Barcha leyshmaniyalar dermatotrop (terida yashovchi) va vistserotrop (ichki organlarda yashovchi) guruhlarga bo„linadi. Shunga ko„ra ular odamlarda va boshqa sut emizuvchilardateri va ichki leyshmanioz kasalliklarini chaqiradi.
Kinetoplastida sinfiga mansub lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov Universitetining professori Lyamble aniqlagan. Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vegetativ hamda sista ko'rinishida uchraydi. Vegetativ shakli noksimon bo„lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha bo'ladi. Tanasining oldingi tomonida disk bo'lib, ichak epiteliysiga yopishish uchun xizmat qiladi. Tanasining o'rtasida ikkita tayanch ipi - aksostillar o'tadi. Aksostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetriyali qismlarga bo'lingan bo'lib, har qaysisida bittadan yadro bo'ladi. Parazitning hazm organoidlari bo„lmaydi. Shuning uchun osmatik yo'l bilan oziqlanadi. Ko„payish usuli jinssiz, uzunasiga bo'linish (mitoz) yo'li bilan amalga oshadi.Lyambliyalarning taraqqiyoti oddiy bo'lib, hayot davri parazitning vegetativ va sistaga o'ralgan shakllarining almashinib turishidan iborat. Vegetativ shakllari odamlarning 12-barmoqli ichagida yashaydi va ko„payadi. Ularning ba'zilari sistaga o„ralib, tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz kasalligini yuqtiradigan manba bo„lib qoladi. Lyambliozni yuqtiradigan manba kasal odam va parazit tashuvchilardir. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko„proq kasallanadi.