Ichakda yashaydigan trix omonas (Trishomonas) nnng butun tana bo'ylab o'tuvchi ichki tayanch o 'q skeleti-aksostili va to'lqinlanuvchi pardasi bo'ladi (11-rasm). Xuddi shunday o'q skelet lambliya (Lamblia) urug'iga mansub bo'lgan xivchinlilarda ham uchraydi. Y o'g'on va ingichka ichakda parazitlik qiladigan trixomonas (Tri chomonas hominis) ning uzunligi 7-10 mkm bo'lib tanasining oldingi to monida to 'rtta xivchini joylashgan (12-rasm). Beshinchi xivchini orqa to monga egilib, tana pellikulasi bilan birga yupqa to'lqinlanuvchi pardani hosil qiladi. Odamning tanosil-siydikyo'llaridaT.vaginalis parazitlik qila di.