Tayyorladi Isayev Akmal


Raqobat tushinchasi va uning vazifasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/7
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132549
1   2   3   4   5   6   7
Tayyorladi Isayev Akmal

1.Raqobat tushinchasi va uning vazifasi.Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar
o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va
arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.
O‘z navbatida haridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m
harajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Aksariyat holatlarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o‘rtasidagi
kurash sifatida ta’riflaydilar: «Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari
firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o‘zaro raqobatlashadilar. Shunga ko‘ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko‘rib chiqish mumkin». Shu o‘rinda raqobatning tovarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat sifatida qaralishi ilmiy jihatdan noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi. Raqobat kurashi
ham, yuqorida qayd etilganidek, shunday munosabatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Tovarlar esa, o‘zida qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o‘zaro munosabatga kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o‘rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda vositachilik rolini o‘ynaydilar.
Ma’lumki, kurash – bu o‘z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish
hamda g‘olib bo‘lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir.
Tovarlar esa raqobat jarayonida o‘zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o‘zgartira olmaydilar, ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Tovarlarning raqobat kurashida yengib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat ham pirovardida ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat orqali namoyon bo‘ladi.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada
kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) inovatsiyani rag'batlantirish vazifa;
4) taqsimlash vazifasi;
5) nazorat qilish vazifasi;

Raqobatning vazifalari







Tartibga solish

Nazorat qilish



Inovatsiyani rag'batlantirish

Taqsimlash

Resurslarni joylashtirish

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga


muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli
alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat,
monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda
ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga
oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish
sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda.O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlarar raqobatga bo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat
unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan

G'irrom raqobatlashuv

Halol raqobatlashuv

Raqobatlashish usullari
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv
usullari ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat
tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin