raqobat kurashining turli yo‘llaridan foydalanadilar.
“Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida qonunlar reklama sohasidagi raqobat
kurashiga monelik qilmaydi. Tadbirkorlarga xususan faqat ularning tovar yoki xizmatni sotib olish g‘oyani afzal ekanligiga haridorni ishontirishga urinishlarda juda katta erkinliklar beradi”.
Raqobat vositalarining shakl va taomyili, uning namoyon bo‘lishi sohalari
g‘oyat ko‘p va keng . Uning tarmoq ichidagi kapitalning bir tarmoqdan ikinchi tarmoqga oqib o‘tishiga olib keladigan tarmoqlararo, jahon bozorlarida turli mamlakatlar xo‘jalik kompleks raqobati kabi turlari mavjud. Raqobatni amalda tasavvur etish uchun shu ko‘rinishlarga mansub bo‘lgan hozirgi usullardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz va jahondagi hamma mamlakatlarda qonuniy hisoblanadigan va amalda keng qo‘laniladigan raqobat xulqining turli ishlarini tavsiflaymiz. Narx bilan raqobatlashuv an’anaviy shakl. Uning an’anaviy va eng ko‘p qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi:
- “Narxlar jangi” – yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan surib
chiqarish uchun narxlarni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi.
“Narxlar jangi”ni boshlagan baquvvat firma tovarning sotish xajmi ko‘payganligi hisobiga ko‘proq daromad ko‘rishni ko‘zlaydi. Yirik kompaniyalarning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan mamlakatlarda ochilgan korxonalari filiallari boshqa xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarish uchun aksariyat “narxlar jangi”ni qo‘llaydi. Iste’molchilar dastlab tarmoqdagi “narxlar jangi”dan foyda ko‘radi, ammo keyinchalik bunday monopoliyalashtirishning jabrini tortishlari mumkin. Davlat mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tarmoqni o‘zlashtirishdan manfatdor bo‘lib qudratli xorijy firmalar bilan kurashda mahalliy
bozorda o‘rnashib qolishga yordam berish uchun ularni aloxida imtiyozlar va afzalliklar tizimi bilan qo‘llab-quuvatlashga harakat qiladi, u yoki bu tarmoqda xorijiy xo‘jalik yurituvchi shakxsga tadbirokrlik faoliyati uchun mahalliy sherik ishtirokida qo‘shma korxona barpo etish majburiy shart qilib qo‘yadi yoki boshqa cheklash va tartibga solish choralarini ko‘radi;
- demping – amal qilish va maqsadlarga ko‘ra “narxlar jangi”ga yaqin
bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar xududida korxona qurmaydilar, ammo uning bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning ma’nosi tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning ichki bozorida sotilayotgan ortiqcha mahsulotni yo‘qotish va yangi bozorlarga kirib olishdan iborat.
Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga dempingni eksportchi kompaniyalarga byudjetdan maxsus eksport mukofotlari va subsidiyalari to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan zararni qisman qoplaydi. Bunday ishlardan davlatning manfaatdorligi boshqa malakat bozorida o‘z ishtirokini kuchaytirish, iqtisodiy manosabatlarni yanada rivojlantirish uchun negiz yaratishga intilish bilan izohlanadi.