Tripanosima juda koplab yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan: Uyqu kasali tripanosamasi Afrikada ekvator atrofida va janubiy qismida xavfli kasallik uyqu kasalini keltirib chiqarishi aniqlangan. Bu kasallikni se-se pashshasi tarqatadi. Pashshada uyqu tripanosomasi ma’lum muddatni o‘taydi va uning so‘lak bezlariga kelib joylashib oladi va chaqqanda hayvon yoki odamda o‘tishi mumkin. Qonga tarqalib keyin orqa miyaga joylashib oladi. Tripanosomalar - «uyqu kasalligi», ni keltirib chiqaradi. Boshlang‘ich etap larda bemorning qonida yashaydi va sekinlik bilan orqa miya suyuqligiga o‘tadi. Bemor surunkali ko‘p uxlaydi va bu o‘lim bilan tugaydi. Bu kasallikni tashuvchisi setse pashshasi hisoblanadi. Invaziyani manbasi toq tuyoqli umurtqali hayvonlar (antilopalar) va kasal odamlar sanaladi. Hozirgi vaqtda davolash choralari topilgan.